Geografiya fanining tarixi va hozirgi davrdagi rivojlanishi. Yer tabiati. Yer yuzi tabiati rivojlanishining fazoviy omillari. Yerning ichki tuzilishi va tektonik jarayonlar
GEOTIZIMLAR VA ULARNING POG‘ONASIMONLIGI
Download 0.73 Mb.
|
geografiya dars rejasi
GEOTIZIMLAR VA ULARNING POG‘ONASIMONLIGI
Har bir fan rivojlanib, takomilla shib borgani sari uning tadqiqot obyekti, predmeti va vazifalari haqidagi tushunchalar ham aniqlashib, muayyanlashib boradi. O‘tgan asrning o‘rtalariga kelib, barcha fanlarda bo‘lgani kabi geogra$ ya faniga ham tizimlar haqidagi ta’limot kirib keldi. Natijada geogra$ k tadqiqotlarda tekshirish obyektini, o‘sha vaqtlarda bo‘lganidek, kompleks deb emas, tizim deb qarash yuzaga keldi. Shu munosabat bilan 1963-yilda akademik V. B. Socha-va tomonidan geotizim tushunchasi fanga kiritildi va ta’limoti yaratildi. Bu tushuncha geogra$ yaning obyektini aniqroq va mukammalroq ta’rifl ashi barcha tomonidan e’tirof etildi. Hozirgi paytda geogra$ k tadqiqotlarda tizimlar haqidagi ta’limotga amal qilinadi va o‘rganish obyekti tizim deb qaraladi.Akademik V. B. Sochava quyidagicha ta’rif beradi: Geotizim – boshqariluvchan tizimlarning alohida, o‘ziga xos sin$ ; Yer yuzasidagi komponentlari bir-biri bilan tizimli aloqada bo‘lgan hamda ma’lum yaxlitlik sifatida fazo qobig‘i va kishilik jamiyati bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan barcha o‘lchamdagi makon. Yaxlit bo‘lish bilan birga, kichik tizimlarga bo‘linadigan bu tizimlar sayyoraning yuzasini to‘liq qamrab oladi, shu bilan bir qatorda uning bir bo‘lagi sifatida uncha katta bo‘lmagan makonda mustaqil mavjud bo‘ladi va maxsus faoliyatni bajaradi.Mazkur ta’rifga ko‘ra, geotizimni o‘zaro bog‘liq komponentlar ning to‘g‘ri va teskari aloqalar orqali birlashgan hamda bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan tabiat va jamiyat kichik tizimlaridan iborat, moddiy-energetik bir butun yaxlit holdagi hududiy tizim deb qarasak bo‘la-di. Geotizim insonning haqiqiy yashash muhiti, xo‘jalik faoliyati bevosita yoki bilvosita ta’sir etadigan tabiiy, tabiiy-antropogen (o‘zgartirilgan tabiiy) yoki antropogenlashgan (inson tomonidan kuchli o‘zgartirilgan) hududiy tizim sifatida namoyon bo‘ladi. Geotizimlarning modda va energiya almashinuvi xususiyatiga ko‘ra ikki turi ajratiladi: a) modda va energiya almashinuvi chegarasidan tashqariga chiqmaydigan yopiq geotizimlar. Masalan, geograA k qobiq;b) modda va energiya almashinuvi chegarasidan tashqariga chiqadigan ochiq geotizimlar. Masalan, landshaftlar.Geotizimlarning ko‘lamiga, ya’ni katta-kichikligiga qarab V. B. Sochava sayyoraviy, regional, topologik darajalarini ajratadi. Mazkur sayyoraviy, regional va topologik (mahalliy) ko‘lamdagi geotizimlarning har biri o‘ziga xos hajmi, yoshi bilan tavsifl anib, o‘ziga xos modda va energiya almashinishi shakliga egadir. Ushbu uch ko‘lamdagi geotizimlar yoshi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Masalan, sayyoraviy va regional ko‘lamdagi geotizimlarning yoshi geologik davrlar o‘lchami bilan o‘lchansa, topologik ko‘lamdagi geotizimlarning yoshi esa bir necha o‘nlab, yuzlab ming yillar bilan o‘lchanishi mumkin. Sayyoraviy ko‘lamdagi geotizimlarga geografik qobiq kiradi. U eng katta va eng murakkab geotizim bo‘lishi bilan bir vaqtda juda ko‘p va turli taksonomik qiymatga ega bo‘lgan geotizimlarga tabaqalangandir. Regio nal darajadagi geotizimlar quyidagilar: materiklar, o‘lkalar, zonalar, provinsiyalar, okruglar, rayonlar. Bu yerda biz faqat quruqlikning geotizimlarga bo‘linishini ko‘rsatdik. Suvlik esa boshqacha bo‘linadi. Topologik (kichik) ko‘lamdagi geotizimlar – landshaft, joy, urochishe, fatsiya. Geotizimlar (fatsiyadan boshqalari) o‘z ichki tuzilishi jihatidan bir vaqt ning o‘zida ham bir butundir, ham xilma-xildir, ya’ni o‘zidan kichik bo‘lgan geotizimlardan tashkil topgan. Bu geotizimlar o‘zining katta-kichikligiga bog‘liq holda pog‘onasimon taksonomik qiymatga egadir. Masalan, geograA k qobiq o‘zidan kichikroq bo‘lgan geotizimlar – quruqlik va okeanlarga, quruqlik esa, o‘z navbatida, materiklarga, materiklar esa o‘zidan kichikroq bo‘lgan geotizimlar – tabiiy geograA k o‘lkalardan tashkil topgan va h.k. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling