Geografiya 6-sinf mavzulashtirilgan test. 36-42 mavzular. 30 ta test 1 Antarktikaning maydon qancha ?
Download 18.98 Kb.
|
Geografiya 6-sinf 36-42 mavzular
Telegram akaunt: @Musilman_936669181 Geografiya 6-sinf mavzulashtirilgan test . 36-42 mavzular . 30 ta test 1) Antarktikaning maydon qancha ? A) 54,5 mln km2 B) 51,5 mln km2 C) 52,5 mln km2 D) 53,5 mln km2 2) Antarktidada joylashgan Xalli ilmiy stansiyasi qaysi davlatga tegishli ? A) Argentina B) JAR C) Hindiston D) Buyuk Britaniya 3) Antarktidadagi eng baland harakatdagi vulqon qaysi va balandligi qanchaga yetadi ? A) Erebus – 3 794 m B) Chachani – 6 075 m C) Reynir – 4 392 m D) Sanford – 4 939 m 4) Antarktidada tog’larning muzliklardan chiqib turgan cho’qqilari fanda nima deb ataladi ? A) toroslar B) terayalar C) nunutaklar D) kriklar 5) Antarktida materigi markazida yog’in miqdori qancha ? A) 50-70 mm B) 30-40 mm C) 40-50 mm D) 30-50 mm 6) Qachon ko’k kitlarni ovlash ta’qiqlandi ? A) 1987-yilda B) 1967-yilda C) 1979-yilda D) 1959-yilda 7) Janubiy Amerika materigi g’arbdan sharqqa qancha masofaga cho’zilgan ? A) 5000 km B) 3500 km C) 3000 km D) 5700 km 8) Amerigo Vespuchchi nechanchi yillarda Janubiy Amerikaga sayohat uyushtirgan ? A) 1599-1604 yillarda B) 1499-1504 yillarda C) 1597-1602 yillarda D) 1497-1502 yillarda 9) And tog’ tizmalari qaysi tog’ burmalanishida shakllangan ? A) Alp tog’ burmalanishida B) Kaledon tog’ burmalanishida C) Gersin tog’ burmalanishida D) Kimmeriy tog’ burmalanishida 10) And tog’larida joylashgan dunyodagi eng baland harakatdagi vulqon Lyulyaylyako vulqonining balandligi qancha ? A) 7723 m B) 6873 m C) 7543 m D) 6723 m 11) Janubiy Amerikada nechta iqlim mintaqasi mavjud ? A) 6 ta B) 4 ta C) 7 ta D) 5 ta 12) Janubiy Amerikada qaysi mintaqaning Tinch okean sohillarida Atakama cho’li joylashgan ? A) ekvatorial B) subtropik C) tropik D) mo’tadil 13) Janubiy Amerikada ekvatorial o’rmonlar nima deb ataladi ? A) Gamada B) Selva C) Geveya D) Seliteb 14) Janubiy Amerikaning chalacho’llarida qanday tuproqlar keng tarqalgan ? A) Kam hosilli bo’z tuproqlar B) oddiy bo’z tuproqlar C) Taqir tuproqlar D) qora tuproqlar 15) Janubiy Amerikada nechta yirik tabiiy geografik o’lkalar ajratilgan ? A) 4 ta B) 2 ta C) 5 ta D) 3 ta 16) Braziliya yassi tog’ligining kata qismi qaysi iqlim mintaqalarida joylashgan ? A) Subekvatorial va tropik B) Tropik va Subtropik C) Mo’tadil va subekvatorial D) Subtropik va mo’tadil 17) Braziliya yassi tog’ligining qaysi qismida Braziliya araukariyasi , doimiy yashil va aralash subtropik o’rmonlar tabiat zonalari mavjud ? A) Shimoliy B) G’arbiy C) Janubiy D) Sharqiy 18) Muhofaza etiladigan hududlar Janubiy Amerika materigining necha foizini tashkil etadi ? A) 3 % B) 5 % C) 7 % D) 1 % 19) Amazoniyada yog’ingarchilik miqdori qancha ? A) 2000-3000 mm B) 1500-2000 mm C) 1500-3000 mm D) 2000-3500 mm 20) Janubiy Amerikaning janubiy qismini qaysi iqlim mintaqasi egallaydi ? A) Mo’tadil iqlim mintaqasi B) Subtropik iqlim mintaqasi C) Ekvatorial iqlim mintaqasi D) Tropik iqlim mintaqasi 21) Amazonka daryosining o’rta oqimida kengligi qancha ? A) 80 km B) 12 km C) 40 km D) 5 km 22) And tog’larining uzunligi qancha ? A) 7000 km B) 9000 km C) 6000 km D) 3000 km 23) Antarktidaning issiq , mo’tadil iqlimlar va qalin daraxtlar o’sgan davrlariga qaysi davrni misol qilib keltirish mumkun ? A) Kembriy B) Silur C) Devon D) Toshko’mir 24) Antarktidaning hozirgi muzliklari qachon hosil bo’lgan ? A) 25 mln yil avval B) 20 mln yil avval C) 32 mln yil avval D) 35 mln yil avval 25) Antarktidaga tutashib turgan nechta tashqi dengiz bor ? A) 14 ta B) 11 ta C) 17 ta D) 12 ta 26) And tog’lari qaysi qismida tog’lik va yassi tog’liklarni hosil qiladi ? A) Markaziy qismida B) Janubiy qismida C) Shimoliy qismida D) G’arbiy qismida 27) Janubiy Amerikada Tropik mintaqada yanvarning o’rtacha harorati qanchaga yetadi ? A) +21oC B) +23oC C) +25oC D) +27oC 28) Iguasu sharsharasining kengligi qancha ? A) 2500 m B) 2700 m C) 2100 m D) 2300 m 29) Gviana tog’ligining shimoliy qismida qanday tabiat zonasi tarkib topgan ? A) Doimiy yashil o’rmonlar B) Savannalar zonasi C) Chalacho’llar zonasi D) Dasht zonasi 30) Janubiy Amerika aholisining ko’pchiligi qaysi tilda so’zlashadi ? A) Portugal tilida B) Fransuz tilida C) Italyan tilida D) Ispan tilida Download 18.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling