Geografiya fanidan yakuniy nazorat uchun testlar Jahon xo‘jaligi bu ?
Download 22 Kb.
|
Geografiya fani
Geografiya fanidan yakuniy nazorat uchun testlar 1.Jahon xo‘jaligi bu ? A) O'zaro savdo-sotiq, kreditlar berish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar barpo etish va boshqa shakldagi iqtisodiy aloqalar orqali bog‘langan jahon mamlakatlarining milliy iqtisodiyotlari majmui. B) Davlatlarning o‘zaro mustahkam bozor aloqalari, yagona iqtisodiy siyosat va qonunchiligiga asoslangan iqtisodiy birlashish jarayoni. C) Ayrim mamlakatlar xo‘jaligining ma’lum mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi va bu mahsulotlarni boshqa mamlakatlar bilan ayirboshlashi. 2.Konstitutsion monarxiya ............ A) Konfessiya — din, diniy yo‘nalish. B)Megalopolis yirik shaharlar va shahar aglomeratsiyalarining bir-biriga qo‘shilib ketishi. C) Davlat rahbari (monarx)ning siyosiy vakolatlari ma’lum darajada cheklangan monarxiya boshqaruv shaklining ko‘rinishi. 3. Migratsiya so'zining ta'rifini ayting! A) Kishilarning bir hududdan boshqa hududga doimiy yoki vaqtincha muddatga ko‘chishi. B) Muayyan davlatning asosiy hududidan ajralgan va boshqa davlatlar hududi bilan o‘ralgan qismi. C) Insonlarning tili, yashash hududi, madaniy an’ana va urf-odatlari, turmush tarzi bilan ajralib turadigan va eng asosiysi, o‘zligini anglash hissi mavjud bo‘lgan tarixan shakllangan ijtimoiy-madaniy guruhi 4.Monarxiya boshqaruvi tizimi qanday? A) Mutloq monarxiya boshqaruv shakliga asoslangan tizim. B) Oliy davlat hokimiyati to‘liq yoki qisman yakka shaxsga (monarxga) tegishli bo‘lgan hamda odatda avloddan avlodga o‘tadigan davlat boshqaruvi shakli. C) Konstitutsion monarxiya boshqaruv tizimiga asoslanadi 5.Monoshahar bu ..... A) muayyan bir yirik korxona yoki foydali qazilma koni negizida shakllangan, bitta ishlab chiqarish tarmog‘iga ixtisoslashgan shahar. B)Umumiy konstitutsiyaviy tuzum doirasida mustaqil ichki boshqaruvga ega bo‘lgan ma’muriy-hududiy birliklariga ega davlatlar. C) BMT ga a'zo bo'lmagan shahar. 6.Mutlaq monarxiya - A) umumiy konstitutsiyaviy tuzum doirasida mustaqil ichki boshqaruvga ega bo‘lgan ma’muriy-hududiy birliklariga ega davlatlar B)Davlat rahbari (monarx)ning siyosiy vakolatlari cheklanmagan monarxiya boshqaruv shaklining ko‘rinishi. C) Davlat rahbari ( monarx)ning siyosiy vakolatlari cheklangan. 7.Parlamentar respublika tushunchasi qanday? A) hukumat tarkibini parlament shakllantiradigan respublika davlat boshqaruvi shaklining ko‘rinishi. B) tarkibidagi ma’muriy-hududiy birliklari yagona hokimiyat organlariga bo‘ysunadigan davlat. C) barcha davlat hokimiyati organlari saylanadigan yoki umummilliy vakolatli muassasalar tomonidan shakllantiriladigan davlat boshqaruvi shakli. 8.Jahondagi eng ko‘pmillatli davlatni toping? A) Xitoy. B) Pokiston. C) Hindiston . 9.Rossiya davlati nechta mamlakat bilan chegaradosh va millioner shaharlari nechta? A) 12 va 16. B) 16 va 15. C) 15 va 11 10.Osiyo qit'asi nechta subregionga bo'linadi? A)3. B)6. C) 5 Yopiq testlar 11.Quyidagi mamlakatlarning poytaxtini yozing: Avstriya, Germaniya, Fransiya, Jazoir, Buyuk Britaniya, Latviya, Litva, Ozarbayjon, Qozog'iston. 12.Transmilliy kompaniya........ 13.Demografiya........... 14.Demografik portlash....... 15.Migratsiya............... Download 22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling