Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet63/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

8-rasm. Xalqaro aholi migratsiyasining asosiy yo‘nalishlari
Indoneziya, Vyetnam, Misr kabi Osiyo hamda Afrika mamlakatlaridan millionlab immigrantlar borib mehnat qilishmoqda.

Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrika qit’alarida qo‘shni davlatlar orasida nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy, ekologik, etnik omillarga bog‘liq hol- da soni jihatidan yirik, lekin hududiy ko‘lami nuqtayi nazaridan lokal (mahalliy) migratsion oqimlar ham ro‘y bermoqda. Masalan, Suriyadan Turkiyaga, Afg‘onistondan Eronga, Ugandadan Keniyaga millionlab kishilar ko‘chib bormoqdalar. Yirik migratsiya oqimlari MDH hududida ham mavjud bo‘lib, ko‘proq Rossiyaga yo‘nalgan.

Hozirgi zamondagi xalqaro aholi migratsiyalariga qator xususiyatlar va muammoli jihatlar xos. Eng ahamiyatlisi shundaki, migratsiya jara- yonlari bugungi kunga kelib chindan ham globallashdi, deyarli barcha mintaqa va mamlakatlarni o‘z doirasi bilan qamrab oldi. Tashqi mig- ratsiya ayrim hollarda, ayniqsa, rivojlangan va o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar uchun aholining umumiy ko‘payishida katta rol o‘ynaydigan bo‘ldi. Ammo xalqaro migratsiya oqimlari immigratsiya markaziga aylangan davlatlar aholisining tarkibi va harakatiga, jamiyatdagi etnik va konfessional (diniy) xilma-xillikka, millatlararo va dinlararo muno-

sabatlarga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazmoqda. Ba’zida mahalliy aholi va kelgindilar orasida to‘qnashuv, mojarolar ham sodir bo‘lib turibdi.

Shu bilan birga, oxirgi yillarda dunyoda aholining majburiy migratsi- yalari kuchayib bormoqda. Bu migratsion to‘lqinlarning o‘choqlari sifa- tida Suriya, Iroq, Falastin, Liviya, Afg‘oniston va boshqa harbiy-siyosiy vaziyati og‘ir va aholining keng qatlamlari uchun xavfli bo‘lgan davlat- lar alohida ajralib turibdi.

Zamonaviy migratsiyaning yana bir muhim jihati shundan iboratki, xalqaro migrantlarning sifat tarkibi (masalan, ta’lim darajasi nuqtayi nazaridan) o‘zgarib bormoqda, davlatlararo migratsiya oqimlarida yuqori malakali mutaxassislarning ishtiroki faollashmoqda. Bu vaziyat immig- ratsiya markazlari bo‘lmish rivojlangan davlatlar uchun ijobiy ahamiyat kasb etsa, emigratsiya o‘choqlari – rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyo- tidagi davlatlar uchun esa buning aksi, ya’ni salbiy holat hisoblanadi.



Aholi migratsiyalari, tashqi va ichki migratsiya, migratsiya sabablari, migratsion oqimlar, immigratsiya markazi, emigratsiya o‘chog‘i, majburiy migratsiya.


        1. Aholi migratsiyalari qanday mezonlar bo‘yicha qanday turlarga bo‘linadi?

        2. Dunyodagi eng yirik xalqaro migratsiya oqimlari qaysi davlatlarga yo‘nalgan?

        3. Qanday holatlarda davlat tashqi migratsiyaga nisbatan uni ma’lum yo‘nalishda o‘zgartirish yoki tartibga solish maqsadida maxsus siyosat olib borishi kerak, deb o‘ylaysiz? Bu borada o‘z fikrlaringizni bildiring.






Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling