Geografiya fanlari tizimi va uning tarkibi


«Antropogen landshaft» va «Tashqi migratsiya» atamalarining mazmunmohiyatini tushuntiring


Download 1.85 Mb.
bet14/33
Sana07.03.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1244902
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
Bog'liq
10-sinf geografiya fanidan imtihon javoblari-2021.

«Antropogen landshaft» va «Tashqi migratsiya» atamalarining mazmunmohiyatini tushuntiring.

Javob: Antropogen landshaftlar–inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida o‘zgargan geotizimlar.
Tashqi migratsiya – boshqa davlatga ko‘chish tushuniladi. Ba’zida tashqi migratsiyalar materik ichidagi va materiklararo migratsiyalarga bo‘linadi.

  1. Dunyoning siyosiy xaritasidan “Katta yettilik” guruhiga kiradigan davlatlarni ko‘rsating. Ulardan qaysi birining poytaxti ekvatorga eng yaqin joylashgan? Ushbu shaharning geografik koordinatalarini aniqlang.

Javob: “Katta yettilik” davlatlar guruhiga quyidagilar kiradi: AQSH, B.Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada, Germaniya va Yaponiya. Ushbu davlatlar ichida AQSH ekvatorga eng yaqin masofada joylashgan. Uning poytaxti Vashington shahri 38°55' shimoliy kenglik, 78°00' g’arbiy uzoqlikda joylashgan.

14-BILET


  1. AQSH, Rossiya va Xitoyning zamonaviy geosiyosiy rivojlanishi.

Javob: 1776-yil Angliyaning Amerikadagi 13 ta mustamlakasi o‘z siyosiy mustaqilligini e’lon qildi. Asosan, zamonaviy AQSH hududining shimoli-sharqiy va sharqiy qismlarini egallagan 13 ta shtat keyingi davrlarda o‘z hududlarini kengaytirish maqsadida bu yerdagi turli davlatlarga tegishli bo‘lgan bir qism yerlarni sotib olgan bo‘lsa (masalan: Fransiyadan Luizianani, Rossiyadan Alyaskani), janubiy va markaziy shtatlarning katta qismini esa urushlar natijasida Ispaniya, Meksika kabi davlatlardan tortib oldi. XIX asrning oxiridan boshlab, avval meridinal yo‘nalishda butun Amerika qit’asini, keyinchalik esa Yevropa, Osiyo, Afrika va Avstraliya hamda Okeaniya hududlari nazoratini sekin-astalik bilan qo‘lga kiritdi. Hozirgi davrda AQSH o‘zining asosiy raqiblari deb bilgan Rossiya, Xitoy, Germaniya, Eron, islom diniga e’tiqod qiluvchi Arab davlatlari atrof da o‘z geosiyosiy tayanch nuqtalarini shakllantirib, ularni qirg‘oqbo‘yi hududlariga chiqish imkoniyatini iloji boricha cheklashga harakat qilmoqda. Shu orqali bir qutbli dunyoni shakllantirib, butun dunyo mintaqalarini nazoratini qo‘lga olishga intiladi. SSSRning parchalanishi uning eng qudratli davlati hisoblangan Rossiya oldida bir tarafdan ichki ijtimoiyiqtisodiy masalalarni hal etish, ikkinchi tarafdan, qaytadan jahondagi siyosiy mavqeyini tiklashdek murakkab vazifani ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Rossiya o‘z muammolarini hal etish uchun zarur bo‘lgan vaqtni qo‘ldan boy bermaslik uchun, avvalo, MDH hududida tinchlikni saqlanib turishidan manfaatdordir. Shu bilan birga g‘arb ta’siriga tushib qolayotgan MDH davlatlarini o‘z ta’sir doirasida saqlab turishga ham harakat qilmoqda. Sobiq sho‘rolar tizimidan qolgan ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga ega bo‘lgan ichki, Rossiyaning ta’sir doirasini toraytirishga qaratilgan NATO hududining sharqqa qarab kengayib borishi, xalqaro terroristik va boshqa guruhlarning Rossiya geosiyosiy mavqeini pasaytirishga bo‘lgan harakatlari ko‘rinishidagi tashqi omillar uning jahondagi asosiy geosiyosiy markazlaridan biriga aylanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Jahonning qadimiy madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Xitoyda 1910- yil monarxiya tuzumining ag‘darilishi Sharqiy Osiyo mintaqasida katta o‘zgarishlarning yuz berishiga sababchi bo‘ldi. 1949-yil ichki siyosiy kelishmovchiliklarni SSSR yordamida hal qilgan kommunistik partiya bu yerda sotsialistik tuzumni o‘rnatishga erishdi. Bugungi Xitoy geosiyosati davlatning izchil iqtisodiy rivojlanishi, sotsialistik rejali iqtisodiyotdan erkin bozor munosabatlariga o‘tishiga qaratilgan. Xitoyning 1976–1989-yillardagi rahbari Den Syaopin tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya asosida Xitoyda iqtisodiyot va jamiyatni erkinlashtirish borasidagi islohotlar bosqichmabosqich amalga oshirilmoqda. Qisqa fursatda iqtisodiyotda ijobiy natijalarga erishildi. Buni Xitoyning umumiy YMM ko‘rsatkichiga ko‘ra jahonda birinchi o‘rinni egallashida ham ko‘rish mumkin. 2016-yil ma’lumotlariga ko‘ra, jahon umumiy YMMning 17,8 % ga yaqini aynan ushbu davlat hissasiga to‘g‘ri keladi. Tabiiyki, iqtisodiy qudratini oshirib borayotgan Xitoy jahonda o‘zining geosiyosiy ta’sir doirasini ham kengaytirishga intilmoqda. U birinchi navbatda, yaqin qo‘shnilari, katta tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy resurs imkoniyatiga ega davlatlar bilan aloqalarini mustahkamlab bormoqda


  1. Download 1.85 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling