Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet72/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Janubiy Yevropa mamlakatlari. Janubiy Yevropa siyosiy xaritasi- da Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Gretsiya hamda Andorra, San-Mari- no, Malta va Vatikan “mitti” davlatlari joylashgan. Bu davlatlar iqti- sodiy-geografik o‘rni va xo‘jalik rivojlanishi jihatidan uzoq tarixi davo- mida O‘rta dengiz bilan chambarchas bog‘liqligi sababli Yevropaning O‘rta dengizbo‘yi mamlakatlari deb ham ataladi. Bu mintaqa Yevropa sivilizatsiyasi va madaniyatining chin beshigi hisoblanadi, chunki bu qit’adagi eng qadimgi davlatlar – Gretsiya bilan Rim aynan O‘rta den- giz qirg‘oqlarida rivoj topgan.

Malta O‘rta dengizdagi orollarda joylashgan kichik davlat bo‘lsa, subregionning qolgan davlatlari geografik o‘rni nuqtayi nazaridan yarimorol mamlakatlari hisoblanadi. Andorra, San-Marino, Vatikan dav- latlari yarim orollarda joylashsada, dengizga chiqish imkoniyati yo‘q. San-Marino bilan Vatikan anklav davlatlar hisoblanadi, chunki ular faqat bitta davlat, ya’ni Italiya bilan chegaradosh bo‘lib, butunligicha uning hududi bilan o‘ralgan. Janubiy Yevropa mamlakatlaridan Ispa- niya va Andorra boshqaruv shakli jihatidan konstitutsiyaviy monarxiya, Vatikan davlati Yevropada yagona mutlaq teokratik monarxiya (davlat rahbari – Rim-katolik cherkovi yetakchisi hisoblanmish Rim Papasi), qolganlari esa respublikadir.

Janubiy Yevropa davlatlari O‘rta dengiz geosinklinal mintaqasida joylashganligi tufayli seysmik jihatdan faol hudud hisoblanadi. Qa- dimdan olamga mashhur Etna, Vezuviy, Stromboli vulqonlari ham Yevropaning shu qismida joylashgan. Foydali qazilmalardan rang- li metall rudalari va mineral tuzlar zaxiralari mavjud. O‘rta dengiz tipidagi subtropik iqlim (yozi issiq, birmuncha quruq, qishi esa iliq va yomg‘irli) qishloq xo‘jaligi va turizm uchun juda qulay sharoit yaratadi. Lekin Yevropaning boshqa subregionlarga nisbatan suv re- surslar bilan ta’minlanish darajasi pastroq bo‘ib, ayrim hududlarda suv tanqisligi ham sezilmoqda.

Janubiy Yevropadagi demografik vaziyatga aholining tabiiy va mig- ratsion ko‘payishining past ko‘rsatkichlari xos. Ular orasida, ayniqsa, aholisi kamayib borayotgan Ispaniya, Portugaliya va Gretsiya davlatlari alohida ajralib turadi. Rivojlanayotgan davlatlardan, xususan Shimoliy Afrikadan, ko‘plab immigrantlar ko‘chib kelishi bilan bir vaqtda bu yerdan G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga tomon emigratsion oqimning faolligi subregionning migratsiya qoldig‘ini ancha pasaytiradi, yuqorida aytib o‘tilgan davlatlarda esa manfiy ko‘rsatkichlargacha tushirmoqda. Janubiy Yevropa relyefi, asosan, tog‘lardan iborat bo‘lganligi tufayli aholisi juda notekis joylashib, asosan qirg‘oqbo‘yi tekisliklari va daryo vodiylarida joylashgan. Urbanizatsiya Shimoliy va G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga nisbatan biroz pastroq bo‘lsa-da, 60 foizdan yuqori da- rajada.



Yevropaning O‘rta dengizbo‘yi mamlakatlari Shimoliy va G‘arbiy Yevropa davlatlariga nisbatan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsat- kichlari nisbatan past. Ayniqsa, Gretsiya, Ispaniya va Portugaliya iqti- sodiyotidagi inqirozli vaziyat Yevropa Ittifoqi doirasida ko‘zga tashla- nadi. Italiya garchi “katta yettilik” guruhi a’zosi bo‘lsada, mamlakat- ning turli hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi keskin farq qila- di. Shimoliy Italiya Yevropadagi eng rivojlangan iqtisodiy rayonlardan biri hisoblansa, Janubiy Italiya, aksincha, Yevroittifoqning eng qoloq rayonlaridan biri hisoblanadi.

Xalqaro mehnat taqsimotida Janubiy Yevropa mamlakatlari, eng av- valo, subtropik dehqonchilik (uzum, sitrus mevalari, yong‘oq, zaytun va hokazo) bilan turizmga ixtisoslashgan (13-rasm). Bu subregion den- giz turizmining dunyodagi eng yirik rayoni hisoblanadi. Sanoat tar- moqlari ichida eng rivojlanganlari – yengil (to‘qimachilik, tikuvchilik,



charm-poyabzal) va oziq-ovqat (yog‘- moy, konserva, vino) sanoatlari. Itali- ya va Ispaniya mashinasozlik sanoati, ayniqsa, avtomobilsozlikning rivojlani- shi bilan ham ajralib turadilar.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling