Geografiya 10 sinf 2017. indd


Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari


Download 1.04 Mb.
bet85/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari. Janubi-sharqiy Osiyo subre- gioni tarkibiga Hindixitoy yarimoroli, Malay arxipelagi orollari, Yangi Gvineyaning g‘arbiy qismi kiradi. Uning maydoni 4,5 mln km2 bo‘lib, umumiy quruqlik maydonining 3% ni egallaydi. Aholi- si soni 630 mlnga yaqin. Ya’ni bu subregionda jahon aholisining 8,5% dan ko‘prog‘i istiqomat qiladi. Geografik joylashuvi jihatidan Vyetnam, Kambodja, Laos, Myanma, Tailand va Malayziya yarim- orol, Bruney, Indoneziya, Singapur, Filippin va Sharqiy Timor esa orol davlatlar hisoblanadi. Bu yerda maydon kattaligi, aholi soni, ij- timoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi

11 ta davlat joylashgan. Ular orasida faqat Laos quruqlik ichkarisi- da joylashgan davlat bo‘lganligi sababli to‘g‘ridan to‘g‘ri dengizga chiqa olmaydi.

Davlatlarning 4 tasi monarxiya boshqaruv shakliga ega. Ma’mu- riy-hududiy tuzilishiga ko‘ra, Malayziya va Myanma davlatlari federa- tiv davlatlar hisoblanadi.

Hind va Tinch okeanlari oralig‘ida joylashganligi; mintaqa davlatlari iqtisodiyoti rivojida ikki yirik sivilizatsiya – Xitoy va Hindiston ta’sir- ining kuchli ekanligi; buyuk geografik kashfiyotlar davrida rivojlanishni boshlagan xalqaro savdo va dengiz yo‘llari ustida joylashganligi mint- aqa geografik o‘rnining asosiy xususiyatlari hisoblanadi.

Subregion relyefida tog‘li va tekislik hududlar salmog‘i deyarli teng. Mintaqada yirik tekislik hududlari mavjud emas. Asosan, subekvatorial va ekvatorial iqlim mintaqalarida joylashgan bo‘lib, iqlim xususiyatlari bu yerda doimiy yashil tropik o‘rmonlarning mavjud bo‘lishiga sababchi bo‘lgan. Mintaqaning 42% hududi o‘rmonlar bilan qoplangan. Suv re- surslari bilan yaxshi ta’minlangan. Mekong, Iravadi, Chao-Praya, Xongxa daryolari eng asosiy chuchuk suv manbalari hisoblanadi. Mintaqaning yirik daryolari, asosan, yarim orol davlatlar hududidan oqib o‘tadi.

Dunyo okeani biologik resurslari ham davlatlar iqtisodiyotida katta ahamiyatga ega. Ular aholi tomonidan iste’molda keng foydalaniladi. Malay arxipelagining ba’zi orollarida tabiiy dur yetishtiriladi.

Mintaqa tabiiy resurslari orasida mineral resurslar muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Myanma hududidan to Indoneziyagacha cho‘zilgan qa- lay-volfram belbog‘i o‘tgani sabab barcha yarimorol davlatlari hamda Indoneziya hududidan katta miqdorda qalay rudalariga qazib olinadi. Subregion qalayning umumiy zaxiralari bo‘yicha jahonda birinchi o‘rin- ni egallaydi. Surma zaxiralari bo‘yicha Janubi-sharqiy Osiyo qit’ada birinchi, jahonda esa ikkinchi o‘rinni egallaydi. Bundan tashqari, ushbu hududdan neft (Indoneziya, Malayziya, Bruney), toshko‘mir (Vyetnam, Indoneziya), uran rudalari (Indoneziya, Filippin), oltin (Myanma, Vyet- nam, Filippin), volfram (Myanma, Tailand), boksit (Indoneziya, Filip- pin, Malayziya) kabi mineral resurslar ham qazib olinadi.

Janubi-sharqiy Osiyoning deyarli barcha davlatlarida aholining tabiiy ko‘payish darajasi yuqori. Bunga birinchi navbatda milliy, diniy omillar katta ta’sir ko‘rsatadi. Indoneziya, Filippin, Vyetnam mintaqaning aho- li soni ko‘p bo‘lgan davlatlari hisoblanadi. Janubi-sharqiy Osiyo hudu- dida 200 dan ortiq xalqlar yashaydi. Ular orasida malayliklar, laolar, tayliklar, vyetnamliklar, semanglar, birmaliklar, filippinliklar, yavaliklar, xitoylar katta salmoqa ega.



Indoneziya, Malayziya, Bruneyda islom diniga e’tiqod qiluvchi- lar oldingi o‘rinda turadi. Tailand, Laos, Kambodja, Myanma hamda Vyetnamda buddizm, Singapurda esa konfusiylik dini keng tarqalgan.

Ayrim davlatlarda katoliklarning sal- mog‘i katta (Filippin, Sharqiy Timor). Subregionda o‘rtacha zichlik 1 km- 2ga 140 kishini tashkil etadi. Kichik hududli davlatlarda bu ko‘rsatkich an- cha yuqori (masalan, Singapurda o‘rt- acha zichlik 1 km2 ga 8000 kishidan

oshadi).


Urbanizatsiya darajasi 50% atrofida. Industrlashgan hududlarda bu ko‘rsat- kich yuqori (Singapurda 100%), qish- loq xo‘jaligi iqtisodiyotida katta sal-




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling