Geografiya o‘qitish metodikasi” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi abdulloyev farruxning


Download 33.86 Kb.
bet3/5
Sana06.02.2023
Hajmi33.86 Kb.
#1171764
1   2   3   4   5
Bog'liq
FARRUX

Tuman hokimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi, tuman prokuraturasi, ichki ishlar va soliq bo‘linmalarining rahbarlari esa maqomi, shu jumladan, mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha tegishlicha ushbu davlat organlarining respublika darajasidagi rahbarlari o‘rinbosarlariga tenglashtirilishi belgilandi.
Direksiya direktoriga quyidagi vakolatlar beriladi:

  • xorijiy investorlar, xalqaro moliya institutlari bilan investitsiya, kredit, moliyaviy yordam va grantlar jalb etish bo‘yicha kelishuvlar (memorandum, shartnomalar) tuzish;

  • tumanda joylashgan yer uchastkalari va davlat mulki ob’ektlarini realizatsiya qilish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;

  • hududda joylashgan davlat mulki ob’ektlarini garovga qo‘yish orqali kreditlar olish va jalb qilish;

  • o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida nufuzli konsalting kompaniyalari, hududda barpo etilayotgan yirik ob’ektlarni loyihalash va qurilish ishlariga nufuzli xorijiy loyiha va pudrat kompaniyalar hamda malakali ekspertlarni jalb qilish;

  • ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida erkin turistik zona hududida yashil zonalarni tashkil qilish, ayrim hududlarda esa tabiatga zarar keltiradigan xo‘jalik faoliyatini, shu jumladan, chorvachilik, dehqonchilik, yangi sanoat va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini barpo etish taqiqlangan zonalarni belgilash;

  • aholiga va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatiladigan ayrim davlat xizmatlarini autsorsing tizimi asosida tashkil etish;

  • aholining dam olish va salomatligini tiklash bilan bog‘liq davlat mulki ob’ektlari bo‘lgan dam olish uylari, pansionatlar, sanatoriylar va boshqa ob’ektlarni ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida boshqaruv kompaniyalariga berish.

Prezident farmoni bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Tog‘li va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish jamg‘armasi ham tashkil etililishi nazarda tutilgan. Buning uchun, jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:

  • tumanning turistik infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan birinchi bosqichda ajratiladigan 20 million AQSH dollari miqdoridagi kredit. Bunda, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ikkinchi bosqichda kredit ajratilishi mazkur Farmon bilan belgilangan vazifalar to‘liq bajarilgan va aniq natijalarga erishilgandan so‘ng amalga oshiriladi;

  • tuman hududida joylashgan davlat mulki ob’ektlari hamda yer uchastkalarini realizatsiya qilishdan tushadigan mablag‘lar (savdoga chiqarish va sotish bilan bog‘liq xarajatlardan tashqari);

  • Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;

  • xalqaro moliya institutlari va xorijiy moliya tashkilotlari mablag‘lari;

  • jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

  • qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;

Shuningdek, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi krediti Direksiyaga 20 yil муддатга, shu jumladan, 5 yillik imtiyozli даврни hisobga olgan holda, yillik foiz stavkasi 6 oylik LIBOR+3 foizда ajratilishi belgilangan.
1 sentyabrdan boshlab tumanda litsenziya va ruxsatnoma berishdan, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarimadan respublika va viloyat mahalliy byudjetiga tushadigan mablag‘lar va bojlar to‘liqligicha tuman mahalliy byudjetiga va tuman hududida joylashgan davlat mulki ob’ektlarini realizatsiya qilishdan tushadigan mablag‘lar (baholash va xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish xarajatlaridan tashqari), shuningdek, yer uchastkalarini realizatsiya qilishdan tushadigan mablag‘lar to‘liq Jamg‘armaga yo‘naltirilish tartibi o‘rnatiladi.
Tumanning o‘ziga xos turistik qiyofasini yaratish va aholi turar joylarini zamonaviy infratuzilma asosida qayta barpo etish maqsadida mazkur hududda joylashgan aholi turar joylarini rekonstruksiya qilish (bino tashqi fasadi va tomlarini o‘zgartirish, qayta qurish, turizm xizmatlarini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunlar, mebel va inventarlar bilan jihozlash) uchun kreditlar, shu jumladan, O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablag‘lari hisobidan ajratiladi.

Download 33.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling