Geografiya fanining tarixi va hozirgi davrdagi rivojlanishi. Yer tabiati. Yer yuzi tabiati rivojlanishining fazoviy omillari. Yerning ichki tuzilishi va tektonik jarayonlar


Download 0.73 Mb.
bet7/33
Sana10.11.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1764839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
Bog'liq
geografiya dars rejasi

GEOGRAFIK QOBIQNING KENGLIK
ZONALLIGI VA SEKTORLIGI

Geogra$ k qobiqda zonallik qonuniyati Yerning sharsimonligi va unga bog‘liq holda quyosh radiatsiyasining Yer yuzida notekis taqsimlanishi, dengizbo‘yi hududlarida iliq va sovuq oqimlar, okeandan materik ichkarisiga kirgan sari namlik va haroratning o‘zgarib borishi oqibatida yuzaga keladi. Natijada Yer yuzida harorat, bug‘lanish, yog‘inlar, nurash jarayonlari, tuproqlar, o‘simliklar, hayvonlar va boshqalar zonalar hosil qilib tarqalgan. Geogra$ k zonallik faqatgina Yer (suv) yuzasida, ya’ni atmosfera, litosfera, gidrosfera tutashgan joyda yaqqol namoyon bo‘ladi, atmosferada yuqoriga ko‘tarilgan, litosfera va gidrosferada esa chuqurlikka tushgan sari zonallik yo‘qoladi. Geografi k zonallik ekvatordan qutblarga tomon hamda okeanlardan quruqliklar ichkarisiga tomon geotizimlarning almashishida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun kenglik zonalligi va sektorlik tushunchalari ajratiladi.Kenglik zonalligi – quyosh nurlari tushish burchagining o‘zgarishi hisobiga tabiat komponentlari va geotizimlarning ekvatordan qutblarga tomon qonuniy o‘zgarib borishi. Geografi k qobiqning eng yirik zonal birliklari iqlim (geogra$ k) mintaqalardir. Ularning ichida issiqlik va namlik nisbatiga bog‘liq holda tabiat (geogra$ k) zonalari ajratiladi. Tabiat zonalari – geogra$ k qobiqning iqlim mintaqalari doirasida, asosan, issiqlik bilan namlik miqdori va nisbatiga qarab muayyan tartibda qonuniy almashinib boradigan geotizimlar. Har bir tabiat zonasida o‘ziga xos tuproqlar, o‘simliklar va hayvonlar tarqalgan bo‘ladi. Shuningdek, Yerning tashqi kuchlari bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy jarayonlar – nurash, eroziya, defl yasiya, ekzaratsiya va h.k.lar ham tabiat zonalari bo‘yicha farq qiladi.Zonallik aholi joylashishi va xo‘jalik faoliyatiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Agar dunyoning tabiat zonalari xaritasi bilan dunyo aholisining zichligi xaritalarini taqqoslasangiz, tabiiy sharoiti qulay bo‘lgan aralash va keng bargli o‘rmonlar, musson o‘rmonlar va qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar (o‘rtadengiz) tabiat zonalarida aholi zich joy-lashganini ko‘rasiz. Dunyo sivilizatsiyasiga katta hissa qo‘shgan qadimgi Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Rim davlatlari ham aynan shu tabiat zonalarida joylashgan. Sektorlik – quruqlik ichkarisiga tomon okeanlardan uzoqlashgan sari iqlim xususiyatlarining o‘zgarishi hisobiga tabiat komponentlari va geotizimlarning o‘zgarib borishi. Sektorlik quruqliklarda iqlim mintaqalarining ichida iqlim tiplari ning ajratilishida aniq namoyon bo‘ladi. Masalan, mo‘tadil iqlim mintaqasida


quruqlikda dengiz, mo‘tadil kontinental, keskin kontinental va musson iqlim o‘lkalari shakllangan. Bu esa tuproq-o‘simlik qoplami va, umuman, tabiat zonalarida ham aks etgan. Iqlim o‘lkalariga bog‘liq holda aralash va keng bargli o‘rmonlar, o‘rmon-dasht va dashtlar, chalacho‘llar va cho‘llar, musson o‘rmonlari tabiat zonalari shakllangan. Iqlim o‘lkalarining xususiyatiga monand aralash va keng bargli o‘rmonlar hamda musson o‘rmonlari meridional yo‘nalishda, o‘rmon-dasht va dashtlar hamda chalacho‘llar va cho‘llar esa kenglik bo‘ylab cho‘zilgan. Azonallik qonuniyati zonallik qonuniyatidan farq qilib, Yerning ichki jarayonlari va mahalliy omillar tufayli tabiat komponentlari va geotizimlarning o‘zgarishi. Azonallikning omillari – Yer yuzini qopla gan tog‘ jinslaridagi va relyef tuzilishidagi tafovutlar, grunt suvlari sathi ning relyef va tog‘ jinslarining suv o‘tkazuvchanlik xususiyatiga qarab o‘zgarishi, insonning xo‘jalik faoliyati va h.k. Bu omillar kenglik zonallik qonuniyatiga bo‘ysinmaydi. Ayniqsa, geologik-geomorfologik omillar Yerning ichki kuchlari bilan bog‘liq bo‘lgani uchun boshqalariga nisbatan keng qamrovlidir. Geologik omillar ichida neotektonik (hozirgi zamon tektonik) harakatlar, ularning Yer yuzining turli joylarida har xil kuch va jadallikda ro‘y berayotgani eng muhim omillardir. Shuningdek, tog‘ jinslaring kimyoviy va $ zik xususiyatlari ham faol ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, tarkibida tuzlar keng tarqalgan tog‘ jinslari tarqalgan joylarda sho‘rxoklar, suvda tez eriydigan tog‘ jinslari tarqalgan joylarda esa
karstlar avj olib, tuproq-o‘simlik qoplamining va, oxir-oqibatda, landshaftlarning zonal xususiyatlarini o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Yer yuzasining nishabligi kichik bo‘lgan joylarda, odatda, grunt suvlarining sathi yuza joylashgan bo‘ladi. Bunday sharoitda atmosfera yog‘inlari va atrofdan kelgan oqar suvlar hisobiga ortiqcha namlik to‘planib, botqoqliklar vujudga keladi.



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling