Geografiya fanining tarixi va hozirgi davrdagi rivojlanishi. Yer tabiati. Yer yuzi tabiati rivojlanishining fazoviy omillari. Yerning ichki tuzilishi va tektonik jarayonlar


Download 0.73 Mb.
bet10/33
Sana10.11.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1764839
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
Bog'liq
geografiya dars rejasi

JAMIYAT VA TABIAT O‘RTASIDAGI
MUNOSABATLAR

Tabiiy muhit – tabiiy jism va moddalarning, nimanidir yoki kimnidir o‘rab turuvchi, uning hayotiy faoliyati kechadigan tabiiy sharoit yoki tabiiy sharoitlar mujassamligi. Geografi k adabiyotlarda mazkur tushuncha, ko‘pincha, geografi k qobiqning inson va uning xo‘jalik faoliyatini o‘rab turgan qismiga nisbatan ishlatiladi.Geografi k muhit – jamiyatni o‘rab turgan tabiiy sharoit; ijtimoiy ishlab chiqarishning muayyan tarixiy bosqichida tabiatning jamiyat bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan bir qismi. Geografi k muhit jamiyat taraqqiyotining doimiy va zaruriy sharoitlaridan biri, u mehnat taqsimotiga va xo‘jalik tarmoqlarining joylashishiga faol ta’sir etadi. O‘z navbatida, jamiyat ham geografi k muhitga ta’sir ko‘rsatadi. Jamiyat rivojlanib borgani sari geografi k muhit doirasi o‘zgarib, kengayib boradi.Texnogen muhit – aholini o‘rab turgan atrof-muhitning bir qismi bo‘lib, inson tomonidan yaratilgan obyektlar, jism va moddalar tushuniladi. Jamiyat rivojlanib borgan sari texnogen muhit takomillashib boradi.Atrof-muhit – aholini o‘rab turgan tabiiy va texnogen muhitni qamrab olgan yashash va mehnat qilish sharoiti.Jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi ta’sir va munosabatlar makon va zamonda o‘zgarib, xilma-xillashib boradi. Inson faoliyati maqsadga to‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘lsa, tabiatdan oqilona foydalanish shu joy, hudud, o‘lkaning yashnashiga olib kelgan. Aks ta’sir esa, noqulay sharoitning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Insoniyat tarixi davomida uning tabiat bilan bo‘lgan munosabati doim o‘zgarib, murakkablashib borgan.Jamiyatning tabiatga ta’sirining ortib borishi va tabiatga munosabatining o‘zgarib borishini besh bosqichga bo‘lish mumkin.1. Ibtidoiy jamoa davri – jamiyatning geotizimlar



Ekologik munosabatlar davri – jamiyatning sog‘lom va ekologik toza atrof-muhitni iqtisodiy o‘sish bilan teng darajada qadrlanishga asoslangan hayot tarzi. Bu davrning belgilari ayrim rivojlangan davlatlarda kuzatilib, insonni biologik va ijtimoiy organizm sifatida saqlab qolish hamda uning atrof tabiiy muhitini ekologik xavfsiz holda saqlash maqsadida muhofaza qilish asosiy vazifaga olib chiqilgan, resurslarning qayta tiklanishi jamiyat hisobidan amalga oshirilmoqda, ekologik qonunchilik yanada takomillashgan, tabiatga yetkazilgan zararni qoplashda har bir geotizimning geo ekologik vaziyati hisobga olinib, tabaqalashgan holda belgilanadi, «ekologik madaniyat inqilobi» yuzaga kelmoqda. Umumiy qilib aytganda, bu bosqich jamiyat va tabiat o‘zaro uyg‘un rivojlanishda bo‘ladigan davr hisoblanadi.



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling