Geografiya o‘qitish metodikasi” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi abdulloyev farruxning
Alohida ma’muriy-boshqaruv tizimi
Download 33.86 Kb.
|
FARRUX
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turkiya, Fransiya, Ispaniya, Shveysariya, Yaponiya va Koreya Respublikasi
- Tog‘li va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish sho‘basi tashkil qilinadi
Alohida ma’muriy-boshqaruv tizimi davrida tuman hokimligi faoliyatining samaradorligi quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi:
aholi bandligi va daromadlarini oshirish; ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish; ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, shu jumladan, ta’mirtalab ta’lim, tibbiyot tashkilotlarini zarur anjomlar, buyumlar, aloqa va kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlash; tuman iqtisodiyotiga investitsiyalarni, xususan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ulushi hamda mahsulotlar (xizmatlar) eksportini oshirish; tadbirkorlikni rivojlantirish orqali mahalliy byudjetning daromadini ko‘paytirish, “xufiyona iqtisodiyot” ulushini kamaytirish; yo‘l-transport, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish, jumladan, ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda axborot-telekommunikatsiya xizmatlari sifatini oshirish; ekologiya va atrof-muhitni yaxshilash, shu jumladan, chiqindilarni zamonaviy utilizatsiya qilish tizimini yo‘lga qo‘yish. Tuman hokimligining ustuvor vazifalari qatoriga tumanning turistik salohiyatini rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish, turistik infratuzilmani rivojlantirish hamda maqbul va qulay turizm muhitini yaratish, tashrif buyurgan turistlarning xavfsizligi va salomatligini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni sinov tariqasida joriy qilish asosida o‘ziga xos ekologik tizimni yaratish va boshqa vazifalar. Farmonga binoan tumanda turizmni rivojlantirishga qaratilgan yetakchi xorijiy mamlakatlar, jumladan, Turkiya, Fransiya, Ispaniya, Shveysariya, Yaponiya va Koreya Respublikasi kabi mamlakatlardan mutaxassislarni jalb qilish ahamiyati bildirilgan. Mazkur hujjatda belgilab berilgan vazifalarni to‘liq amalga oshirish uchun 1 dekabrga qadar mamlakat bosh vaziriga tumanda mutlaqo yangi o‘zini o‘zi boshqarish tizimini joriy etish yuzasidan takliflar kiritish topshirig‘i berilgan. Tumanda amalga oshiriladigan islohotlarni muvofiqlashtirish maqsadida Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati tarkibida Tog‘li va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish sho‘'basi tashkil qilinadi. Shu bilan bir qatorda, Bosh prokuratura tizimida Tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat hamda yerlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etiladi. Farmon bilan belgilanishicha, tuman hududida atrof-muhitni ifloslantiradigan zararli sanoat korxonalarini barpo etish qat’iyan man etiladi. Download 33.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling