Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet75/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

24-§. LOTIN AMERIKASI


Dunyoning yirik siyosiy-geografik mintaqalaridan biri – Lotin Ameri- kasi – Yerning G‘arbiy yarimsharida joylashgan bo‘lib, Amerika qit’asi- dagi AQSH, Kanada davlatlari va Grenlandiya orolidan tashqari barcha mamlakatlarni o‘z ichiga oladi. Aholisining aksariyat qismi qadimgi lo- tin tili negizida vujudga kelgan ispan va portugal tillarida so‘zlashayot- ganligi bois bu mintaqa Lotin Amerikasi deb ataladi.

Lotin Amerikasining siyosiy xaritasida hozirgi kunda 33 ta mustaqil davlat hamda qator mustamlakalar mavjud. Uning hududida bir necha kichikroq mintaqalar ham ajratiladi. Jumladan, Shimoliy Amerika ma- terigining AQSHdan janubdagi qismi va Karib dengizidagi orollarda joylashgan davlatlar O‘rta Amerika (Mezoamerika) mintaqasini tash- kil etadi. Bu regiondagi davlatlar orasida hududi, aholisi va iqtisodiy salohiyati bilan Meksika alohida ajralib turadi. O‘rta Amerikaning Meksikadan boshqa davlatlari Karib dengizi akvatoriyasi, uning tabiiy resurslari va transport yo‘llari bilan tarixan chambarchas bog‘liqli- gi sababli, Karib havzasi davlatlari deb ham yuritiladi. Materikda, Meksikadan janubi-sharqqa tomon joylashgan 7 ta davlat (Beliz, Gvate- mala, Salvador, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika, Panama) Markaziy Amerika deb nomlanadi. Karib dengizidagi 13 ta orol mamlakatlar, o‘z navbatida, Vest-Indiya umumiy nomi ostida birlashtiriladi. Janu- biy Amerika materigida esa 12 ta mustaqil davlat va 1 ta mustamlaka

(Fransiya Gvianasi) joylashgan. Janubiy Amerikada Lotin Amerikasida- gi okeanga chiqish imkoniyati bo‘lmagan 2 ta davlat joylashgan bo‘lib, bular Boliviya va Paragvaydir.

Hududi kattaligi jihatidan Braziliya (jahon mamlakatlari orasida 5-o‘rin), Argentina (8-o‘rin), Meksika, Peru, Venesuela va Kolumbi- ya ajralib turadi. Vest-Indiyada “mitti” davlatlar safiga mansub bir necha davlatlar joylashgan. Lotin Amerikasidagi aksariyat davlatlarida prezidentlik respublikasi boshqaruv shakli joriy etilgan. Vest-Indiyada- gi ayrim kichik davlatlar hamda Markaziy Amerikada joylashgan Beliz Britaniya Hamdo‘stligi tarkibidagi konstitutsiyaviy monarxiyalar bo‘lib, rasman ularning davlat rahbari Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizave- ta II hisoblanadi. Braziliya, Argentina, Meksika, Venesuela singari yirik davlatlar hamda Karib dengizidagi 2 ta kichik oroldan iborat Sent-Kits va Nevis mamlakati federativ davlat tuzilishiga ega. Mintaqaning qol- gan mamlakatlari unitar tuzilishga ega.

Lotin Amerikasining g‘arbiy qismida Kordilyera va And tog‘lari bir necha ming kilometrga cho‘zilgan. Meksika, Markaziy Amerika davlatlari, Kolumbiya, Ekvador, Peru, Boliviya, Chili mamlakatlari- ning hududini asosan shu tog‘lar egallaydi. Venesuela bilan Parag- vay davlatlari ham qisman And tog‘lari bilan band. Shuningdek, Kar- ib dengizidagi orol mamlakatlarining yer yuzasi ham ko‘proq tog‘li ko‘rinishga ega. Braziliya, Argentina, Urugvay, Surinam, Gayana kabi davlatlar hududi, asosan, tekislik va parchalangan yassi tog‘liklardan iborat. Kordilyera-And tog‘lari va Karib dengizidagi orollar seysmik va vulqonik jihatidan Yer yuzidagi eng faol mintaqalar qatoriga ki- radi. Shuning uchun Lotin Amerikasidagi tog‘li mamlakatlarda kuch- li zilzilalar vaqti-vaqti bilan sodir bo‘ladi. Masalan, 2010-yili Chili, 2012-yili Gvatemala, 2010-yili Gaitida ro‘y bergan kuchli zilzilalar falokatli ziyon yetkazgan edi.

Lotin Amerikasining ba’zi davlatlari turli foydali qazilmalarining jahon xo‘jaligi miqyosida ahamiyatli zaxiralariga ega. Jumladan, neft-gaz resurslariga Venesuela, Meksika, temir rudalariga Braziliya, Kuba, Venesuela, boksit (alyuminiy) rudalariga Yamayka, Braziliya, Venesuela, Gayana, Surinam, misga Chili, Peru, nikelga Kuba, litiy, qalay va mineral tuzlariga Boliviya, tabiiy selitraga Chili, qimmatba- ho toshlarga Kolumbiya boy hisoblanadi. Hududi asosan issiq iqlim mintaqalarida joylashganligi bois Lotin Amerikasi agroiqlim resurs- lariga boy, dehqonchilik ishlari esa bu yerda yil bo‘yi davom etadi. Lekin O‘rta Amerikada tropik to‘fonlar tez-tez sodir bo‘lib, aholi

va xo‘jalikka katta ziyon yetkazadi. Iqlimi sernamligi hisobiga Lotin Amerikasi suv va gidroenergiya resurslari bilan yaxshi ta’minlangan. Mintaqadagi qator davlatlar o‘rmon resurslariga juda boy, bu borada Braziliya, Kolumbiya, Venesuela yetakchi hisoblanadi.

Lotin Amerikasi davlatlarida, 2017-yil holatiga, jami 650 millionga yaqin aholi yashaydi, va bu Yer shari aholisining 8,5 foizini tashkil qilmoqda. O‘tgan asrda Lotin Amerikasida aholining tabiiy ko‘payishi “demografik portlash” bosqichini kechirib, mintaqa aholisi va uning jahon aholisi tarkibidagi ulushi yuqori sur’atlar bilan o‘sib kelgan. Hozirgi davrga kelib esa, Lotin Amerikasi mamlakatlari tug‘ilish da- rajasi asta-sekin pasayishi bilan tavsiflanadigan demografik o‘tish- ning 3-bosqichini kechirmoqda. Kuba, Urugvay va Argentina esa de- mografik o‘tish jarayonini yakunlab, aholi tabiiy ko‘payishining past darajasi bilan ajralib turibdi.

Aholi soni jihatidan mintaqada Braziliya (206 mln, 2016-y., ja- hon bo‘yicha 5-o‘rin) va Meksika (121 mln, 2015-y., jahon bo‘yicha 11-o‘rin) yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Kolumbiya, Argentina, Ve- nesuela va Peru kabi mamlakatlarning aholisi soni 20–50 mln kishi oralig‘ida. Shu vaqtning o‘zida, Vest-Indiyadagi ayrim “mitti” orol dav- latlarida aholi soni 0,5 mln kishiga ham yetmaydi.

Lotin Amerikasi aksariyat davlatlari yuqori urbanizatsiyalashgan mamlakatlar guruhiga mansub. Xususan, shaharlashuv ko‘rsatkichi Argentina, Venesuela va Urugvayda 90 foizdan, Braziliya va Chili- da 80 foizdan oshadi. Lotin Amerikasining Mexiko, San-Paulu, Rio- de-Janeyro, Lima, Buenos-Ayres, Santa-fe-de-Bogota singari eng yirik shaharlari negizida jahon miqyosida eng yiriklari qatorida joy olgan shahar aglomeratsiyalari vujudga keldi. Lekin bu “gigant” shaharlar- da millionlab odamlar qishloq joylardan kelib, juda katta maydonlarni egallagan xarob massivlarda turmush kechirmoqda. Masalan, Brazili- yaning Rio-de-Janeyro va San-Paulu shaharlaridagi Favela deb ata- ladigan bunday kvartallar odatda “soxta” urbanizatsiyaning tipik mi- sollari tariqasida keltiriladi. Bunday, shartli ravishdagi shahar joylari- da ijtimoiy va ekologik muhit muammoli bo‘lishi tabiiy hol.



Lotin Amerikasi aholisining hozirgi irqiy tarkibi xilma-xil bo‘lib, asosan, Yevropa mustamlakachiligi davrida shakllangan. Bu mintaqa- da yevropaliklar avlodlari (kreollar), qora tanlilar, amerikalik hindular hamda metislar, mulatlar va sambolar singari aralash irq vakillari ya- shaydilar. Lotin Amerikasining tub aholisi mongoloid irqiga mansub amerikalik hindular hisoblanadi.





Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling