asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan-texnika inqilobi natijasida jamiyatning tabiatga ta’siri kuchayib borayotganligini e’tiborga olib, maxsus kuzatish tizimini tashkil qilish zarurati paydo bo‘ldi. Mazkur kuzatish nati- jasida to‘plangan ma’lumotlar tabiiy muhitda yuz berayotgan o‘zgarishlar- ni baholash va tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi. Shuning uchun
ham monitoring tizimini tashkil qilish bo‘yicha takliflar o‘rtaga qo‘yildi. Atrof-muhit holatining monitoringi masalasi Birlashgan Millatlar Tashki- lotining 1972-yilda Stokgolmda bo‘lib o‘tgan tabiiy muhit muhofazasiga bag‘ishlangan konferensiyasi arafasida vujudga keldi. Shu munosabat bilan fanda yangi monitoring (lotincha «monitor» – esga soladigan, ogohlanti- radigan) tushunchasi paydo bo‘ldi.
Monitoring – tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida ma’lum bir hudud tabiiy sharoitining holatini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimidir.
Monitoringning asosiy maqsadi tabiiy muhitning inson faoliyati ta’siri- da o‘zgarishini kuzatish, olingan ma’lumotlar asosida baholash va tegishli boshqaruv tadbirlarini qo‘llashdir.
Monitoring asosida atmosfera havosi, suv havzalari, yerosti suvlari, tuproq, o‘simlik qoplamining turli chiqindilar, zaharli kimyoviy modda- lar, radioaktiv elementlar bilan ifloslanishi kuzatiladi. Kuzatish ishlari in- sonning ma’lum ekologik sharoitda yashashining buzilishiga qaratiladi. Atrof-muhitning o‘zgarish darajasi hali ifloslanmagan tabiiy sharoit holati- ga nisbatan olinadi.
Akademik I. P. Gerasimov tomonidan monitoring tashkil qilishning bio- ekologik, geoekologik va biosfera bosqichlari ajratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |