Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet82/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

27-§. OKEANIYA DAVLATLARI


Okeaniya Tinch okeanining janubi-g‘arbiy va markaziy qismlarida joylashgan orollar guruhidan tashkil topgan bo‘lib, uning umumiy may- doni – 1,26 mln km² ni tashkil etadi. Mazkur mintaqada 11 mln kishi- dan ortiq aholi istiqomat qiladi. Uning tarkibida 40 ga yaqin turli davlat, mamlakat va hududlar mavjud bo‘lib, ularning 13 tasi mustaqil davlat hisoblanadi. Okeaniya siyosiy xartasida 1 federativ davlat (Mikroneziya Federativ shtatlari), 1 ta monarxiya davlati (Tonga) va turli davlatlarning qator mustamlaka hududlari (masalan: Amerika Samoasi, Guam, King- men rifi (AQSH), Pitkern (Buyuk Britaniya), Norfolk, Ashmor va Kartye orollari (Avstraliya), Fransuz Polineziyasi, Yangi Kaledoniya (Fransiya) va b.) mavjud. Okeaniya davlatlari tarkibiy jihatdan Melaneziya, Po- lineziya va Mikroneziya mintaqalariga ajratiladi (20-rasm).

Relyef xususiyatiga ko‘ra, Okeaniya kontinental, marjon va vulqon kelib chiqishiga ega orollardan tarkib topgan. Yangi Zelandiya, Yan- gi Gvineya (orolning sharqiy qismi Okeaniya tarkibiga kiradi), Yangi Kaledoniya kabi yirik orollar kontinental xususiyatga ega. Ular umumiy Okeaniya hududining 87% ni egallaydi. Tog‘li relyefga ega, maydoni






  1. rasm. Okeaniyaning tarkibiy qismlari

nisbatan yirik orollar, asosan, mintaqaning janubi-g‘arbiy qismida joy- lashgan bo‘lsa, qolgan kichik va mayda orollar Tinch okean akvatori- yasida keng maydonda tarqoq ravishda joylashgan. Tinch okean akva- toriyasining 1/3 qismini Okeaniya orollari tashkil qiladi.

Asosan ekvatorial, subekvatorial, tropik, subtropik va mo‘tadil min- taqalar hududida joylashgan. Yog‘in miqdori 1500–4000 mmni, o‘rtacha harorat esa +24° C; +28° C ni tashkil etadi. Yirik tog‘li orollarda qi- zil, tog‘ laterit, tog‘ o‘tloq, jigarrang qo‘ng‘ir, jigarrang tuproq turlari tarqalgan. Atollarda esa nisbatan past unumli, g‘ovaksimon, suvni o‘zi- da saqlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan tuproqlar mavjud. Suv resurslari bilan yaxshi ta’minlangan. Sepik (1126 km), Flay (1050 km), Uaikato (425 km) Okeaniyaning eng yirik daryolari hisoblanadi. Orollarda min- eral resurslardan nikel (Yangi Kaledoniya), neft va gaz (Papua-Yan- gi Gvineya, Yangi Zelandiya), mis (Papua-Yangi Gvineya), oltin (Pap- ua-Yangi Gvineya, Fidji), fosfat (Nauru), dengiz hudularidagi iqtisodiy zonalarda temir-marganes qotishmalari, kobalt kabilar qazib olinadi.

Okeaniya orollari davlatlarining asosiy qismi aholi soni kam bo‘lgan davlatlar hisoblanadi. Aholisi, asosan, avstraloid kichik irqiga man- sub polinez, melanez, mikronez va papuaslardan tashkil topgan. Milliy tarkibida turli qabila va urug‘ vakillarining salmog‘i yuqori. Ular papuas va avstronez oilalariga mansub. Lekin, mahalliy tillar deyarli muomala- da emas. Asosan, muloqotda ingliz va fransuz tillaridan foydalaniladi. Xristian diniga e’tiqod qiluvchilar salmog‘i yuqori, bundan tashqari, qa- bilalarda an’anaviy dinlarga e’tiqod qiluvchilar ham bor.



Tabiiy resurslarga kambag‘alligi, orollararo aloqalarda qiyinchiliklar- ning mavjudligi, mineral resurslar miqdorining chegaralanganligi, asosiy eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoni xalqaro monopoliyalar qo‘l ostida to‘planganligi Okeaniya davlatlari iqtisodiyoti rivojlanishi- ga ta’sir ko‘rsatadi. Aholining asosiy faoliyat sohasi qishloq xo‘jaligi hisoblanadi. Unda eksportbop monokul’tura ekinlari yetishtirish (kokos pal’masi, shakarqamish, ananas, banan, kofe, kakao) asosiy o‘rin tu- tadi. Okeaniya davlatlari jahon bo‘yicha kopra (quritilgan kokos) eks- portining 10%, ananas hosilining 90% ini beradi. Chorvachilik, asosan, yirik orollar hududida rivojlangan. Chorva mollari soni bo‘yicha min- taqa davlatlari orasida Yangi Zelandiya yetakchilik qiladi (21-rasm).

Dengiz biologik resurslariga ega bo‘lgan mintaqa davlatlari qish- loq xo‘jaligida baliqchilik sohasi so‘nggi yillarda rivojlanib bormoqda.




Ananas ekilgan maydonlar. Yangi Zelandiya yaylovlari.

  1. rasm. Okeaniyaning asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlari

Sanoatida asosan eksportbop qishloq xo‘jalik mahsulotlarga birlamchi qayta ishlov berish, o‘rmon va konchilik sanoati korxonalari faoliyat olib boradi. Tabiiy rekreatsion resurslar ta’sirida xalqaro turizm rivoj- lanmoqda. Ayniqsa, Fidji, Solomon orollari sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan hududlar bo‘lib hisoblanadi.

Okeaniya davlatlari orasida Yangi Zelandiya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra oldingi o‘rinda turadi. Rivojlanish xususi- yatiga ko‘ra “ko‘chirilgan kapitalizm” davlati hisoblangan ushbu dav- lat ikkita yirik (Shimoliy va Janubiy orollar) va 700 dan ortiq kichik orollardan tashkil topgan. Hududining 75% i dengiz sathidan 2000 m balandda joylashgan bo‘lib, hududida mineral resurslardan oltin, ku- mush, tabiiy neft, ko‘mir, turli rangli metallar tarqalgan. Suv resurslari- ga bilan yetarlicha ta’minlangan bo‘lib, bu yerda 40 dan ortiq daryo va 3280 ta ko‘llar mavjud. Iqtisodiyoti rivojlanishida bu yerda tarqalgan to‘q qo‘ng‘ir, sariq-qo‘ng‘ir, tog‘ tipli tuproqlar katta ahamiyatga ega.

2 mln gektarga yaqin o‘rmon hududlari ham bor. Shu bilan birga ta- biiy rekreatsion resurs imkoniyatlari yuqori. Iqtisodiyoti industrial tipda bo‘lgan Yangi Zelandiya sanoatida konchilik, metallurgiya, yoqilg‘i- energetika va oziq-ovqat tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Chorvachilik- da sut chorvachiligi va qo‘ychilik, dehqonchilikda esa bog‘dorchilik va uzumchilik asosiy qishloq xo‘jalik sohasi hisoblanadi. Transportida quruqlik transport turlari bilan birga dengiz transportining ahamiyati katta. Oklend (Yangi Zelandiyaning yagona millioner shahri), Gamilton, Vellington shaharlarini davlatning eng yirik iqtisodiy markazlari sifatida ko‘rish mumkin.

Okeaniya davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga erishish muam- mosidan tashqari, aholi orasida ishsizlik darajasining yuqoriligi, dav-

latlarning mintaqa hududidagi orollar nazorati ustidan yuzaga keladigan nizoli holatlar uning asosiy muammolaridan bo‘lib hisoblanadi.

Okeaniya, Melaneziya, Polineziya va Mikroneziya, atollar, avstroloid kichik irqi, kopra, monokultura ekinlari, industrial tip, nizoli holat.



1. Okeaniya davlatlarining geografik o‘rniga qanday baho berasiz?

  1. Okeaniya davlatlari bir-biridan qanday jihatlari bilan farq qiladi?

  2. Qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalangan holda quyidagi jadvalni to‘ldiring.






Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling