Geografiya 10 sinf 2017. indd


-§. ATROF-MUHIT MONITORINGI VA GEOGRAFIK- EKOLOGIK EKSPERTIZA ASOSLARI


Download 1.04 Mb.
bet52/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

16-§. ATROF-MUHIT MONITORINGI VA GEOGRAFIK- EKOLOGIK EKSPERTIZA ASOSLARI


  1. asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan-texnika inqilobi natijasida jamiyatning tabiatga ta’siri kuchayib borayotganligini e’tiborga olib, maxsus kuzatish tizimini tashkil qilish zarurati paydo bo‘ldi. Mazkur kuzatish nati- jasida to‘plangan ma’lumotlar tabiiy muhitda yuz berayotgan o‘zgarishlar- ni baholash va tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi. Shuning uchun

ham monitoring tizimini tashkil qilish bo‘yicha takliflar o‘rtaga qo‘yildi. Atrof-muhit holatining monitoringi masalasi Birlashgan Millatlar Tashki- lotining 1972-yilda Stokgolmda bo‘lib o‘tgan tabiiy muhit muhofazasiga bag‘ishlangan konferensiyasi arafasida vujudga keldi. Shu munosabat bilan fanda yangi monitoring (lotincha «monitor» – esga soladigan, ogohlanti- radigan) tushunchasi paydo bo‘ldi.

Monitoring – tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida ma’lum bir hudud tabiiy sharoitining holatini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimidir.

Monitoringning asosiy maqsadi tabiiy muhitning inson faoliyati ta’siri- da o‘zgarishini kuzatish, olingan ma’lumotlar asosida baholash va tegishli boshqaruv tadbirlarini qo‘llashdir.

Monitoring asosida atmosfera havosi, suv havzalari, yerosti suvlari, tuproq, o‘simlik qoplamining turli chiqindilar, zaharli kimyoviy modda- lar, radioaktiv elementlar bilan ifloslanishi kuzatiladi. Kuzatish ishlari in- sonning ma’lum ekologik sharoitda yashashining buzilishiga qaratiladi. Atrof-muhitning o‘zgarish darajasi hali ifloslanmagan tabiiy sharoit holati- ga nisbatan olinadi.

Akademik I. P. Gerasimov tomonidan monitoring tashkil qilishning bio- ekologik, geoekologik va biosfera bosqichlari ajratilgan.




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling