“Geografiya darslarida elektron axborot ta’lim resurslari (eatr)dan foydalanish
Videodarsdan foydalanishning 10 ta afzalligi
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
bXaqgVflfqESVStW9W0Xb2nc3P8dNOQGHFGMFcI7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geografiya fanidan videodars yaratish uchun umumiy talablar
Videodarsdan foydalanishning 10 ta afzalligi: 1). O‘tilgan darsni qayta-
qayta ko‘rish mumkin; 2). Ko‘p o‘quvchilarni bitta monitorning oldiga to‘plab olishga ehtiyoj bo‘lmaydi; 3). Har bir darsni, o‘quvchining qabul qilish tezligiga moslashtirish mumkin bo‘ladi; 4). Uyga vazifalarni mustaqil shug‘ullanish uchun yo‘naltirish imkoniyati yuzaga keladi; 5). Oddiy qog‘oz tashuvchida ko‘rsatish imkoni chegaralangan mikro va makro jarayonlarni ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi; 6). Darsning ko‘rgazmalilik darajasi oshishi; 7). O‘qituvchi va o‘quvchini o‘quv yuklamasini yengillashtirish imkonini berishi; 8). Videodars yordamida loyiha uslub (metod)larini qo‘llash imkoniyatining mavjudligi; 9). O‘quvchilar qo‘lidagi gadjetlar yordamida BYOD texnologiyasini ishga tushirish imkonining paydo bo‘lishi; 10). BYOD ishga tushirilsa, o‘quvchilarda gadjetlardan foydalanish madaniyati oshirishga erishish mumkin. Geografiya fanidan videodars yaratish uchun umumiy talablar: 1). Ilmiylik - o‘quv materiallarni ilmiy jihatdan asoslanganligi, to‘g‘riligi, chuqurligi va eng oxirgi ilmiy yangiliklarga asoslanganligi; 2). O‘quvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlariga mosligi, o‘quvchiga tushunarli bo‘lgan ravon tilda o‘rtacha tezlikda bayon qilinganligi; 3). Ko‘rgazmalilik – videodars yoritiladigan o‘quv materialini o‘quvchilar tomonidan yaxshi qabul qilinishiga erishish; 4). O‘quvchilarni mustaqil ta’lim olishga yo‘naltiradigan va rag‘batantiladigan bo‘lishi; 5) Tizimli – ya’ni oldin o‘tilgan mavzuni eslatib, o‘tiladigan mavzuni chuqurlashtirish va keyngi mavzuga o‘tish uchun ko‘prik bo‘lishi kerak; 6). O‘tiladigan mavzuni mustahkam o‘zlashtirish imkonini berish; 7). Adaptiv – o‘quv materialidan foydalanadigan o‘quvchini qabul qilish tempiga moslashadigan bo‘lishi; 8). Interaktiv – imkoniyat doirasida o‘quvchini faollashtiradigan uslublardan foydalanish. 9). Mualliflik huquqlariga rioya qilish, ya’ni internet va boshqa manbalardan olingan videodarslardan foydalanishda muallifni qayd etish, imkoniyat doirasida tarjima qilish yoki foydalanish uchun ruxsat olish; 10). Videodarsni yoritishda etik qoidalarga rioya qilish. Videodars o‘quvchi tomonidan o‘quv materiallarining to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlashga xizmat qilsa, pedagogik maqsadga erishish mumkin. Darsning mazkur turi, faqat nazariy axborot berishga emas, balki yoritiladigan formula, jarayon, o‘rganiladigan ob’ektning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadlariga xizmat qilishi zarur. Videodars janri qiziqarli, lo‘nda 10 va hamma uchun qulay bo‘lish bilan birga mustahkamlangan va tabaqalashtirilgan bo‘lishi kerak. U ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, vatanparvarlik va millatlararo totuvlik talablariga javob berishi, aniq ilmiy dalillarga asoslangan materiallardan tarkib topishi zarur. Ta’limning kundalik hayot va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqligini ta’minlashga, olingan bilimlarning amaliyotda qo‘llay olish layoqatlari shakllantirilishiga, boshqa o‘quv fanlari bilan uzviy bog‘liqlikni ta’minlashga yo‘naltiriladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling