Geografiya onlayn test 1–variant


Download 145.61 Kb.
bet2/6
Sana04.11.2020
Hajmi145.61 Kb.
#140759
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Online test


5 – variant

1. Qaysi viloyat g’alla va paxta ekin maydonlari bo’yicha respublikamizda birinchi o’rinni egallaydi?

A) Navoiy B) Qashqadaryo C) Jizzax D) Buxoro

2. Qozog’istonning qaysi shahrida Qarag’anda metallurgiya kombinati joylashgan?

A) Temirtau B) Pavlodar C) Semipalatinsk D) Aktyubinsk

3. Qaysi davlatda aholisining ko‘pchiligi induizmga e‘tiqod qiladi?

A) Bangladesh B) Kambodja C) Nepal D) Malayziya

4. Antarktida materigi qaysi yirik materikdan ajralib chiqqan?

A) Paleoting B) Lavraziya C) Gondvana D) Pangeya

5. Quyidagi qaysi davlatlarda shamol energiyasidan ham foydalanish yo‘lga qo‘yilgan?

1) AQSh; 2) Rossiya; 3) Daniya; 4) Shvetsiya; 5) Finlandiya; 6) Germaniya; 7) Ispaniya; 8) Norvegiya; 9) Gretsiya; 10) Kanada; 11) Niderlandiya.

A) 1, 2, 4, 5, 7, 10, 11 B) 1, 3, 5, 6, 7, 8, 10, 11 C) 2, 4, 6, 7, 8, 9, 11 D) 1, 3, 4, 6, 7, 9, 10

6. O’rta Osiyoning to‘g– yaylovlar mintaqasi tabiiy va ekologik sharoitiga ko‘ra necha qismdan iborat?

A) 5 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 4 ta

7. Afg‘oniston Islom Respublikasi ma‘muriy jihatdan necha viloyatga bo‘linadi?

A) 25 B) 29 C) 33 D) 17

8. Okean suvlari shimoliy yarimsharda Yer yuzasining necha foizini qoplagan?

A) 61 B) 43,7 C) 51,3 D) 71

9. Kutai qo‘riqxonasi qaysi davlat hududida tashkil etilgan?

A) Tayland B) Myanma C) Vyetnam D) Indoneziya

10. 1:200000 masshtabli xaritada A nuqta bilan В nuqta orasidagi masofa 3,5 sm bo‘lsa, haqiqiy masofa necha kilometrga teng?

A) 3,5 B) 7 C) 70 D) 35

11. Muddatiga ko‘ra 1 yildan 5 yilgacha bo‘lgan bashorat qanday ataladi?

A) operativ B) uzoq muddatli C) o‘rta muddatli D) qisqa muddatli

12. Nanlin va Uishan tog‘larining balandligi necha metrgacha ko‘tarilgan?

A) 1500 B) 2000 C) 3000 D) 2500

13. Maxanadi daryosi qaysi tabiiy geografik o‘lkada joylashgan?

A) Sharqiy Osiyo B) Janubi–g‘arbiy Osiyo C) Markaziy Osiyo D) Janubiy Osiyo

14. Bir xil tog’ jinslariga, relyefga, tuproqqa, namlikka, mikroiqlimga, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ega bo‘lgan eng kichik tabiiy hududiy kompleksga nima deyiladi?

A) Landshaft B) Fatsiya C) Komponent D) Urochisha (maydon)

15. Amudaryoning O’zbekiston hududidagi uzunligi necha kilometr?

A) 877 B) 2040 C) 2212 D) 1415

16. Qaysi davlat Malakka mamlakatlari tarkibiga kiradi?

A) Malayziya B) Filippin C) Sharqiy Timor D) Indoneziya

17. Po‘lat ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda qaysi davlat birinchi o‘rinda turadi?

A) Yaponiya B) Braziliya C) Hindiston D) Xitoy

18. Asaka shahridagi avtozavodga Andijon shahridagi “Uz–SeMyungKO” qo‘shma korxonasi qanday mahsulot yetkazib beradi?

A) akkumulyatorlar B) avtomobil o'rindiqlari C) yoqilg‘i baklari D) yumshoq qoplamalar

19. O’zbekistonda qancha xorijiy korxona faoliyat ko‘rsatmoqda?

A) 3700 dan ortiq B) 4200 dan ortiq C) 3000 D) 5000

20. Quyidagi qaysi obyektning uzunligi 60 ming km?

A) O’rta okean tizmasining B) Fedchenko muzligining

C) Lomonosov tizmasining D) And tog‘larining

21. Jizzax viloyatida qanday marmar konlari bor?

A) Qo‘ytosh, Marjonbuloq, Paxtakor B) Oqtosh, Qoratosh, Uzun

C) Zarbdor, Uchtepa, Zafarobod D) Zomin, G‘oliblar, Sangzor

22. Agar sana o‘zgarishi chizig‘i ikki orol oralig‘idan o‘tgan bo‘lsa, g‘arbdagi orolda 2–sentyabr kuni sharqdagi orolda qaysi sana bo‘ladi?

A) 1–sentyabr B) 3–sentyabr C) 31–avgust D) 2–sentyabr

23. Farg‘ona viloyatining g‘arbiy qismida qaysi shahar joylashgan?

A) Quvasoy B) Marg‘ilon C) Quva D) Qo‘qon

24. Avstraliyaning to‘qimachilik korxonalari joylashgan shaharlarini aniqlang.

A) Adelaida, Albani B) Nyukasl, Brisben C) Xobart, Gladston D) Kanberra, Risdon

25. Tyan Shan va Pomir tog‘laridagi muzliklar necha metrdan balandda hosil bo‘lgan?

A) 5100 B) 4500 C) 3500 D) 2700

26. Islom dinining sunniylik yo‘nalishi asosiy o‘rinni egallaydigan davlatlarni belgilang.

A) Eron, Ozarbayjon, Pokiston B) Filippin, Iroq, Tojikiston

C) Malayziya, Bangladesh, Afg‘oniston D) Turkiya, Iroq, Yaman

27. Qoraqalpoq va Yozyovon cho‘llari joylashgan hududni aniqlang.

A) Farg‘ona botig‘ining markazida B) Farg‘ona botig‘ining g‘arbida

C) Farg‘ona botig‘ining shimolida D) Farg‘ona botig‘ining janubida

28. Qizilqum hududidagi past tog‘lar oralig‘ida joylashgan botiqlar qatorini aniqlang.

A) Asaka–Ovdan, Sariqamish, Qoraxotin B) Sariqamish, Oyoqog‘itma, Asaka–Ovdan

C) Borsakelmas, Mingbuloq, Asaka–Ovdan D) Qoraxotin, Oyoqog‘itma, Mingbuloq

29. Afrika materigining eng janubida joylashgan tog‘ nomini belgilang.

A) Tubkal В) Кар С) Efiopiya D) Drakon

30. Gonkong 1997–yilga qadar qaysi davlat mustamlakasida bo‘lgan?

A) Xitoy B) AQSh C) Buyuk Britaniya D) Portugaliya

31. Tojikistonda qanday rangli metallar qazib olinadi?

A) volfram, platina, magniy, nikel B) oltin, titan, kumush, mis

C) mis, nikel, qalayi, volfram D) rux, vismut, molibden, qo‘rg‘oshin

32. Qashqadaryo o‘lkasining shimoliy chegarasi qaysi tog‘lardan o‘tadi?

A) Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin B) Ziyovuddin, Zirabuloq, Chaqchar

C) Turkiston, Zarafshon, Hisor D) Chaqilkalon, Qoratepa, Zarafshon

33. Misr davlati sug‘orma dehqonchilik asosida qanday ekinlarni yetishtirishga ixtisoslashtirilgan?

1) choy; 2) makkajo‘xori; 3) ingichga tolali paxta; 4) sitrus mevalar; 5) shakarqamish.

A) 3, 5 В) 1, 4 C) 2, 5 D) 1, 2

34. Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkilotiga a‘zo davlatlarni belgilang.

A) JAR, Braziliya B) Norvegiya, Meksika C) Ekvador, Gabon D) AQSh, Buyuk Britaniya

35. Tinch okeani qirg‘oqlari va unga tutashgan orollarda qanchadan ortiq harakatdagi vulqonlar mavjud?

A) 800 B) 700 C) 530 D) 320

36. Nechanchi yilda London Geografiya jamiyati Shimoliy muz okeanini mustaqil okean tariqasida ajratishga qaror qildi?

A) 1845 B) 1650 C) 1928 D) 1936

………………………………………………………………………………………….

6 – variant

1. Avstraliyaning quruq tropik mintaqasida yog‘in necha millimetrni tashkil etadi?

A) 100 – 500 B) 1000 – 1200 C) 500 – 900 D) 600 – 1000

2. Havoda uglerod oksidi miqdorining ortib ketishi organizmda nimaning yetishmovchiligiga sabab boladi?

A) oqsil B) yod C) vitaminlar D) kislorod

3. Qadimgi Qovunchi qishlog‘i o‘rnida qaysi shahar shakllangan?

A) G‘azalkent B) Yangiyo‘l C) Ohangaron D) Chinoz

4. Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkilotiga a‘zo davlatlarni belgilang.

A) Ekvador, Gabon B) Norvegiya, Meksika C) JAR, Braziliya D) AQSh, Buyuk Britaniya

5. Dunyo turizmida qaysi dengiz sohillari birinchi o‘rinni egallaydi?

A) Sargasso dengizi B) Karib dengizi C) O’rta dengiz D) Shimoliy dengiz

6. YIH tarkibiga 1973–yilda qaysi davlatlar qabul qilingan?

A) Ispaniya, Portugaliya, Avstriya B) Germaniya, Fransiya, Italiya

C) Irlandiya, Daniya, Buyuk Britaniya D) Belgiya, Norvegiya, Lyuksemburg

7. Isfaxon, Sheroz shaharlari qaysi davlatga tegishli?

A) Turkmaniston B) Afg‘oniston C) Eron D) Pokiston

8. Markaziy Tyan Shan tog‘laridan qaysi daryo boshlanadi?

A) Chirchiq B) Norin C) Oqsuv D) Qoradaryo

9. Markaziy Afrikaning qaysi davlati marganes rudasini eksport qiladi?

A) Uganda B) Ruanda C) Kongo Demokratik Respublikasi D) Kongo Respublikasi

10. Afg‘onistonning qaysi provinsiyasida turkmanlar istiqomat qiladilar?

A) Badxiz provinsiyasida B) Bomiyon provinsiyasida C) Qandahor provinsiyasida D) Hirot provinsiyasida

11. Upemba Milliy bog‘i qaysi materikda joylashgan?

A) Yevrosiyo B) Afrika C) Shimoliy Amerika D) Avstraliya

12. Ustyurt platosi yuzasini qalinligi 3 – 4,5 km bo‘lgan qaysi eralar yotqiziqlari qoplab olgan?

A) proterozoy va paleozoy B) mezozoy va kaynozoy C) faqat kaynozoy D) paleozoy va mezozoy

13. Qaysi javobda suvni o‘tkazuvchi jins berilgan?

A) qumtosh B) shag‘al C) ohaktosh D) gil

14. Farg'ona viloyatining g‘arbiy qismida qaysi shahar joylashgan?

A) Qo‘qon B) Quva C) Marg‘ilon D) Quvasoy

15. Katmay milliy bog‘i qaysi materikda joylashgan?

A) Afrika B) Janubiy Amerika C) Shimoliy Amerika D) Yevrosiyo

16. Quyidagi qaysi sayyoh «Vityaz» kemasida Tinch okeanida mukammal tadqiqot ishlarini olib borishda ishtirok etmagan?

A) I. Kruzenshtern B) J. Kuk C) S. Makarov D) Y. Lisyanskiy

17. Qohira shahri bilan Kiyev shahri orasi geografik kenglik bo‘yicha necha daraja (gradus) ga farq qiladi?

A) 10° B) 30 C) 20° D) 40"

18. 1466 – 1472–yillarda kim Sokotra oroli bo‘ylab ekspeditsiya olib borgan?

A) N. Prjevalskiy B) M. Polo C) A. Nikitin D) A. Gumbolt

19. Aholisining soni 5 mln va undan ortiq bo‘lgan shaharlardan nechtasi materik ichkarisida joylashgan?

A) 29 ta B) 33 ta C) 50 ta D) 14 ta

20. Janubi–g‘arbiy Osiyoning qaysi davlatida dengiz transporti ma‘lum darajada ahamiyatliroq hisoblanadi?

A) BAA B) Saudiya Arabistoni C) Turkiya D) Isroil

21. Zomin tog‘–o‘rmon qo‘riqxonasi qaysi tizmaning shimoliy yonbag‘rida tashkil qilingan?

A) Nurota B) Morguzar C) Turkiston D) Zarafshon

22. Neft va gaz quduqlari uchun jihozlar qaysi viloyatda ishlab chiqariladi?

A) Xorazm B) Andijon C) Namangan D) Sirdaryo

23. O’zbekiston hududida adir mintaqasining oddiy bo‘z tuproqlari necha metr balandliklarda tarqalgan?

A) 400 – 500 m B) 300 – 400 m C) 500 – 600 m D) 100 – 200 m

24. Shimoliy Afrikaning qaysi davlati ingichka tolali paxta va shakarqamish yetishtirishga ixtisoslashgan?

A) Misr B) Tunis C) Marokash D) G‘arbiy Sahroyi Kabir

25. Fan va ishlab chiqarish nechta muhim yo‘nalish bo‘yicha bir–biriga ta‘sir ko‘rsatmoqda?

A) 4 ta B) 3 ta C) 6 ta D) 5 ta

26. Antarktidada qaysi oylarda muz–qor quyosh energiyasining 80% dan ko‘prog‘ini qaytaradi?

A) oktyabr–mart B) iyun–avgust C) aprel–sentyabr D) mart–may

27. Sangzor daryosi qaysi togs tizmasining qor–muz suvlaridan to‘yinadi?

A) Turkiston B) Pistalitog’ C) Nurota D) Morguzar

28. 1945–yildan qaysi geosiyosiy bosqich boshlandi?

A) Belovejsk B) Vena C) Versal D) Potsdam

29. Tabiiy geografik sharoitiga ko‘ra Yangi Zelandiya oroli qanday iqlim mintaqasiga to‘g‘ri keladi?

A) ekvatorial va tropik B) tropik va subtropik

C) ekvatorial va subekvatorial D) subtropik va mo‘tadil

30. «Tosh ustun» geologik shakl qaysi milliy bog‘ hududida joylashgan?

A) Nurota B) Chotqol C) Kitob D) Zomin

31. Germaniya mashinasozlik sanoatining eng yirik markazlarini belgilang.

A) Kyoln, Frankfurt–Mayn B) Duysburg, Aersburg C) Leypsig, Berlin D) Kil, Bremen

32. Quyidagi qaysi davlatlar Germaniya bilan chegaradosh?

A) Gretsiya, Italiya B) Daniya, Shvetsariya C) Xorvatiya, Shvetsiya D) Serbiya, Ruminiya

33. Mamlakatimizning nechta tarixiy obidalari BMTning ilm–fan va madaniyat ishlari bo‘yicha tashkiloti – YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan?

A) 5000 B) 4000 dan ortiq C) 6000 D) 3000 ga yaqin

34. Qaysi bosqichda tabiiy landshaftlarning kuchsiz o‘zgarishi ro‘y bergan?

A) o‘rta asrlarda B) Qishloq xo‘jaligi inqilobi bosqichida

C) Sanoat inqilobi bosqichida D) fan–texnika inqilobi bosqichida

35. Yuqori, O’rta, Quyi davrlar qaysi eraga tegishli?

A) Paleozoy B) Proterozoy C) Arxey D) Mezozoy

36. O’zbekiston geografik o‘rniga ko‘ra O’rta dengiz bo‘yidagi quyidagi qaysi davlatlar bilan taxminan bir geografik kenglikda joylashgan?

A) Avstriya, Malta B) Albaniya, Eron C) Italiya, Ispaniya D) Islandiya, Buyuk Britaniya

……………………………………………………………………………….

7–variant

1. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qaysi shahar respublikamizda to‘rtinchi o‘rinda turadi?

A) Samarqand B) Bekobod C) Olmaliq D) Chirchiq

2. Jahonda yetishtiriladigan soyaning deyarli yarmi qaysi davlat hissasiga to‘g‘ri keladi?

A) Hindiston B) Rossiya C) AQSh D) Braziliya

3. Buyuk geografik kashfiyotlar qaysi okeandan boshlangan?

A) Hind okeani B) Tinch ocean C) Atlantika okeani D) Janubiy okean

4. Quyidagi qaysi davlatlar Germaniya bilan chegaradosh?

A) Serbiya, Ruminiya B) Daniya, Shveysariya C) Xorvatiya, Shvetsiya D) Gretsiya, Italiya

5. Qirg‘iziston sanoatining asosini qaysi sanoat tarmoqlari tashkil qiladi?

A) rangli metallurgiya B) qora metallurgiya C) yoqilg‘i–energetika D) kimyo va tog‘–kon

6. Qadimgi Palmira va Baalbek shaharlari qaysi davlatlar hududiga to‘g‘ri keladi?

A) Pokiston, Hindiston B) Gretsiya, Misr C) Misr, Eron D) Suriya, Livan

7. Xitoyning mashinasozlik sanoati markazlarini belgilang.

A) Shenyan, Chanchun B) Guanchjou, Baoshan C) Uxan, Anshan D) Baotou, Bensi

8. Reykyavik shahri nechanchi soat mintaqasida joylashgan?

A) I В) XXIV С) II D) XXIII

9. Islandiya orolida joylashgan vulqon nomini aniqlang.

A) Gekla B) Shasta C) Vezuviy D) Demavend

10. Arab sayyohi Ibn Battuta quyidagi qaysi shaharni Vodiy al–Qassurin daryosi qirg‘og‘ida joylashgan deb ta‘riflagan?

A) Samarqand B) Farg‘ona C) Xorazm D) Shahrisabz

11. Respublikamizda sanoati rivojlanayotgan, yangi o‘zlashtirilayotgan yerlarda vujudga kelgan shaharlarni aniqlang.

1) Uchquduq; 2) G‘ozg‘on; 3) Ulug‘bek; 4) Shirin; 5) Yangiobod; 6) Zomin; 7) Tohchiyon.

A) 2, 4, 6 В) 1, 3, 5 С) 1, 4, 7 D) 2, 3, 6

12. Ko‘hitang tog‘i Boysuntog‘ning qaysi qismida joylashgan?

A) shimoli–sharqida B) sharqida C) janubida D) janubi–g‘arbida

13. Qaysi qit‘alarning keng bargli o‘rmon maydonlari faqat XX asrning so'ngi 30 – 35 yilida 40% ga qisqarib ketdi?

A) Avstraliya va Afrika B) Yevropa va Osiyo C) Amerika va Osiyo D) Afrika va Osiyo

14. Yerning qutb radiusi ekvator radiusidan necha kilometr qisqa?

A) 23 B) 12 C) 32 D) 21

15. Shamol yo‘nalishi qanday asbob yordamida aniqlanadi?

A) anemometr B) barometr C) flyuger D) exolot

16. Qaysi javobda «Litosfera plitalari tektonikasi» gipotezasini e‘lon qilgan olim nomi berilgan?

A) R. Amundsen B) M. Shokalskiy C) R. Dekart D) M. Oliver

17. Afrikaning qaysi tabiat zonasida daraxtlarning 1000 turi, o‘simliklarning 25000 turi mavjud?

A) subtropiklar B) ekvatorial o‘rmonlar C) savannalar D) tropik cho‘llar

18. Hind okeanining qaysi iqlim mintaqasida iqlim sharoiti yil davomida kam o‘zgaradi?

A) ekvatorial B) mo‘tadil C) janubiy subtropik D) shimoliy tropik

19. Qizilqumda qancha o‘simlik turi mavjud?

A) 500 ga yaqin B) 300 dan ortiq C) 600 dan ortiq D) 400 ga yaqin

20. 1990–yillardan boshlab qaysi zavodlarda g‘alladan etil spirti ishlab chiqarila boshladi?

A) Farg‘ona furan birikmalari, Yangiyo‘l biokimyo B) Samarqand superfosfat, Qo‘qon superfosfat

C) Farg‘ona kimyo, Toshkentdagi «Sovplastital» D) Qizilqum fosforit, Navoiy kimyo

21. Pinega qo‘riqxonasi qaysi materikda joylashgan?

A) Yevrosiyo B) Janubiy Amerika C) Shimoliy Amerika D) Afrika

22. Insoniyat va mintaqalarning taraqqiyotini belgilab beruvchi tarixiy kategoriya nima deb yuritiladi?

A) Siyosiy consensus B) Kuchlar muvozanati C) Frontal raqobat D) Geosiyosiy ekspansiya

23. Bashoratlarga ko‘ra, jahon mineral yoqilg‘i geologik zahiralarining hozirgi vaqtda qazib olinishini hisobga olganda necha yilga yetishi kerak?

A) 1000 B) 500 C) 1200 D) 800

24. Ibn Battuta Sahroyi Kabirning qaysi qismini o‘rgangan?

A) sharqiy B) shimoliy C) g‘arbiy D) janubiy

25. O‘zbekistonda atmosferaga chiqariladigan zararli birikmalarning 6 %ini nima tashkil qiladi?

A) oltingugurt qo‘sh oksidi B) uglevodorod C) azot oksidlari D) qattiq birikmalar

26. O‘zbekistonda eng ko‘p yillik yog‘in miqdori (2000 mm) qaysi hududga to‘g‘ri keladi?

A) Hisor–Zarafshon tog‘larining janubi–g‘arbiy nam havoga ro‘para bo‘lgan yonbag‘irlari

B) Quyi Amudaryoning sharqiy qirg‘oqlari

C) G‘arbiy Tyan Shanning nam havoga ro‘para bo'lgan qismi

D) Farg‘ona vodiysining shimoli–sharqiy tog* yonbag‘irlari

27. 2012–yil maiumotlariga ko‘ra, urbanizatsiya darajasi 90 – 100% ga teng bo‘lgan mamlakatlar qatorini belgilang.

A) Ispaniya, Singapur B) Paragvay, Tailand C) Malta, Isroil D) Myanma, Kipr

28. 2012–yil AQShda YIM ishlab chiqarish qancha AQSh dollarni tashkil etgan?

A) 25,6 trln B) 30 mln C) 15,7 trln D) 20 mln

29. Gang vodiysida qanday iqlim tarkib topgan?

A) Tropik B) Subtropik C) Ekvatorial D) Subekvatorial musson

30. Mamlakatimizda yetishtiriladigan paxta yalpi hosilining qancha qismini Mirzacho‘1 iqtisodiy geografik rayoni beradi?

A) 1/3 B) 1/5 C) 1/2 D) 1/4

31. Hozirgi vaqtda jahon kimyo mahsulotining 15% i qaysi davlat hissasiga to‘g‘ri keladi?

A) Rossiya B) Meksika C) AQSh D) Yaponiya

32. O’rta Osiyodagi fosforit konlarini aniqlang.

A) Omonqo‘ton, Oqtosh B) Tyanshan, Pomir C) Olmaliq, Jezqazg‘an D) Qoratog`, Qizilqum

33. O’zbekistonda suvlarni ifloslovchi manbalarning 18 foizi qaysi tarmoq hissasiga to‘g‘ri keladi?

A) qishloq xo‘jalik B) sanoat C) kommunal xo‘jalik D) transport

34. Bir xil tog‘ jinslari, relyef, tuproq, namlik, mikroiqlim, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ega bo‘lgan eng kichik tabiiy hududiy kompleksni aniqlang.

A) joy B) urochisha C) maydon D) fatsiya

35. To‘rfon botig‘i dengiz sathidan necha metr pastda joylashgan?

A) –86 m B) –215 m C) –304 m D) –154 m

36. Geyzerlar va issiq buloqlar isosan qanday mintaqalarda uchraydi?

A) yerosti suvlari yaqin mintaqalarda B) vulqon tarqalgan mintaqalarda

C) baland tog‘li mintaqalarda D) zilzilali mintaqalarda

……………………………………………………………………………………………………………..



8–variant

1. Mamlakatimizda rangli metallurgiya korxonalari chiqindisidan qanday kimyoviy modda olinadi?

A) sulfat kislota B) natriy xlorid C) azot D) ammofos

2. Yevropa Ittifoqiga 1995–yilda qaysi davlatlar a‘zo bo‘lgan?

A) Finlandiya, Avstriya, Shvetsiya B) Lyuksemburg, Norvegiya, Ispaniya

C) Daniya, Irlandiya, Italiya D) Portugaliya, Belgiya, Shvetsariya

3. Afrikaning qaysi iqlim mintaqasida yoz oylarida vaqti–vaqti bilan kuchli samum va hamsin shamoli esib, qum bo'roni bo‘lib turadi?

A) janubiy subtropik B) subekvatorial C) shimoliy tropik D) ekvatorial

4. Dunyo okeani suv yuzasining o‘rtacha yillik harorati necha С ga teng?

A) 14,3⁰C В) 8,46⁰C С) 17,54⁰С D) 21,71⁰С

5. Andijon viloyati sharqida joylashgan aholi manzilgohini aniqlang.

A) Xonobod B) Asaka C) Shahrixon D) Marhamat

6. Inson faoliyatining geografik muhit biologik qismiga ta‘sirini baholash nima deb ataladi?

A) Geografik baholash B) Ekologik ekspertiza C) Geografik bashorat D) Biosfera monitoringi

7. Qirg‘iziston Respublikasi hududining shimolida va janubi–g‘arbida qaysi tog‘lar joylashgan?

A) Qoratog’, Talas Olatovi B) Turkiston, Torbog‘otoy C) Jung‘oriya Olatovi, Pomir D) Tyan Shan, Oloy

8. Turli xil yer osti qazilma boyliklarini qazib chiqarish hajmi juda katta bo‘lgan Lotin Amerikasi davlatlarini belgilang.

A) Peru, Kosta–Rika B) Boliviya, Argentina C) JAR, Ekvador D) Venesuela, Chili

9. Qaysi tog’ tizmalaridan yirik kumush konlari topilgan?

A) Hisor B) Oqtov C) Zarafshon D) Qurama

10. Chirchiq–Ohangaron tabiiy geografik o‘lkasining 300–500 m gacha bo‘lgan balandliklarida qanday tuproqlar tarqalgan?

A) jigarrang B) tipik va sur tusli bo‘z C) to‘q bo‘z D) och tusli bo‘z

11. Shimoliy Afrikaning qaysi davlati ingichka tolali paxta va shakarqamish yetishtirishga ixtisoslashgan?

A) Tunis B) G‘arbiy Sahroyi Kabir C) Marokash D) Misr

12. A. Mexen «Tarixda dengiz kuchlari” nomli asarida qaysi davlatlarni «dengiz taqdiri»ga ega deb atagan?

A) Rossiya B) AQSh C) Buyuk Britaniya D) Fransiya

13. Jahon miqyosidagi tabiiy gaz zahiralarining 80% dan ko‘prog‘i qaysi qit‘a hissasiga to‘g‘ri keladi?

A) Yevropa B) Afrika C) Amerika D) Osiyo

14. Qarshi cho‘lida, Janubiy Turkmanistonda va Amudaryo deltasida boshqa hududlarga nisbatan qanday tuproqlar katta maydonlarni egallaydi?

A) taqirli B) o‘tloq–allyuvial C) sur–qo‘ng‘ir D) bo‘z

15. Qizilqum hududi qaysi davrga kelib quruqlikka aylangan?

A) Neogen B) Trias C) Paleogen D) Antropogen

16. Respublikamizning sug‘oriladigan yerlarida tuproqning sho‘rlanishini kuzatish va nazorat qilish bo‘yicha ma‘lumotlar qaysi sanalarda yig‘iladi?

A) 1 mart va 1 sentyabr B) 1 may va 1 noyabr C) 1 aprel va 1 oktyabr D) 1 iyun va 1 dekabr

17. Qanday andazalar asosida tuzilgan xaritalarda burchaklar ham, maydonlar ham xatoliklar bilan tasvirlanadi?

A) teng maydonli B) ixtiyoriy C) teng hajmli D) teng burchakli

18. Havo harorati 0 C, simobli barometr 655 mm ni ko‘rsatsa, dengiz sathidan necha metr balandlik bo’ladi?

A) 2500 B) 6550 C) 4750 D) 1050

19. Olmaliq rangli metallurgiya kombinatining qanday chiqindisidan ammofos zavodida mineral o‘g‘it ishlab chiqariladi?

A) karbonat angidrid B) azot C) oltingugurt gazi D) fosforit

20. O’zbekiston tog‘larida olimlar qaysi balandlik mintaqalarini ajratishadi?

1) chalacho‘l; 2) cho‘l; 3) tundra; 4) keng bargli it'rmon; 5) dasht; 6) o‘rmon– dasht; 7) tayga;

8) subalp; 9) alp; 10) nival.

A) 1, 4, 5, 6, 7, 9 B) 1, 5, 6, 8, 9, 10 C) 1, 2, 4, 7, 8, 9, 10 D) 1, 3, 6, 8, 9, 10

21. Qaysi daryo Talas Olatovi, Qorjontov, Ugom, Piskom t,og‘laridan suv oladi?

A) Sirdaryo B) Norin C) Zarafshon D) Chirchiq

22. Kishilik jamiyati rivojlanishining qaysi davrida tabiiy resurslardan kengroq I'oydalana boshlandi?

A) o‘rta asrlar davrida B) sanoat inqilobi davrida

C) ibtidoiy jamoa davrida D) qishloq xo‘jaligi inqilobi davrida

23. Braziliya hududining 2/3 qismi qanday o‘rmonlar bilan qoplangan?

A) keng bargli va aralash o‘rmonlar B) tropik changalzorlar va nam ekvatorial o‘rmonlar

C) subekvatorial va subtropik o'rmonlar D) tropik o‘rmonlar va baland bo‘yli siyrak o‘rmonlar

24. Osmon yoritkichlari harakat yo‘li shaklining aylana emasligi haqida birinchi bo‘lib kim fikr yuritgan?

A) A.R. Beruniy B) M. Al–Xorazmiy C) Z.M. Bobur D) M. Ulug‘bek

25. Afrika materigi shimoliy qismining eni janubiy qismining enidan qancha (km) uzun?

A) 3300 B) 4500 C) 2400 D) 1500

26. Ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishda ishlab chiqarish sohasida katta yutuqlarga erishgan davlatlar qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) Liviya, Gvatemala, Gonduras B) Kuba, Braziliya, Hindiston

C) Meksika, Chili, Koreya Respublikasi D) Urugvay, Panama, Isroil

27. Qaysi javobda Shimoliy muz okeaniga tegishli bo‘lmagan dengiz nomi keltirilgan?

A) Laptevlar B) Barens С) Kоrо D) Kara

28. Orinoko daryosida vujudga kelgan sharshara nomini toping.

A) Iguasu B) Anxel C) Viktoriya D) Niagara

29. 2012–yilgi ma‘lumotga ko‘ra, jahon aholisining o‘rtacha umr davri ayollarda necha yoshga teng?

A) 73 B) 72 C) 69 D) 55

30. Shimoliy muz okeanida nechta iqlim mintaqasi mavjud?

A) 4 ta В) 1 ta C) 2 ta D) 3 ta

31. Respublikamizning qaysi viloyatida 250 dan ortiq tarixiy– me'moriy obida, 900 dan ortiq arxeologik yodgorliklar mavjud?

A) Xorazm B) Buxoro C) Qashqadaryo D) Samarqand

32. Yevrosiyoning shimolida iyul oyining o‘rtacha harorati necha ⁰C ga teng.

A) +21 С В) +7°C С) +18 С D) +12 °С

33. Janubi–sharqiy Osiyoda ancha sust rivojlangan xo'jalik tarmog‘ini toping.

A) transport B) chorvachilik C) dehqonchilik D) tog‘–kon sanoati

34. Qorabovur balandligining janubida qaysi bukilma joylashgan?

A) Qoragiyo B) Kassarma C) Asaka–Ovdan D) Borsakelmas

35. Darfur tog‘ligi Axaggar tog‘ligidan necha metr baland?

A) 170 B) 245 C) 497 D) 327

36. Quyidagi qaysi davlatlar Eron bilan chegaradosh?

A) Saudiya Arabistoni, Isroil B) Kipr, Bahrayn C) Turkmaniston, Afg‘oniston D) Qatar, BAA

…………………………………………………………………………………………



Download 145.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling