Geografiya 10 sinf 2017. indd


-§. DUNYONING GEOSIYOSIY TIZIMI VA UNING SHAKLLANISHI


Download 1.04 Mb.
bet64/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

20-§. DUNYONING GEOSIYOSIY TIZIMI VA UNING SHAKLLANISHI


“Geosiyosat” tushunchasi fanga birinchi marotaba shvetsiyalik olim Rudolf Chellen tomonidan kiritilgan bo‘lsa-da, fanga oid ilmiy manbalarda fanning “otasi” sifatida nemis olimi Fridrix Ratsel nomi qayd qilinadi. Fanning rivojlanishida geografiya, siyosatshunoslik, tarix, etnogeografiya, sotsiologiya kabi fanlarning ahamiyati katta. Fanning obyekti bo‘lib, dunyoning geosiyosiy tuzilishi va xalqaro dunyoviy targ‘ibot tushunilsa,

jamiyatda kechayotgan har xil darajadagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ularning yuzaga kelishi, harakatlanishi va o‘zgarib borishini o‘zida aks ettiruvchi voqealar rivojini tahlil qilish uning predmetini tashkil etadi.



Geosiyosat fani, asosan, uch xil ilmiy yondashuv ta’sirida rivojlangan. Sivilizatsion yondashuv tarafdorlari insoniyat tarixini davlatlar yoki yirik imperiyalar emas, balki turli madaniy-diniy jamoalar – sivilizatsiyalar rivojlantiradi degan fikrni bildiradilar. N. Y. Danilevskiy, K. N. Leontyev,

  1. N. Savitskiy, L. N. Gumilyov, A.Toynbi, S. Xantington kabilar ushbu oqim g‘oyalari rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. Garvard universi- teti professori S. Xantingtonning 1993-yil chop etilgan “Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi” deb nomlangan kitobida XXI asrning asosiy munozarali to‘qnashuvlar negizi bo‘lib iqtisod yoki mafkura emas, balki sivilizatsi- yalar chegaralari kesishgan hududlar hisoblanishini ta’kidlab o‘tadi.

Harbiy-strategik yondashuv tarafdorlari N. Makiavelli, K. fon Klau- zes, X. I. Moltke, A. Mexen, D. A. Milyutin kabilar dengizbo‘yi davlat- larining tarixi geografik o‘rni, qirg‘oq chegara chiziqlarining uzunligi va ko‘rinishi, istiqomat qiluvchi aholi soni hamda ularga xos bo‘lgan xususiyat kabi omillar ta’sirida shakllanadi degan fikrni bildirganlar. Mazkur oqim vakillarining g‘oyalari umumiy holda dengizbo‘yi davlat- larining kontinental (quruqlik ichkarisidagi) davlatlarga nisbatan jahon siyosiy sahnasida yetakchilikka erishish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan, harakatlar yo‘nalishini ko‘rsatib berishdan iborat bo‘lgan, deb hisoblash mumkin.

Geografik determinizm geosiyosatda mavjud bo‘lgan eng qadimiy yondashuv hisoblanadi. Ushbu g‘oya tarafdorlari tabiiy muhit (iqlim, tuproq, daryo, dengiz va b.) jahon tarixi hamda insonlar hayot tarziga ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblaydilar. Bu fikrlar qadimiy dunyo olimlaridan Gerodot, Gippokrat, Polibiy, Aristotel kabilar tomonidan shakllantirilgan, keyinchalik uning rivojlanishida J. Baden, Sh. Monteskye, A. fon Gumboldt kabilarning xizmatlari katta bo‘lgan. Ular tomonidan ko‘rsatib berilgan tabiiy muhit unsurlari orasida aynan iqlim insonlar atvorining shakllanishi va davlatlarda mavjud siyosat xususiyatlarni yuzaga kelishida sababchi bo‘lgan asosiy omil sifatida qaralgan.

Geosiyosatda mavjud barcha qarashlar makon (hudud) ustidan nazorat g‘oyasini rivojlantirishga qaratilgan. Mazkur fan aynan davlat yoki davlatlar ittifoqi tomonidan makon ustidan nazorat o‘rnatishning asosiy yo‘nalishlari va shakllarini tadqiq qilishi bilan ajralib turadi. Nazorat qilinayotgan

yoki nazorat qilinishi rejalashtirilayotgan hudud geosiyosiy maydon deb nomlanadi. Bundan tashqari kuchlar nisbati, siyosiy makon, chegara, geosiyosiy qiziqish kabi geosiyosiy tushunchalar ham mavjud.

Geosiyosat nuqtayi nazaridan insoniyat tarixi turli geosiyosiy davrlarning qat’iy ketma-ketligidan iborat. Dunyo geosiyosiy tizimining shakllanishida Vestfal, Vena, Versal, Potsdam va Belovej davrlarining ahamiyati katta. 1648-yil O‘ttiz yillik urushning tugashi munosabati bilan imzolangan Vestfal shartnomasi Yevropada Ispaniya, Portugaliya, Gollandiya keyinchalik Angliya, Shvetsiya va Fransiya kabi markazlashgan kuchli davlatlarning jahon siyosiy maydonida hukmronlik qilish uchun o‘zaro kurashga kirishishiga sababchi bo‘lgan. Bu bosqich XIX asrning boshlarigacha davom etgan.

1814-yil sentabr – 1815-yil iyun oylarida fransuz inqilobi yuz beri- shi va Napoleon armiyasi mag‘lubiyati bilan Yevropada yuzaga kelgan siyosiy holat Vena kongressida o‘rganib chiqilgan va bu jarayon yangi

– Vena geosiyosiy davrining boshlanishiga sababchi bo‘lgan. Rossiya, Avstro-Vengriya, Britaniya, Germaniya, Fransiya va Usmoniylar imperi- yasining siyosiy mavqelarining ortishi va ular o‘rtasida dunyoni bo‘lib olishga bo‘lgan siyosiy raqobatning kuchayishi; XIX asr oxirlarida AQSH va Germaniyaning iqtisodiy jihatdan tez sur’atlar bilan rivojlanishi; Ger- maniya, Avstro-Vengriya va Italiyaning siyosiy jihatdan birlashuvi nati- jasida Uchlar ittifoqining yuzaga kelishi; Fransiya, Angliya va Rossiya- ning esa Antanta ittifoqiga birlashuvi; ikki ittifoq o‘rtasida yuzaga kelgan Birinchi jahon urushining Uchlar ittifoqi mag‘lubiyati bilan tugashi bu davrning muhim geosiyosiy voqeliklari hisoblanadi.

1919-yil 28-iyun kuni Fransiyaning Versal shahrida Birinchi Jahon urushi tugashi munosabati bilan shartnoma imzolanishi bilan geosiyosatda Versal davri boshlandi. Shartnomaga ko‘ra, Fransiyaning kontinental, Angliyaning esa dengizdagi qudratli imperiyalarga aylanishi; Germaniya, Avstro-Vengriya, Rossiya va Turk imperiyalarining inqirozga uchrashi; 1917-yil oktabridan boshlab jahonda ilk sotsialistik tuzumga ega bo‘lgan respublikalar ittifoqining paydo bo‘lishi; jahon davlatlari orasida AQSH siyosiy va iqtisodiy mavqeining kuchayishi; 1939-yilda Ikkinchi jahon urushining boshlanishi ushbu davrga xos asosiy tarixiy voqeliklar hisoblanadi.

1945-yil Germaniyaning Potsdam shahrida Ikkinchi jahon urushi tugashi munosabati bilan Potsdam shartnomasining imzolanishi bilan to‘rtinchi

geosiyosiy davr boshlandi. Dunyoda biopolyar (ikki qutbli) holatning yuzaga kelishi: Sobiq Ittifoq va uning tarafdorlari kontinental, AQSH va uning tarafdorlari esa dengizdagi qudratli davlatlarga aylanishi; ikki qudratli blok o‘rtasidagi sovuq yadroviy urush xavfining yuzaga kelishi mazkur davrdagi asosiy siyosiy jarayon hisoblanadi.

1991-yil 8-dekabr kuni Belarusdagi Belovej Pushchasi qo‘riqxonasida SSSR davlati rasman tugatilishi munosabati bilan Belovej shartnomasining imzolanishi hozirgi davrda eng so‘nggi geosiyosiy bosqichning boshlanishiga turtki bo‘ldi. Uning o‘rnida 12 ta mustaqil davlatning yuzaga kelishi va ularning MDH tarkibida birlashuvi; jahonda sotsialistik tuzumning yemirilishi; Yevropaning bir qator davlatlarida (GFR, Yugoslaviya, Chexoslavakiya) yuz bergan siyosiy o‘zgarishlar; NATO harbiy bloki mavqeyining kuchayishi kabilar davrga xos asosiy siyosiy o‘zgarishlar hisoblanadi. Aytib o‘tilganidek, bu davr hali o‘z nihoyasiga yetgan emas. Bundan kelib chiqadiki, Belovej davriga xos bo‘lgan yana bir qator siyosiy o‘zgarishlar yuz berishi mumkin.


Geosiyosat, geosiyosiy yondashuvlar, sivilizatsion yondashuv, harbiy-strategik yondashuv, geografik determinizm, geosiyosiy kategoriyalar, makon ustidan nazorat, geosiyosiy maydon, geosiyosiy davrlar, Vestfal, Vena, Versal, Potsdam va Belovej davrlari.

    1. Geosiyosat fani qaysi jihatlari bilan boshqa geografik fanlardan ajralib turadi?

    2. Rudolf Chellenning “Geosiyosat – bu borliqdagi davlatlarni geografik organizm sifatida o‘rganuvchi fandir” deb bildirgan fikrini qanday izohlaysiz?

    3. Mavzudagi ma’lumotlardan foydalanib, Belovej davrida jahon mintaqalarida yuz bergan siyosiy o‘zgarishlarni quyidagi jadvalda ifodalang.







Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling