Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet44/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Abraziya (lotincha «abrasio» – qirish, qirtishlash) deb, okean, den- giz va ko‘l qirg‘oqlarining to‘lqinlar tomonidan yemirilishi va tekislani- shiga aytiladi. Abraziya natijasida okean va dengiz, ko‘l qirg‘oqlarida tekisliklar hosil bo‘ladi. Respublikamizdagi yirik ko‘llar va suvombor- larining qirg‘oqlarida abraziya jarayonini kuzatish mumkin.

Deflyatsiya (lotincha “deflatsio” – puflash) – tog‘ jinslarining shamol ta’sirida yemirilib, maydalangan zarralarning boshqa joylarga ko‘chishi. Deflyatsiya qurg‘oqchil o‘lkalarda, ayniqsa, qumli cho‘llarda kuchli bo‘la- di. Shamol qumlarni to‘zg‘itib, bir joydan ikkinchi joyga tashib uylarga, yo‘llarga, quduqlarga zarar yetkazadi. Ayniqsa, o‘simlik qoplamini zarar- lab chorvachilikka ziyon keltiradi. Deflyatsiyaning oldini olish va zararini kamaytirish uchun daraxt va buta o‘simliklarini ekish lozim.

Sel – tog‘ vodiylari, soylar va jarlardan qisqa vaqt ichida juda katta tezlik bilan oqib keluvchi tosh aralash loyqa suv oqimi. Sellar tog‘li o‘lkalarda jala yog‘ishi natijasida yuzaga keladi. Sellar o‘zi bilan birga loyqa va toshlarni olib keladi. Tezligi soatiga 10–15 km ni tashkil eti-

shi mumkin. U yo‘lda uchragan hamma narsani yuvib ketadi va juda katta moddiy va ma’naviy zarar yetkazadi. Sel hodisasi O‘rta Osiyo- da, Kavkaz, G‘arbiy Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerikaning tog‘li o‘lkalarida ko‘proq sodir bo‘ladi. Respublikamizning tog‘li hududlarida ham sel hodisalari tez-tez bo‘lib turadi. Ularning zararini kamaytirish va sel suvlaridan foydalanish uchun tog‘ yonbag‘irlari va tog‘oldilarida selxonalar qurilgan.



Karst deb, suvda yaxshi eriydigan tog‘ jinslarining yer usti va osti suvlari ta’sirida eritilib, oqizib ketilishiga va yerostida turli xil bo‘shliqlar (g‘orlar)ning, yer yuzasida esa o‘pirilmalar va chuqurliklar hosil bo‘lishi- ga aytiladi. Suvda tez eriydigan jinslarga ohaktosh, dolomit, bo‘r, mergel, gips va turli xil tuzlar kiradi. Bunday jinslar tarqalgan joylarda qurilish ishlari olib borish ancha murakkab jarayon hisoblanadi.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling