Geografiya 10 sinf 2017. indd


Yer resurslarini baholash


Download 1.04 Mb.
bet47/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Yer resurslarini baholash. Yer resurslari xo‘jalik jihatdan juda ko‘p maqsadlarda baholanadi. Ayniqsa, dehqonchilik maqsadlarida baholash keng tarqalgan.

Dehqonchilikni amalga oshirish, asosan, relyef, agroiqlimiy resurslar, tuproq sharoiti, yerosti suvlarining joylashishi va xossalarining qulayligi, suvning mavjudligi va boshqa omillar bilan belgilanadi.

Dehqonchilik uchun yaroqli yerlarni o‘zlashtirish va ulardan foydala- nishning murakkablik darajalari geotizimlarning xususiyatlariga qarab turli- cha bo‘ladi. Yuqorida ko‘rsatilgan omillarning tahlili asosida O‘zbekiston geotizimlari murakkablik darajasiga ko‘ra to‘rt guruhga bo‘linadi: oddiy, o‘rtacha murakkab, murakkab va juda murakkab geotizimlar (6-jadval).

Oddiy geotizimlarga tog‘oldi prolyuvial tekisliklari va daryo vodiy- larining yuqori terrasalari kiradi. Yerosti suvlarining gorizontal harakati yuqori darajada ta’minlangan bo‘lib, bu suvlarning sathi ko‘tarilmaydi, chunki lyossimon jinslar ostida shag‘al toshlar yotadi. Mazkur joylar dehqonchilik uchun juda qulay.



O‘rtacha murakkablikdagi geotizimlarga konussimon yoyilmalar va daryo deltalarining yuqori qismlari kiradi. Yerosti suvlarining gorizontal harakati ta’minlangan, ammo ayrim pastqam joylarda u yer yuzasiga yaqin ko‘tariladi va sho‘rlanishga sabab bo‘lishi mumkin. Shamol va suv eroziyasi yuz berishi ehtimoldan xoli emas. Shuning uchun ihota daraxtzorlarini vujudga keltirish zarur.


61


  1. Download 1.04 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling