Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet46/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

14-§. GEOGRAFIK BAHOLASH


Tabiiy muhit baholanishi natijasida uning ijtimoiy ehtiyoj nuqtayi nazari- dan qulayligi yoki yaroqliligi o‘rganiladi. Baholash natijasida biror hudud- ning yoki tabiat komponentining dehqonchilik, chorvachilik, dam olish, qurilish va boshqa sohalarda foydalanishga qanchalik qulayligi aniqlanadi. Tabiiy sharoit va resurslar yoki geotizimlarni foydalanish maqsadlarida baholash – geografik baholash deb ataladi. Masalan, dehqonchilik, chor- vachilik, sanoat, transport, rekreatsiya, suv xo‘jaligi va boshqa maqsadlarda

baholash amalga oshirilishi mumkin.

Geografik baholash quyidagi bosqichlardan iborat:


  1. baholash ishlarining maqsad va vazifalarini aniqlash (masalan, daryo vodiysining ma’lum bir qismini suvombori qurish maqsadida baholash);

  2. baholash uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar yoki ma’lumotlar ro‘y- xatini tuzish;

  1. o‘rganilayotgan hudud daryo vodiysining hozirgi va kelajakdagi ho- latini belgilaydigan ko‘rsatkichlar yoki xossalarni o‘rganish va o‘lchash (vodiyning geologik tuzilishi, uzunligi, kengligi, balandligi, yonbag‘irlar qiyaligi, suv sarfi, loyqaligi, me’yori va h.k.);

  2. olingan ma’lumotlar va ko‘rsatkichlarni bir-biriga taqqoslash asosi- da har bir komponent bo‘yicha alohida baholashni amalga oshirish (relyef, geologik tuzilish, suv o‘lchamlari va h.k.);

  3. alohida baholashlar asosida umumiy baholashni amalga oshirish (suv- omborini mazkur joyda qurish mumkinmi yoki yo‘qmi);

  4. yakuniy jadval va xaritalar tuzish.

Tabiiy geografik baholashning aniq maqsadiga ko‘ra sifat va miqdor usullaridan foydalaniladi. Sifat ko‘rsatkichlari qulaylik darajasiga qarab

«juda qulay», «qulay», «o‘rtacha qulay», «kamroq qulay», «qulay emas», deb baholanadi.

Masalan, tekisliklar yo‘l qurilishi uchun juda qulay, qumli cho‘llar qulay, to‘lqinsimon tekisliklar o‘rtacha qulay, adirlar kamroq qulay, tog‘lar esa qu- lay emas.

Baholash miqdor usulida sonli ko‘rsatkichlar asosida amalga oshirila- di. Masalan, arpaning pishib yetilishi uchun quyidagi haroratlar yig‘indisi bo‘lishi shart. Vegetatsiya davrida havoning + 10° C dan yuqori haroratlari yig‘indisi 1000° C gacha bo‘lishi eng tezpishar arpa navining yetilishi uchun yetarli emas, mazkur arpa navi 1000–1400° C da pishadi, 1400–1800° C da esa o‘rta pishar, 1800° C dan oshganda esa eng kechki navlar yetiladi. Ko‘rsatilgan ushbu miqdor ko‘rsatkichlari baholashning ma’lum bonitetli darajalari hisoblanadi.




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling