Geografiya 10 sinf 2017. indd


-§. DUNYO AHOLISI VA ZAMONAVIY DEMOGRAFIK VAZIYAT


Download 1.04 Mb.
bet59/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

17-§. DUNYO AHOLISI VA ZAMONAVIY DEMOGRAFIK VAZIYAT


XIX asrgacha dunyo aholisining soni ancha sekin o‘sib, 1820-yil- ga kelib 1 milliard kishiga yetdi. Bu jarayon aholining tabiiy o‘sishi pastligi bilan belgilangan edi, chunki o‘tgan tarixiy bosqichlarda ham tug‘ilish, ham o‘lim ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lib, ular orasidagi farq juda kichik darajada edi. Lekin 1 milliarddan 2 milliardgacha ko‘payish uchun insoniyatga birmuncha kamroq vaqt, ya’ni 107 yil kerak bo‘ldi (1820–1927-yillar orasi). Keyingi yillarda dunyo aholisi soni yanada tezroq o‘sib bordi. 1960-yilga kelib dunyo aholisi 3 milliard kishiga yetdi. 1975-yilga kelib 4 milliard kishi, 1987-yilda 5 milliard kishi, 1999-yilda 6 milliard kishi, 2011-yilga kelib esa 7 milliard kishiga teng bo‘ldi. 2017-yil holatiga jahon aholisi soni 7,5 milliard kishi atrofida va o‘sishi davom etmoqda.

Demak, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib jahon aholi sonining ko‘payishi keskin tezlashdi. Bu jarayon fanda demografik portlash deb ataladi. Bu hodisaning sababi – ijtimoiy-iqtisodiy va fan-texnika taraqqi- yoti tufayli aholining turmush darajasi yuksalishi, yashash sharoiti yax- shilanishi va sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanishi, odamlarning o‘rta- cha umr davomiyligining o‘sishi, o‘lim darajasi esa pasayib ketganligidir. Dastlab demografik portlash XIX asrning boshi – XX asrning birinchi yarmida G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada ro‘y bergan bo‘lsa, XX asrning ikkinchi yarmida esa Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Okeaniyadagi rivojlanayotgan mamlakatlar aholi sonining yuqori sur’at- lar bilan o‘sishida o‘z aksini topdi.

Rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi yuqori tezlik bilan o‘sib kel- gan bir paytning o‘zida, Yevropa davlatlari va Yaponiyada aholining tabiiy ko‘payishi keskin sekinlashdi. Hattoki, ayrim hollarda tug‘ilish o‘limdan ham pastroq darajaga tushib ketib, aholining tabiiy kama- yish (depopulyatsiya) jarayoni ham ro‘y berdi.



Demografik portlashdan keyingi tug‘ilishning pasayib ketish jarayoni sabablarini demografik o‘tish nazariyasi yordamida izohlash mumkin. Bu nazariyaga ko‘ra, jamiyatda aholining takror barpo bo‘lishi 4 ta bosqichdan o‘tib o‘zgarib boradi (7-rasm). Dastlabki, 1-bosqichda tug‘ilish bilan o‘lim juda yuqori bo‘lib, orasidagi tafovut, ya’ni aho- li tabiiy ko‘payishi minimal darajada saqlanadi. Bunday demografik vaziyat “an’anaviy turg‘unlik” deb ataladi. Keyingi, 2-bosqich davo- mida o‘lim darajasi keskin kamayib, yuqorida ta’riflangan demografik portlash hodisasi ro‘y beradi. Demografik o‘tishning 3-bosqichida o‘limning pasayish jarayoni o‘z poyoniga yetib, tug‘ilish darajasi ka- mayishni boshlaydi. Tug‘ilishning pasayib ketishi aholining yashash tarzi o‘zgarganligi (shaharlashuv,

sanoatlashuv, mehnat unumdorligi- ning yuksalishi, tibbiyotning rivojla- nishi, ayollarning jamiyatdagi o‘rni o‘zgarishi va hokazo) natijasida yuzaga keladi. Yakuniy, 4-bosqich- da esa tug‘ilish va o‘lim ko‘rsat- kichlari ancha past bo‘lib, tabiiy ko‘payish minimal darajada kuza-



tiladi va “zamonaviy barqarorlik” 7-rasm. Demografik o‘tish bosqichlari

deb ataluvchi demografik vaziyat vujudga keladi. Ba’zida demografik o‘tish jarayoni bu holat bilan chegaralanib qolmasdan, depopulyatsiya bosqichiga ham o‘tib ketadi.

Dunyoning turli mamlakatlari demografik o‘tishning har xil bosqi- chini boshdan kechirmoqda. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponi- ya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi rivojlangan mamlakatlar 4-bosqichda bo‘lib, tug‘ilish va aholi tabiiy ko‘payishining pastligi bilan ajralib turibdi. Osiyoda Janubiy va Shimoliy Koreya, Singapur, Tailand va hattoki aholi soni jihatidan dunyoda yetakchilik qilayotgan Xitoy ham demografik o‘tishning yakuniy bosqichiga kirdi. Lotin Amerikasi va Okeaniyaning ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarida ham o‘xshash demografik vaziyat kuzatilmoqda. Tug‘ilish va aholining tabiiy ko‘payi- shining eng past ko‘rsatkichlari esa Vengriya, Bolgariya, Serbiya, Ru- miniya, Latviya, Litva, Ukraina kabi Yevropaning o‘tish iqtisodiyotida- gi davlatlariga xos. Bu davlatlarda bir necha yildan buyon aholining tabiiy kamayishi sodir bo‘lmoqda.

Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligi demografik o‘tishning 3-bosqichini kechirmoqda, ularda tug‘ilish ko‘rsatkichlari asta-sekin pa- sayib bormoqda. Demografik o‘tish jarayonining eng past sur’atlari esa Afrika davlatlari uchun xos. Ayniqsa, G‘arbiy, Markaziy va Sharqiy Af- rika mamlakatlarida tug‘ilish va aholi tabiiy ko‘payishining yuqori da- rajalari saqlanib qolmoqda. Jumladan, 2016-yil yakunlari bo‘yicha, ja- honning aholi tabiiy ko‘payish sur’atlari bo‘yicha 10 ta yetakchi davlat ichida 9 tasi Afrika materigida joylashgan, birinchi beshlikdan esa faqat Afrika mamlakatlari (Malavi, Uganda, Burundi, Niger, Mali) joy olgan.

Demak, dunyoning eng rivojlangan davlatlari hamda o‘tish iqtisodi- yotidagi ko‘p davlatlar demografik o‘tishni yakunlab qo‘ygan bo‘lsalar, Afrikaning ijtimoiy-iqtisodiy jihatidan eng sust rivojlangan mamlakat- lari 2-bosqichdan 3-bosqichga o‘tish arafasida turibdi. Shuning uchun hozirgi sharoitda dunyo aholisi, asosan, rivojlanayotgan va eng qoloq mamlakatlar hisobiga ko‘payib bormoqda. Hozirgi davrda dunyo aho- lisi har yili o‘rtacha 70–80 mln kishiga ko‘paysa, bu ko‘payishning 97% Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan davlatlariga to‘g‘ri keladi (8-jadval). Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar- ning demografik vaziyatidagi tafovutlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, shaharlashuv, aholining turmush tarzi va an’anaviy qadriyatlar- ning saqlanganlik darajasi kabi omillar bilan bog‘liq.


8-jadval.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling