Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet43/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Eroziya (lotincha «erosio» – yemirish, yuvilish) deb tog‘ jinslari va tuproqning oqar suvlar ta’sirida yuvilishiga aytiladi. Eroziya yu- zalama va chiziqli turlarga bo‘linadi. Yuzalama eroziya jarayoni tog‘ yonbag‘irlarida keng tarqalgan. Uning oqibatida tog‘ yonbag‘irlarida- gi jinslar yuvilib, pastga tushadi. Yumshoq jinslardan tashkil topgan qiya joylarda yuvilish natijasida jarlar vujudga keladi. Chiziqli eroziya daryo eroziyasi deb ham ataladi. Buning natijasida daryo o‘zanlari va qirg‘oqlari yuviladi.

Daryo qirg‘oqlarining yuvilishi Xorazm va Qoraqalpog‘istonda «dey- gish» deyiladi. Amudaryo 1925-yilda sobiq To‘rtko‘l shahrining yaqi- nidan oqqan. 1938-yilga kelib Amudaryo shaharni yuvib keta boshladi, 1950-yilga kelib esa daryo To‘rtko‘l shahrini butunlay yuvib ketgan. Keyinchalik daryodan ancha uzoqda yangi, hozirgi To‘rtko‘l shahri bunyod etildi.




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling