Geografiya fanidan


Download 0.74 Mb.
bet2/32
Sana17.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1207793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
7-sinf - Mashg`ulot oxirgisi

Viktor Fedorko, Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 233-maktabning oliy toifali geografiya fani o‘qituvchisi, geografiya fanlari bo‘yichafalsafa doktori (PhD);
Lola Boltayeva, Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 273-maktabning oliy toifali geografiya fani o‘qituvchisi, Xalq ta’limi a’lochisi.

SO’Z BOSHI
Barchamizga ma’lumki, mustaqil O’zbekiston Respublikamizning kelgusi taraqqiyoti turli fan sohalarida yetishib chiqayotgan kuchli bilimli, intellektual salohiyatli kadrlarga bog’liq. Shu maqsadda malakatimizda turli sohalar shu jumladan malakali kadrlarni har tomonlama yetuk, nazariy bilimi chuqur, amaliyot bilan chambarchas bog’liq masalalarni hal eta oladigan, tabiiy resurslarni avaylab,asrash yo’llarning aniq yo’nalishlarini belgilab bera oladigan kadrlarga bo’lgan ehtiyoj kundan –kunga ortib boraveradi.
Ayniqsa dunyo bo’yicha xususan O’rta Osiyo va O’zbekiston Raespublikasining tabiiy geografik o’rni, uning tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik darajalarini prognozlash, aholi ehtiyojlari va ularning tinimsiz oshib borishi albatta har tomonlama geografik bilimi kuchli, kreativ yondasha oladigan yoshlarni tarbiyalashni talab qiladi. Shu maqsadni amalga oshrishda darslik matnlarini o’quvchi shunchaki o’qib o’zlashtiribgina qolmay ,bakli amaliy mashg’ulotlar orqali mustahkamlab borsa , topshiriqlarni mustaqil bajarib, xulosalar qilsa, ular ongida ona tabiatga bo’gan fikrlari va munosabati o’zgartiradi.
Bunday ijobiy fikrlarni o’quvchi ongiga to’g’ri singdirishda ,ta’limning kommunikativ,ekologik madaniyatni shakllantirivchi kompetensiyalarni amalga oshirish avvalo, mustaqil xulosalar orqali vujudga keladi. Endilikda ta’lim tizimida olib borilayotgan turli islohotlar, hukumatimiz tomonidan xalqimizni nurli va istiqbolli yo'lga boshlaydigan uddaburon, zukko yoshlarni tarbiyalashga va yetuk mutaxassis-kadrlar tayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Ona Vatanimizga ana shunday zukko va bilimli kadrlarni yetkazib berishda geografiya fanining o‘ziga xos o'rni, beqiyos ahamiyati bor. «Geografiyadan fanidan amaliy mashg’ulotlar» deb nomlangan ushbu qo’llanma ham yuqoridagilarni maqsad qilgan. Jumladan oliy o’quv yurtlariga kirishda 15 tadan ortiq yo’nalishda geografiya fani asosiy fan sifatida belgilanishi ham ushbu fanning o’rnini yanada mustahkamladi.
Amaliy topshiriqlarning asosiy maqsadi - o'quvchilarda geografiya faniga oid bo’lgan ko'nikma va malakalar (geografik mashq va masalalar yechish, xarita bilan ishlash, raqamli ma’lumotlar bilan ishlash, tabiat hodisalarini kuzatish hamda tahlil qilish va hokazo) ni hosil qilishdan iborat. Olingan bilimlarni mustahkamlash amaliy topshiriqlarning asosini tashkil etadi. Amaliy topshiriqlarning asosiy maqsadi dars davomida egallangan bilimlarni amalda tadbiq etish va ularni yanada mustahkamlashdir. Amaliy topshiriqlar geografiya o'qituvchisidan ham, o'quvchilardan ham alohida tayyorgarlikni talab etadi. Amaliy topshiriqlarga o'quvchilarni dars jarayonida «oddiydan murakkabga» usulini qo’llagan holda oddiydan sekin - astalik bilan murakkab topshiriqlarga o‘rgatib borish zarur. O'qituvchi eng avvalo o'quvchilarni darslikdagi matn, rasm va amaliy topshiriqlar bilan ishlashga. geografik xaritalarni o‘qish qobiliyatini yaxshilashga, tabiat hodisalarini kuzatish va kuzatish natijalarini tahlil qilishga, keyinchalik esa alohida o‘quv va uslubiy qo’llanmalardagi topshiriqlarni bajarishga, geografik mashq va masalalarni yechishga o‘rgatib borishi lozim.
O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi kursi bo’yicha o‘quvchilar tomonidan individual tarzda ham, o'qituvchining ishtirokida ham bajarilishi mumkin. 0‘quvchilar amaliy topshiriqlarni usullarini egallaganlaridan keyin topshiriqlarni mustaqil bajarish imkoniyati vujudga keladi.

O’rta Osiyo va O'zbekiston tabiiy geografik o‘rnining o'ziga xos xususiyatlarini, mavzuli geografik va topografik xaritalarni, vaqt hisobi, taqvimlarni, aholining quruqlik suvlaridan foydalanishlarini, daryolarning to'yinish manbalarini, iqlim hosil qiluvchi omillarni, xarita bo'yicha sana o'zgarish chizig'ini, nuqtalar orasidagi vaqt farqini hisoblashni, ichimlik suvlarini muhofaza qilish yo'llarini, tabiiy resurslarning asosiy omillarini, asosiy geologik eralarni, davrlarni, havo massalarining asosiy turlarini, hududlar, tabiiy geografik o'lkalarning o’simlik va hayvonot dunyosi,tuproqlarini, O'zbekistonning tabiiy geografik o'lkalarini, Yerning geologik yoshini, seysmik faol hududlarni, O'rta (htyo va O'zbekistondagi tabiiy boylikiar va ulardan qanday foydalanishni, milliy bog'lar, qo'riqxonalar, parvarishxonalarni bilishi zarur. O’rta O’siyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi kursi o’rqali o’rganilan bilimlarini yanada mustahlamlab,ushbu qo’llanma orqali o’quvchilar o’lkaning geografik o’rni,chegaradosh hududlari, xaritalarning turlari,vaqt hisobi,soat mintaqalari kabi mavzularga oid topshiriqlarni bajarish orqali o’quvchilarning fikrlash doirasi yanada kengayadi.

Ushbu qo’llanmani tayyorlashda o’zlarining qimmatli maslahatlarini ayamagan ,qo’llanmaga ma’sul muharrirlik qilgan Innovatsion rivojlanish vazirligiIlmiy kotibi,geografiya fanlari nomzodi,dotsent J.P.Musayev ga, Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 233-maktabning oliy toifali geografiya fani o‘qituvchisi, geografiya fanlari bo‘yichafalsafa doktori Viktor Fedorkoga, Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 273-maktabning oliy toifali geografiya fani o‘qituvchisi, Xalq ta’limi a’lochisi Lola Boltayevaga mualliflar o’zlarining minnatdorchiligini bildiradilar. Shuningdek siz aziz kitobxonlarning
Qo’llanma haqidagi fikr-mulohazalaringizni mamnuyiat bilan qabul qiladilar.



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling