Geografiya maydonchasi- ochiq joyda amaliy ishlar olib borishga mo’ljallab jihozlangan joy. “Tabiat laboratoriyasi”


Download 16.1 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi16.1 Kb.
#1565491
Bog'liq
Geografiya maydonchasi


Geografiya maydonchasi
Glossariy.
Geografiya maydonchasi- ochiq joyda amaliy ishlar olib borishga mo’ljallab jihozlangan joy.
Tabiat laboratoriyasi”-Geografiya maydonchasini “tabiat laboratoriyasi” deyish mumkin, chuki “tabiat laboratoriyasi”da o’tkazilgan mashg’ulotlar o’quvchilar bilimini puxta bo'lishini ta’minlaydi, turli asboblar bilan ishlash ko'nikmalarni hosil bo4lishiga yordam beradi. o‘quvchilar geografiya maydonchasida tabiat hodisalarini kuzatishga, ijtimoiy-foydali mehnat qilishga o‘rganadilar.
Bir soatga mo‘ljallangan ekskursiya - geografiya maydonchasida yoki o‘quv tajriba yer maydonchasida o‘tkaziladi.
Meteorologik budka - ayrim meteorologik asboblami joylashtirish uchun xizmat qiladi. Bu maydonchaning janubiy-sharqiy qismida eshigi shimolga qaratilgan holda yer yuzasidan 2 m balandlikka ega boigan joyga o‘matiladi.
Eklimetr -quyoshning va qutb yulduzining burchak balandligi, daraxtlar, imoratlar, balandliklami aniqlashda foydalaniladigan asbob.
Gnomon- Quyoshning ufq ustidan balandligini aniqlaydigan asbob. Gnomon yordamida, shuningdek ufq tomonlarining yo‘nalishlarini ham aniqlash mumkin.
Psixrometrik termometrlar- havo haroratini va namligini oMchash uchun qoilaniladigan ikkita vertikal o4matilgan simobli termometrlardan 332 iborat. Uzunligi 39-43 sm, simob solingan idishchaning diametri 9-12 mm bo4ladi. Shkalasi 0°dan yuqorida 50°gacha, 0° dan pasti esa -35°gacha har 0,2° aniqlikda ko‘rsatadigan bo‘linmadan iborat.
Maksimal termometr - simobli bo‘lib, havoning eng yuqori haroratini o'lchash uchun ishlatiladi. Uzunligi 350 mm, shkalasining har bir boiimi 0,5° ga teng bo4ib, havo haroratining 71° С dan 31° С gacha o‘zgarishini ko'rsatadi. Undan hisob olib bo‘lingandan so‘ng termometmi qo‘lga olib, 2-3 marta silkitib, yana gorizantal holatda o‘z joyiga qo4yiladi.
Minimal termometr - biror vaqt ichida eng past haroratni oichash uchun qo‘llaniladi. Bu termometr spirtli bo4lib, kapilyar naycha ichida qora rangli shtiv (shisha cho‘p) boiadi. Hisob olinganda qo‘l bilan tegilmaydi va hisob shtivning yuqori uchiga to4g‘ri kelgan shkala qismidan olinadi. Termometrning uzunligi 300 mm, shkalasi 21° С dan -71° С gacha boMadi. Hisob olib bo‘lingandan so'ng termometmi qo'lga olib shtivni pastga tushirib yuboriladi va termometmi gorizontal xolatda o’z joyiga qo‘yiladi.
Vild flyugeri- shamolning yo4nalishi va tezligini aniqlashda foydalaniladigan asbob. U maydonchaning janubiy-g’arbiy sektorining o’rtasida, gorizont tomonlari yaxshi ko’rinadigan va shamol to‘silmaydigan ochiq joyda 8-10 m balandlikda o’matiladi. Uning ustunidan balandlik o’lchagich sifatida foydalaniladi. Flyugerni o’rnatishda uning ufq tomonlari ko’rsatkichini ufq tomonlariga moslashtirish kerak.
Termograf- havo haroratini uzluksiz ravishda (sutka yoki hafita davomida) lentaga yozib borish uchun qo'llaniladigan asbob.
Sochli gigrometr- havoning nisbiy namligini oichash uchun ishlatiladi. Unda tabiiy soch tolasidan foydalaniladi. Soch tolasi har xil yog’ va kirlardan tozalangandan so’ng, u havodagi namning o‘zgarishi natijasida, ya’ni nam ko’paysa uzayadi, nam kamaysa qisqaradi. Asbobni psixrometrik budkaga dastlab o‘matishda strelkasi psixrometr yordamida aniqlangan, nisbiy namlik miqdori bo’yicha shkalada to’g’rilab qo’yiladi. Keyingi vaqtlarda asbobning ko’rsatishi bilan taqqoslanib boriladi. Bizning sharoitimizda gigrometrdan asosan qish oylarida foydalanish maqsadga muvofiq.
Gigrograf- havodagi nisbiy namlikni sutka yoki hafta davomida uzluksiz yozib borish uchun ishlatiladigan asbob.
Qor o’lchagich (snegomer) qor qoplamining zichligi va undagi suv zahirasini aniqlash uchun xizmat qiladi.
Barograf- atmosfera bosimini o‘zgarishini sutka yoki hafta davomida uzluksiz yozib borish uchun ishlatiladigan asbob
Download 16.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling