Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet86/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

rasm. Janubi-sharqiy Osiyoning zamonaviy shaharlaridan biri

moqqa ega davlatlarda esa past (Sharqiy Timor 30% atrofida). Jakarta, Bangkok, Manila mintaqaning eng yirik shaharlari bo‘lib hisoblanadi (25-rasm).

Mintaqa davlatlari tarixiy rivojlanishida Xitoy va Hindistonning ta’si- ri katta bo‘lsada, ushbu davlatlarning aksariyat qismi o‘z ijtimoiy-iqti- sodiy taraqqiyot yo‘lini belgilashda yapon modeliga murojaat qilish- gan. Natijada Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari ichida Singapur, Tailand, Malayziya kabi yangi sanoatlashgan davlatlar (so‘nggi yillarda ijti- moiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarda ijobiy o‘zgarishlar yuz berayotgan rivoj- lanayotgan davlatlar guruhi) soni ortib bormoqda. Bundan tashqari, bu yerda Bruney kabi neft eksport qiluvchi davlat, Sharqiy Timor, Laos kabi iqtisodiyoti past darajada rivojlangan davlatlar ham mavjud.

Subregionda konchilik (deyarli mintaqaning barcha davlatlarida), yoqilg‘i-energetika (Indoneziya, Malayziya, Bruney va b.), rangli me- tallurgiya (Indoneziya, Malayziya, Tailand, Vyetnam va b.), mashina- sozlik (Indoneziya, Singapur, Malayziya va b.), kimyo (Indoneziya, Malayziya, Singapur, Vyetnam va b.), yengil va oziq-ovqat (deyarli mintaqaning barcha davlatlarida) sanoatlari tarmoqlari rivojlangan.

Qishloq xo‘jaligida dehqonchilik ustun soha bo‘lib, sholi asosiy ekin turi hisoblanadi. Bundan tashqari, mintaqa davlatlarida turli zira- vorlar, choy, kofe, kopra, geveya (tabiiy kauchuk olish uchun) kabilar ham yetishtiriladi. Chorvachilikda baliqchilik rivojlangan. Geografik o‘rin xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, Janubi-sharqiy Osiyo dav- latlari uchun asosiy transport turlari suv va avtomobil transporti hi- soblanadi.



Sharqiy Osiyo davlatlari, totalitar tuzum, depopulyasiya, Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari, Hindixitoy yarim oroli, yangi sanoatlashgan davlatlar.
1. Sharqiy Osiyo davlatlari iqtisodiyotida asosiy o‘rin tutadigan og‘ir sanoat tar- moqlariga tavsif bering.

  1. Sharqiy Osiyoning 10 mln dan ortiq aholisi bo‘lgan mega shaharlarining nomlari- ni ular joylashgan davlatlar bilan birgalikda daftaringizga yozing.

  2. Mosliklarni toping:

  1. Vyetnam; 2) Malayziya; 3) Laos; 4) Tailand; 5) Myanma

    1. Bangkok; B) Xanoy; V) Kuala-Lumpur; G) Vyentyan; D) Yangon.




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling