Geografiya 10 sinf 2017. indd
jadval. O‘zbekistonning cho‘l va chalacho‘l mintaqalarida sug‘orishga yaroqli geotizimlarning murakkablik darajalarini aniqlovchi mezonlar
Download 1.04 Mb.
|
10-sinf Geografiya-WORD
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geotizimlar va melioratsiya murakkabligi Relyef
- Yerlar- ning meliora- tiv holati Turi
- Eroziya- ga beril- uv c ha n- ligi Chu- qur- ligi, m
- Rekreatsiya resurslarini baholash.
jadval. O‘zbekistonning cho‘l va chalacho‘l mintaqalarida sug‘orishga yaroqli geotizimlarning murakkablik darajalarini aniqlovchi mezonlar
Murakkab geotizimlarga konussimon yoyilmalar va deltalarning o‘rta qismlari va allyuvial terrasalar kiradi. Yerosti suvlarining gorizontal harakati yaxshi emas, sug‘orish davomida ularning sathi ko‘tariladi va tuproqda tuz to‘plana boshlaydi. Buning oldini olish uchun gorizontal va tik zovurlar qurilishi lozim. Juda murakkab geotizimlarga deltalarning etak qismlari, prolyuvial tekisliklarning quyi yoki chekka joylari, adirlar, plato va balandliklar kiradi. Yerosti suvlarining gorizontal harakati ta’minlanmagan, ular- ning sathi sug‘orish paytida tezda ko‘tarilib ketadi. Buning oldini olish maqsadida zich zovurlar tarmog‘ini qurish, yerni sifatli qilib yuvish va tekislash, shamol eroziyasiga qarshi ihota daraxtzorlarini vujudga kelti- rish lozim. Suv shimilishining oldini olish uchun tomchilatib, yomg‘ir- latib va tuproq ostidan sug‘orish usullarini qo‘llash zarur. Rekreatsiya resurslarini baholash. Geotizimlarning dam olish maq- sadlarida foydalaniladigan xususiyatlari yoki komponentlari rekreatsion resurslar deb ataladi. Masalan, xushmanzara o‘rmon, dengiz va okean qirg‘oqlari, tog‘ vodiylari, ko‘llar, g‘orlar, manzarali, chiroyli o‘sim- liklar, g‘aroyib relyef shakllari, muzliklar shular jumlasidandir. Rekreatsiya (tiklash, o‘rnini to‘ldirish)ning qamrovi katta bo‘lib, odamlarning dam olishi, salomatligini tiklashi, madaniy hordiq chiqari- shi ma’nosida ishlatiladi. Geotizimlarni rekreatsiya nuqtayi nazaridan tadqiq qilish, asosan, ularning rekreatsion imkoniyatlarini va ularga rekreatsion bosimning ta’sirini baholashdan iborat. Dam olish tashkiliy va notashkiliy (ixtiyoriy) bo‘lishi mumkin. Tash- kiliy dam olish turli muassasalar tomonidan uyushtiriladi. Notashkiliy (ixtiyoriy) dam olish esa odamlarning o‘z xohishlari bo‘yicha bir yoki bir necha kishi bo‘lib, tanlangan hududlarda uyushtiriladi. Dam olishdan ko‘zlangan maqsad turlicha bo‘lishi mumkin: davola- nish, sog‘lomlashtirish, sport, tanishuv va h.k. Dam olish mavsumga qarab ham turlicha bo‘lishi mumkin. Yozgi dam olish turlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: cho‘milish, quyosh van- nalari olish, piyoda sayr (davolanish, salomatlikni tiklash, ekskursiya), qayiq sporti, baliq ovi, turli xil mevalar va qo‘ziqorin terish, otda sayr qilish, alpinizm bilan shug‘ullanish va h.k. Qishki mavsumda quyidagi dam olish turlari bilan shug‘ullanish mumkin: chang‘i sporti, muzosti baliq ovi, sport ovchiligi, davolanish, salomatlikni tiklash, piyoda sayr. Rekreatsion baholash obyekti – landshaftlar va ularning qismlari bo‘lishi mumkin. Rekreatsiya komplekslarini joylashtirishni loyihalash- da landshaftlarni tahlil qilish yaxshi natija beradi. Bunda turli land- shaftlardan rekreatsion maqsadlarda foydalanish darajasiga qarab eng qulay landshaft turi tanlanadi. Masalan, daryo vodiysi, tog‘ yonbag‘ri, ko‘l yoki suvombori qirg‘og‘i, tekislik, okean yoki dengiz qirg‘og‘i, o‘rmon va h.k. Alohida rekreatsion komplekslarni (dam olish uylari, sanatoriylar, sayyohlik komplekslari va h.k.) loyihalashtirayotganda aniq bir joyni baholash yaxshi natija beradi. Rekreatsion maqsadlarda baholashda ularni estetik jihatdan baholash ham muhim o‘rin tutadi. Bunda tabiiy sharoitning, relyefning, o‘sim- liklarning, landshaft umumiy ko‘rinishining estetik jihatdan zavq bera olish imkoniyati e’tiborga olinadi. Baholashning oxirgi bosqichida geotizimlarning rekreatsion binolarni joylashtirish uchun yaroqliligi va rekreatsion bosimga barqarorlik darajasi hisobga olinadi. Geografik baholash, dehqonchilik, rekreatsiya, baholash bosqichlari, baholashning sifat va miqdor usuli. Geografik baholash deb nimaga aytiladi? Geografik baholash qanday bosqichlardan iborat? Geografik baholashning qanday usullarini bilasiz? O‘zingiz yashab turgan joy dehqonchilik uchun qulaymi yoki noqulaymi? Fikrin- gizni asoslab, daftaringizga yozing. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling