Geografiya fanlari tizimi va uning tarkibi
«Geoid» va «Qor chizig‘i» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring
Download 1.85 Mb.
|
10-sinf geografiya fanidan imtihon javoblari-2021.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Yerning shakli va uning geografik oqibatlari. Javob
«Geoid» va «Qor chizig‘i» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
Javob: Geoid (yunocha ge – Yer, idos – ko‘rinish, qiyofa, ya’ni “Yer ko‘rinishida”, “Yerga o‘xshash” ma’nolarini bildiradi) – Dunyo okeani suv sathining tinch va muvozanat holatida turganidagi sathiy yuza va ushbu yuzani quruqliklarning tagidan farazan davom ettirganda hosil bo‘lgan qabariq yuza. Bu yuza hamma joyda og‘irlik kuchi yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘ladi. Qor chizig‘i – tog‘lardagi shunday chegaraki, undan balandda qor yil bo‘yi erimay turadi. O‘zbekiston siyosiy-ma’muriy xaritasidan birdaniga uchta davlatga chegaradosh bo‘lgan viloyatlarni ko‘rsating. Ularning qaysi biri ekvatorga yaqinroq joylashgan? Ushbu viloyat markazining geografik koordinatalarini aniqlang. Javob: Toshkent, Surxondaryo viloyatlari uchta davlat bilan chegaradosh. Ular ichida Surxondaryo viloyati ekvatorga yaqin joylashgan bo’lib, markazi Termiz shahrining geografik koordinatalari: 36°45' shimoliy kenglik, 67°30' sharqiy uzoqlik 3-BILET1. Yerning shakli va uning geografik oqibatlari. Javob: Yer hech bir geometrik shaklga yoki jismga o‘xshamaydi. Yer yuzasida geodezik-kartografik ishlarda geoidni o‘lchash va hisoblash qiyin bo‘lganiuchun, o‘lchash, hisoblash va tasvirlash oson bo‘lgan shar yoki ellips shaklida deb qabul qilinadi Yerning shakli va o‘lchamlarining Geografik ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: Yerning sharsimon shakli quyosh nurlari tushish burchagining ekvatordan qutblarga tomon qonuniyatli o‘zgarib borishiga sabab bo‘ladi. Bu esa Geografik zonallik qonuniyatini yuzaga keltirgan; Yerning sharsimon shakli moddalarni bir joyga to‘playdi va quyuqlashtiradi. Natijada moddalar siqiladi va zichlashadi, ichki qismida turli zichlikka ega qobiqlar hosil bo‘ladi. Yerning qobiqli tuzilishi uning asosiy xususiyatidir; Yer yuzasi, jumladan, geografik qobiqning dumaloq (sharsimon) shakldaligi makonning bir butun va cheksizligini ta’minlaydi; Yerning haqiqiy shakli – geoidning shardan og‘ishi Yer ichidagi moddalarining muvozanatga intilishi tufayli yer po‘stida ko‘tarilishlar va cho‘kishlar, yer yoriqlari yuzaga kelishiga, oqibatda relyefning o‘zga rishiga sabab bo‘ladi. Relyef va tektonik harakatlar geografik qobiqda azonallik qonuniyatini yuzaga keltiruvchi omillardir. Zonallik va azonallik qo nuniyatlarining bir joyda va bir paytda namoyon bo‘lishi Yer yuzi tabiatining turli-tuman bo‘lishini keltirib chiqargan; Yer zichligi va massasining kattaligi uning tortish kuchi katta bo‘lishini, bu esa o‘z atrofida havo va suvni ushlab turishini ta’minlagan. Yer yuzasidagi atmosfera bosimining mavjudligi suvning suyuq holda bo‘lishiga imkon beradi, aks holda suv bug‘lanib ketgan bo‘lar edi. Yerda ma’lum bir doimiy issiqlik sharoitini ushlab turishda atmosfera va gidrosferaning ahamiyati katta. Atmosfera Quyoshdan kelayotgan zararli elektromagnit nurlarni ushlab qoladi. Dunyo okeani esa juda katta issiqlik manbayidir. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling