Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet50/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Geografik prognoz deb, tabiiy muhit va hududiy ishlab chiqarish majmualarining o‘zgarishidagi asosiy yo‘nalishlarni ilmiy jihatdan ol- dindan asoslab berishga aytiladi.

Geografik prognozlar bir necha variantlarda amalga oshiriladi. Ular- dan avvaliga nisbatan yaxshi bo‘lgan bir nechtasi, keyinchalik esa eng maqbul varianti tanlab olinadi va mazkur variant asosida barcha hi- sob-kitob ishlari bajariladi.

Geografik prognozlar turli muddatlarga tuziladi. Shuning uchun prognozlar muddatiga ko‘ra, quyidagi turlarga bo‘linadi: operativ prog- noz 1 oy muddatga, qisqa muddatli prognoz 1 oydan 1 yilgacha, o‘rta muddatli prognoz 1 yildan 5 yilgacha, uzoq muddatli prognoz 5 yildan 15 yilgacha, juda uzoq muddatli prognozlar 15 yildan ko‘proq muddat- ga ishlab chiqiladi.

Tabiiy geografik prognozni amalga oshirish uchun geotizimlar kom- ponentlarining prognozli xossalarini aniqlab olish talab etiladi. Ma’lum bir joyning relyefi, tog‘ jinslari, tuproqlari, suvlari, o‘simligi va hay- vonot dunyosi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bu xususiyatlar haqidagi ma’lumotlar tabiiy geografik prognozlarda ishlatiladi.

Geotizimlar komponentlarining tabiiy muhit ifloslanishini kamaytirish xususiyatlari quyidagilardan iborat:


      1. Relyef. Botiqlar texnogen mahsulotlarni (chiqindilarni) to‘plov- chidir. Balandliklar esa ularni tarqatib yuboruvchidir. Yonbag‘irlar qiyaligi ularning parchalanish darajasi, zichligi, yerosti suvlarining harakatiga ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishi mumkin.

      2. Tog‘ jinslari. Suv o‘tkazadigan, suv o‘tkazmaydigan jinslar, ular- ning qalinligi tabiiy muhitga ta’sir ko‘rsatadi.

      3. Suvlar. Ularda erigan organik moddalarning miqdori, yillik oqim miqdori, oqim tezligi muhim ahamiyatga ega. Oqim tezligi qancha yuqori bo‘lsa, ifloslovchi moddalar shuncha tez olib ketila- di. Suvdagi organik moddalar og‘ir metallarning eruvchanligini tez- lashtiradi.

      4. Tuproqlar. Oksidlanish-qaytarilish, kislotali-ishqorli sharoit. Tuproqni ifloslovchi moddalardan o‘z-o‘zini tozalash qobiliyatini belgi- lab beradi.

      5. O‘simliklar. Ifloslovchi moddalarni yutadigan o‘simliklar turlari.

Mazkur xususiyatlar asosida tabiiy muhitning o‘zgarishini oldindan aytib berish mumkin.

Geografik prognozlar sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy miqyoslar- da olib boriladi.



Sayyoraviy prognozlar ma’lum bir hududga bog‘lanmagan bo‘lib, geografik qobiq doirasidagi, butun insoiyatga daxldor muammolarga bag‘ishlanadi. Sayyoraviy geografik prognozlarning asosiy maqsadi in- soniyatning kelajakdagi hayotini va Yerni saqlab qolishga qaratilgan muammolarni oldindan prognoz qilishdir. Shuning uchun ham muta- xassis va olimlarning ko‘pchiligi hozirgi paytda butun dunyo miqyo- sida kelajakda kutilayotgan turli noxush hodisalarni prognoz qilish bi- lan shug‘ullanadi. Atmosfera havosining ifloslanishi, ozon qatlamining yupqalanishi, «issiqxona samarasi»ning vujudga kelishi, cho‘llashish jarayoni, gidrosferaning ifloslanishi va toza ichimlik suvi muammosi shular jumlasidan. Insoniyatning kelajakdagi hayoti yuqoridagi muam- molarning qanday prognoz qilinishi va bartaraf etilishiga bog‘liq.

Mintaqaviy prognozlar biron mintaqa doirasida bir nechta davlatlar- ga daxldor muammolarning kelajakdagi o‘zgarishini oldindan asoslab berishga qaratiladi. Jahonning xo‘jaligi yuksak darajada rivojlangan qismlarida jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlar o‘ta keskin- lashdi. Buning oqibatida turli xil ekologik muammolar yuzaga keldi, natijada ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar murakkablashdi. Mazkur mintaqa- larga O‘rta, Boltiq, Shimoliy, Qora dengizlar, Meksika, Fors qo‘ltiqlari va boshqa joylar kiradi. Ushbu joylarda neft tashilishi, daryolar orqali turli xil zararli moddalarning oqib kelishi, turli sanoat chiqindilarining dengizlarga tashlanishi natijasida tobora ifloslanib bormoqda. Oqibat- da dengiz o‘simlik va hayvonot dunyosiga katta zarar yetkazilmoq- da, dengiz qirg‘oqlarining rekreatsion imkoniyatlari cheklanmoqda va aholining yashash sharoiti yomonlashmoqda.

Mahalliy geografik prognozlar. Ma’lum bir muhandislik inshoo- ti yoki inshootlar guruhining tabiiy muhitga ta’sirini oldindan asoslab berish mahalliy geografik prognoz deb ataladi. Tabiatga ta’sir etadigan muhandislik inshootlari sanoat korxonasi, suvombori, shaxtalar, yo‘llar, aerodromlar, shaharlar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Masalan, foydali qazilma koni ochiq usulda qazib olinadigan bo‘lsa, hududda botiq ho- sil bo‘ladi, tashlamalar vujudga keladi, yerosti suvlari sathi pasayadi, noxush jarayon (surilma, ko‘chki, o‘pirilma)lar rivojlanadi, suv, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosi ma’lum joylarda butunlay yo‘qoladi, ma’lum bir joylarda esa katta o‘zgarishlarga uchraydi.


66




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling