Geografiya 10 sinf 2017. indd


-§. INSONIYATNING GLOBAL MUAMMOLARI


Download 1.04 Mb.
bet67/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

22-§. INSONIYATNING GLOBAL MUAMMOLARI


Sanoat va fan-texnika inqilobi davrida insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tubdan o‘zgarib ketdi. Bu o‘zgarishlar natijasida bir qator dol- zarb ahamiyatli, ta’sir doirasi jahon hamjamiyatini qamrab olgan, bashari- yatning kelajakdagi ijtimoiy taraqqiyotini belgilab berayotgan muam- molar vujudga keldi. Bu muammolar insoniyatning global muammolari deb ataladi hamda ularning yechimini topish yo‘lida barcha davlatlarning kuch-qudrati, imkoniyat-harakatlari jamlanishi maqsadga muvofiq.

Global muammolarning vujudga kelishi va keskinlashuvi sabablari jahon aholisi sonining qisqa vaqt ichida bir necha barobar o‘sganligi, sanoat va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, tabiiy muhitdagi muvozanatning inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida buzilishi, jahon xo‘jaligida xalqaro iqtisodiy aloqalarning mus- tahkamlanishi tufayli yagona global tizim sifatida shakllanishi, fan-tex- nika inqilobi va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari- ning salbiy oqibatlari, davlatlar va siyosiy kuchlar o‘rtasida ziddiyatlar kuchayishi kabilardan iborat.

Asosiy global muammolar qatoriga, odatda, quyidagilar kiritiladi: tinchlikni saqlash va jahon xavfsizligini ta’minlash muammosi; ekologik muammo; rivojlanayotgan davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy qoloqligi va qashshoqlik muammosi; demografik muammo (rivojlanayotgan mam- lakatlar aholisining yuqori sur’atlar bilan o‘sishi va rivojlangan mam- lakatlardagi demografik inqiroz); oziq-ovqat muammosi, energetika muammosi, xomashyo resurslari muammosi, Dunyo okeanidan oqilona foydalanish muammosi; millatlararo va dinlararo munosabatlar muam- mosi; qon-yurak, onkologik kasalliklar va OITSga qarshi kurashish muammosi. Bundan tashqari, boshqa bir guruh muammolar ham ayrim adabiyotlarda global muammolar toifasiga kiritiladi, masalan, favqulod- da vaziyatlarga qarshi kurashish va oldini olish muammosi, koinotni o‘zlashtirish va fazoviy ekologiya muammosi yoki ma’naviy qadriyatlar inqirozi muammosi.

Insoniyatning global muammolari chambarchas ravishda o‘zaro bog‘liq, bir muammo boshqalarining keskinlashuviga olib kelmoqda. Shunday ekan, muayyan muammoni boshqa muammolarga e’tibor qa- ratmasdan yechish imkoniyati mavjud emas. Masalan, rivojlanayotgan mamlakatlardagi demografik va oziq-ovqat muammolari orasida ma’lum aloqadorlik mavjud, chunki aholining yuqori sur’atlar bilan ko‘payishi oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmovchiligi va ocharchilikni keskin- lashtiradi. Energetika va ekologik muammolar ham bevosita bir-biriga aloqador hisoblanadi, chunonchi yangi energiya manbalarini izlash va ishlab chiqarishga joriy etish atrof-muhit sifatiga ham ma’lum darajada ta’sir etadi.

Global muammolardan tinchlikni saqlash va qurolsizlanish muammo- si eng universal ahamiyatga ega, chunki bu muammo hal etilmasa, Yer yuzida hayot va sivilizatsiyaning kelajagi o‘ta achinarli ahvolga ke- lishi muqarrar. Insoniyat tarixida, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, jami 14 mingdan ortiq urushlar ro‘y bergan va, ming afsuski, harbiy mojaro va ziddiyatlar sayyoramizning turli hududlarida hanuzgacha yuz bermoq- da. Lekin, global darajada bu muammo jami 70 milliondan ziyod kishi qurbon bo‘lgan ikkita jahon urush bo‘lib o‘tgan XX asrda keskinlashdi. Urushdan keyingi davrda esa kapitalistik va sotsialistik davlatlar, ayniqsa, AQSH va Ittifoq o‘rtasidagi o‘tkir qarama-qarshiliklar sharoi-

tida “qurol poygasi” keskinlashib ketdi.

Hozirgi vaqtda AQSH, Rossiya Federatsiyasi, Buyuk Britaniya, Fran- siya, Xitoy, Hindiston va Pokiston jahon hamjamiyatining rasman tan olingan yadroviy qurolga ega davlatlari hisoblanadi. Shuningdek, ras-

miy yadroviy maqomga ega bo‘lmagan KXDR ham bu turdagi qurolga ega ekani barchaga ma’lum.

Dunyoning turli mintaqalarida urush va harbiy to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda. Harbiy harakatlar va fuqarolik urushlari tufayli ayrim dav- latlar gumanitar falokat vaziyatiga kelib qoldi. Bunga Suriya, Iroq, Li- viya, Somali, Afg‘oniston, Janubiy Sudan va boshqa davlatlarni misol tariqasida keltirilishi mumkin.

Shuningdek, sust rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy qoloqligi va qashshoqligi ham muhim muammolardan hisoblanadi. Ho- zirgi kunda dunyoda 1,2 milliardgacha kishi ocharchilikka duch kel- moqda, 1,7 milliarddan ortiq aholining o‘rtacha umr ko‘rishi 60 yosh- ga etmaydi, 1,5 milliard odamlarning tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati umuman yo‘q, 1 milliarddan ortiq odamlar o‘ta kambag‘al turmush kechirmoqda, 200 milliondan ortiq bola maktab ta’limini olol- mayapti, jahonda 800 milliondan ziyod kishi butunlay savodsiz, ya’ni yozish va o‘qishni bilmaydi. Eng og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat BMT tomonidan eng sust rivojlangan (eng qoloq) mamlakatlar guruhiga kiri- tilgan davlatlarda kuzatiladi. Bu ro‘yxat dastlab 1971-yilda tuzilib, unga 24 davlat kiritilgan edi. 2014 yil holatiga ko‘ra unda 48 ta davlat qayd qilingan (10-rasm).







  1. Download 1.04 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling