«Litosfera» va «Perigeliy» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring. Javob: Litosfera – Yerning qattiq tosh qobig‘i bo‘lib, Yer po‘sti va yuqori mantiyaning bir qismini o‘z ichiga oladi hamda astenosfera qatlamigacha davom etib, qalinligi 150–200 km ni tashkil etadi.
Perigeliy – yer orbitasining Quyoshga eng yaqin nuqtasi.
O‘zbekiston siyosiy-ma’muriy xaritasidan Qizilqum cho‘lida joylashgan
Navoiy viloyatidagi ikkita shaharni ko‘rsating. Ulardan qaysi biri ekvatordan uzoqroqda joylashgan? Bu shaharning geografik koordinatalarini aniqlang.
Javob: Qizilqum cho‘lida joylashgan Navoiy viloyatidagi ikkita shahar: Uchquduq, Zarafshon. Ular ichida ekvatordan uzoqda joylashgani Uchquduq shahri bo’lib, uning koordinatalari: 42°15' shimoliy kenglik, 63°30' sharqiy uzoqlik
13-BILET
Zamonaviy geoxronologik shkala va uning bosqichlari.
Javob: Geoxronologik shkala – geoxronologik bo‘limlarning iye rarxiya (quyi bo‘limlarning yuqori bo‘limlarga bosqichma-bosqich bo‘ysinish) tizimi. Shkalada eng yirik birlik supereon bo‘lib, ular 2 ta: tokembriy va fanerozoy. Tokembriy supereoni xades, arxey (yoki arxeozoy) va proterozoy eonlariga bo‘lingan, fanerozoy supereoni esa shu nomdagi bitta eondan iborat. Eonlar, o‘z navbatida, bir nechta eralarni birlashtiradi. Masalan, fanerozoy eoni paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralariga ajratilgan. Eralar davrlarga, davrlar zamonlarga, zamonlar esa asrlarga bo‘lingan. Shkalaning yuqori qismi, ya’ni fanerozoy paleontologik metod asosida puxta tuzilgan, pastki qismi bo‘lgan tokembriy toshqotgan qoldiqlarning yaxshi saqlanmaganligi sababli paleontologik metod cheklangan bo‘lib, natijada bo‘limlarga unchalik mukammal ajratilmagan. Stratigrafik va unga moslashgan geoxronologiya shkalasi 1881-yilda Italiyaning Bolonya shahrida ikkinchi xalqaro geologlar kongressida tasdiqlangan va o‘sha vaqtdan boshlab jahonda umumiy hisoblanadi.
O‘tgan vaqt mobaynida paleontologik metodning takomillashishi natijasida olingan yangi ma’lumotlar asosida geoxronologiya shkalasiga aniqliklar kiritilib, o‘zgartirib borilmoqda. Shuning uchun turli yillarda nashr etilgan adabiyotlarda geoxronologiya jadvalida keltirilgan ma’lumotlar mos kelmaslik hollari uchraydi. Quyida keltirilgan Xalqaro geoxronologik jadvalda berilgan ma’lumotlar Xalqaro stratigrafiya komissiyasining 2016-yil ma’lumotlari asosida tuzildi
Do'stlaringiz bilan baham: |