Geografiya 10 sinf 2017. indd


Davlatlarning integratsion uyushmalari


Download 1.04 Mb.
bet66/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Davlatlarning integratsion uyushmalari. Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonining yuzaga kelishi iqtisodiy integratsiyalarning shakllanishiga sababchi bo‘lgan. Ma’lumki, iqtisodiy integratsiya davlatlararo kelishuv siyosati asosida ular o‘rtasida o‘zaro uzoq muddatli va barqaror iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi hisoblanadi.

Yevropa Ittifoqi (YI) mintaqaviy integratsion guruhlar orasida a’zo davlatlar soni ko‘pligi, ularning jahon iqtisodiyotida muhim o‘rin egallashi bilan ajralib turadi. Uning shakllanishi 1951-yil Yevropa ko‘mir va temir ishlab chiqaruvchilar birlashmasi tashkil etilishi bilan bog‘liq. Ushbu birlashmaga Germaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg davlatlari a’zo bo‘lgan. 1957-yil mazkur davlatlar Yevropa iqtisodiy hamkorligi va atom energiyasi bo‘yicha Yevropa hamjamiyati tashkil qilish bo‘yicha shartnoma imzolaganlar. 1967-yil yuqorida nomlari qayd qilingan uch tashkilot birlashuvi Yevropa Ittifoqining tashkil topishiga

asos bo‘ldi. 1973-yil – Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya, 1981-yil – Gretsiya, 1986-yil Ispaniya, Portugaliya, 1995-yil – Avstriya, Shvetsiya, Finlyandiya, 2004-yil – Polsha, Chexiya, Vengriya, Slovakiya, Sloveniya, Litva, Latviya, Estoniya, Kipr, Malta, 2007-yil – Ruminiya, Bolgariya, 2013-yil – Xorvatiya davlatlari mazkur tashkilotga a’zo bo‘ldilar. 2016-yil Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra ushbu davlat Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqib ketdi. Uning mazkur tashkilotdan to‘liq ajralib chiqishi 2017-yil yozida yuz berdi.



Ichki chegaralarga ega bo‘lmagan yagona iqtisodiy makonni yaratish, ushbu hududda ijtimoiy va iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish, ishlab chiqarish xarajatlarini tenglashtirish maqsadida muomala uchun yagona valyutani joriy etish Yevropa Ittifoqining asosiy maqsadi hisoblanadi.

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH)ga 1991-yil 8-dekabrda asos solingan bo‘lib, o‘z faoliyatini o‘sha yilning 21-dekabrida boshlagan. Hamdo‘stlik nizomiga ko‘ra a’zo davlatlar inson huquqlari va erkinligini ta’minlash, davlatlar tashqi siyosatini nazorat qilish, iqtisodiy hamkorlik, transport va aloqa tizimini rivojlantirish, aholi salomatligini muhofaza qilish, tabiatni muhofaza qilish, ijtimoiy va migratsion siyosat masalalarini hal etish; uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish masalarini hamkorlikda hal qilishlari zarur. Hozirgi kunda Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Moldova, Ozarbayjon, Armaniston Respublikalari tashkilot a’zolari bo‘lib hisoblanadilar. Turkmaniston esa assotsiatsiyalashgan davlat maqomiga ega.

Shu bilan birga Mongoliya, Afg‘oniston tashkilot kuzatuvchilari sifatida turli darajadagi yig‘ilishlarda ishtirok etadi.



Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) ning shakllanishi 1996-yil 26-aprelda Xitoyning Shanxay shahrida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, XXR va Tojikiston harbiy sohada hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolashi bilan bog‘liq. Avvaliga “Shanxay beshligi” deb nom olgan ush- bu tashkilot 2001-yil O‘zbekistonning unga a’zo bo‘lgandan so‘ng hozirgi rasmiy nomdagi tashkilot tuzilganligi

haqidagi deklaratsiyani e’lon qildi. 2017- 9-rasm. SHHT dunyo xaritasida

yil Hindiston va Pokiston ushbu tashkilotning teng huquqli a’zolariga aylandilar. Shu bilan birga 6 ta muloqot hamkor davlatlar, 4 ta kuzatuvchi va 2 ta nomzod davlatlar ham ishtirok etadi (9-rasm). A’zo davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikni ta’minlash, mintaqada tinchlikni saqlash, xavfsizlik masalalarini o‘zaro hamkorlikda hal qilish, terrorizm va ekstremizmga qarshi birgalikda harakat qilish, qurol-yarog‘, narkotik vositalar hamda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash, iqtisodiy masalalarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish kabilar tashkilotning asosiy maqsadi hisoblanadi. Hozirgi kunda tashkilot tarkibida jahonning qudratli davlatlaridan uchtasi – Rossiya, Xitoy, Hindistonning faoliyat olib borishi uning jahondagi mavqeyi oshib borishiga sabab bo‘lmoqda.

Geosiyosiy vaziyat, sotsialistik tuzum, kapitalistik tuzum, bufer davlat, notinch mintaqa, geosiyosiy o‘rin, geosiyosiy qiziqish, iqtisodiy integratsiya.



      1. AQSHning jahon iqtisodiyotida tutgan o‘rniga baho bering.

Uning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy hayotdagi mavqeyining oshishiga qanday omillar sababchi bo‘ladi?

      1. O‘zbekiston qanday integratsion uyushmalar tarkibida faoliyat olib boradi?

      2. Daftaringizga jahon iqtisodiyotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan integratsion uyushmalarning nomlarini yozing.




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling