Geografiya o'qitishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish reja
Download 192.5 Kb.
|
GEOGRAFIYA O\'QITISHDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6 – bosqich
- Bumerang” texnologiyasi.
- Skarabey” texnologiyasi .
- Veyer” texnologiyasi.
5 – bosqich:
kichik guruhlar umumlashtirilgan fikrlarini himoya qiladilar: guruh vakili har bir bosqichni alohida о‘qiydi (iloji boricha izoh bermagan holda). Ba’zi bо‘limlarni isbotlashi, ya’ni guruhning aynan nima uchun shu fikrga kelganini aytib о‘tishi mumkin. 6 – bosqich: trener mashg‘ulotga yakun yasaydi, bildirilgan fikrlarga о‘z munosabatini bildiradi; quyidagi savollar bilan tinglovchilarga murojaat qiladi: ushbu trening yordamida nimalarni bilib oldingiz va nimalarni о‘rgandingiz? ushbu texnologiyani о‘quv jarayonida qо‘llanilishi qanday samara berdi? ushbu texnologiyani qо‘llanilishi о‘quvchi – talabalarda qanday xislatlarni tarbiyalaydi, nimalarni shakllantiradi, ularning qanday fazilatlarini rivojlantiradi? ushbu texnologiyaning о‘quv jarayonining qaysi bosqichida qо‘llanilgani ma’qul va nima uchun? ushbu texnologiyani dars jarayonida qо‘llanilishi о‘quvchi – talabalarga nima beradi va nimaga о‘rgatadi? ushbu texnologiyani yana qanday tartibda yoki qanday shaklda о‘tkazish mumkin? ushbu treningda trenerning asosiy vazifasi nimadan iborat? Izoh: yuqorida keltirilgan savollar har bir treningning mazmuni, maqsadidan kelib chiqib trener tomonidan tinglovchilarga yoki о‘quvchi – talabalarga berilishi mumkin. Tarqatma materialning taxminiy nusxasi: «FSMU» F-fikrni bayonlash S- sababini kо‘rsatish (fikrning) M-misol (misol bilan tushuntirish) U- umumlashtirish (fikrni) “Bumerang” texnikasi – о‘quvchi – talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, о‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, sо‘zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha о‘quvchi – talabalarni baholay olishga qaratilgan. “Bumerang” texnologiyasi. Mazkur texnologiya bir mashg‘ulot davomida о‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda о‘rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yо‘naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bо‘lgan mavzularni о‘rganishga yaroqli bо‘lib, о‘z ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan о‘quvchi yoki о‘qituvchi rolida bо‘lishi, kerakli ballni tо‘plashga imkoniyat beradi. “Bumerang” texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi, xotirani, g‘oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og‘zaki shakllarda bayon qilish kо‘nikmalarini rivojlantiradi. Ta’lim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi: jamoa bilan ishlash mahorati; muomalalik; xushfe’llik; kо‘nikuvchanlik; о‘zgalar fikriga xurmat; faollik; rahbarlik sifatlarini shakllantirish; ishga ijodiy yondoshish; о‘z faoliyatining samarali bо‘lishiga qiziqish; о‘zini holis baholash; “Skarabey” texnologiyasi. “Skarabey” interaktiv texnologiya bо‘lib, u о‘quvchilarda fikriy bog‘liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda о‘z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya о‘quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini holis baholash, о‘rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. U ayni paytda turli g‘oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog‘liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi. “Skarabey” texnologiyasi har tomonlama bо‘lib, undan о‘quv materialining turli bosqichlarini о‘rganishda foydalaniladi: boshida о‘quv faoliyatini rag‘batlantirish sifatida (Aqliy hujum) – mavzuni о‘rganish jarayonida – uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini belgilash; ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash; mavzuni yanada chuqurroq о‘rganish, yangi jihatlarini kо‘rsatish; oxirida – olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida. “Skarabey” texnologiyasi о‘quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. U о‘quvchilar tajribasidan foydalanishni kо‘zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba о‘tkazish imkoniyatlariga ega. Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni yengillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni kо‘rsatish mumkin. “Skarabey” alohida ishlarda, kichik guruhlarda hamda о‘quv jamoalarida qо‘llanishi mumkin. Ta’limdan tashqari mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi.: о‘zgalar fikriga hurmat; jamoa bilan ishlash mahorati; faollik; xushmuomalalik; ishga ijodiy yondoshish; imkoniyatlarini kо‘rsatish ehtiyoji; о‘z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi; “men”ligini ifodalashga imkon beradi; о‘z faoliyati natijalariga mas’ullik va qiziqish uyg‘otadi. “Veyer” texnologiyasi. Bu texnologiya murakkab, tarmoqli, mumkin qadar, muammo xarakteridagi mavzularni о‘rganishga qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bо‘yicha bir yо‘la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. Bu interaktiv texnologiya tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqqiyatli rivojlantirishga hamda о‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi. “Veyer” texnologiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muhokama qiluvchi kichik guruhlarning, har bir qatnashuvchining, guruhning faol ishlashiga qaratilgan. “Veyer” texnologiyasi mavzuni о‘rganishning turli bosqichlarida qо‘llanilishi mumkin: boshida: о‘z bilimlarini erkin faollashtirish; mavzuni о‘rganish jarayonida: uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab yetish; yakunlash bosqichida: olingan bilimlarni tartibga solish. О‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash yо‘llari talaygina. Bulardan keng tarqalganlari. Savol-javob, doska oldida og‘zaki yoki yozma javob, frontal surash, nazorat ishlari, test sinovlari о‘tkazish yо‘li bilan bilim darajasini baholash kabilardir. Bulardan tashqari, ijodkor о‘qituvchilar tomonidan о‘quvchi bilimini sinashning yangidan-yangi usullari ishlab chiqilgan bо‘lib, ular galma-galdan almashtrilib qо‘llab borilishi, dars samaradorligini oshirishda, о‘quvchilarning ushbu fanga qiziqishning uyg‘otishda asosiy omil bо‘lib xizmat qiladi. Bu bilan bog‘liq usullar bir qancha pedagogik jurnallarda, jumladan, “xalq ta’limi”, “Biologiya v shkole”, “ximiya v shkole”, “Geografiya v shkole” kabi jurnallarning sahifalarida tez-tez yoritilib borilmoqda. О‘tilgan mavzular о‘quvchilar tomonidan qay darajada о‘zlashtirilayotganligini muntazam tekshirib borish maqsadida geografiya fani bо‘yicha maktabda о‘quvchilarning bilim va kо‘nikmalarini hisobga olib boruvchi “reyting varaqasi” joriy qilish mumkin. Sinfdagi har bir о‘quvchi alohida “sinov daftarchasi” tutib, unda geografiyani turli mavzular bо‘yicha tushunchalar, qonuniyatlarni qay darajada о‘zlashtirganini qayd qiladi. Har bir mavzu bо‘yicha tekshirib kо‘rilishi shart bо‘lgan yozma, og‘zaki sо‘rovlar, amaliy ishlar yakunning baholarini о‘quvchilar ana shu daftarga yozib boradilar. Har bir yangi mavzudagi tushuncha va qonuniyatlarning о‘quvchilar tomonidan puxta о‘zlashtirilishi, ularning yodida saqlanib qolishda faqatgina og‘zaki yodlash kо‘nikmalaridan foydalanib qolinmasdan, balki geografiya materiallarini namoyish qildilar. 1. Qarshi shahrining karta – chizmasi 2. Yog‘ ishlab chiqarishning о‘sish diagrammasi. Zavodning ishlab chiqarish aloqalari Sayrda tо‘plangan mahsulotlar namunasi. Fotorasmlar Zavodning ishlab chiqarish jarayonlari chizmasi О‘quvchilar bilan qishloq xо‘jalik korxonalariga ham sayr uyushtirish mumkin. Bu esa qishloq maktablari uchun yaqin soha va qulaydir. Qishloq maktabi о‘quvchilarning ota-onalari shu korhonada mehnat qiladilar va ulr ota-onalariga ayrim sohalarda yordam berib keladilar. Shirkat xо‘jaligiga uyushtiriladigan sayr shirkatning idorasidan boshlanadi. Sо‘ngra belgilangan obyektlarga boriladi. bunday sayrlarni “Qishloq xо‘jalik” mavzusi о‘tib bо‘lingandan sо‘ng uyushtirilsa maqsadga muvofiq bо‘ladi. О‘quv sayridan quyidagi maqsad kо‘zda tutiladi. -Shirkatning dehqonchiligi, ixtisosi va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish. -Chorvachiligi uning turlari, mahsuldoriligi. -ishchilar bilan suhbat ularning turmushi bilan tanishish. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun har bir guruh о‘z rejasini tuzib chiqadi. Birinchi guruh shirkatining geografik о‘rni, uning qishloq xо‘jaligiga ta’siri va shirkatning tashkil topish tarixini. Ikkinchi guruh suv ta’minoti, yerlari tuzilishi, ekin turlari va maydoni, paxta maydoni hosildorligi, yalpi hosil, mexanizatsiyalashuvi. Uchinchi guruh Chorvachilik, uning turlari, soni, parrandachilik mahsuldorligi, boqish sharoiti, ozuqa bazasi, rentabelligi, shirkat iqtisodida chorvachilikning roli va dehqonchilik bilan aloqadorligi. Tо‘rtinchi guruh Agrotexnikaning qо‘llanishi, mehnat unumdorligi, bir kishiga tо‘g‘ri keladigan sohalardagi mahsulot, turmush sharoiti va istiqbollari. Bunday sayrlar paytida о‘quvchilar aniq reja asosida ishlab xо‘jalik iqtisodiyotini aniq tasavvur qiladilar. Bu esa ularning nazariy bilimlarini amalda sinab kо‘rish imkoniyatini beradi va qishloq xо‘jaligini puxta bilib olishga yordam beradi. Shirkat xodimlari о‘quvchilar bilan о‘z ishlab chiqarishlari haqida suxbat о‘tkazadilar. О‘quvchilar shirkatga uyushtirilgan sayrdan mamnun bо‘lib, qaytdilar. Tо‘plangan materiallar asosida hisobot tayyorlaydilar va uni tо‘garak yig‘ilishida muhokama qiladilar. О‘tkaziladigan о‘quv sayrlari natijasida о‘quvchilarda mehnat tarbiyasi, ta’limi va kasb tanlashga о‘rgatish ishlari muvaffaqiyali amalga oshiriladi. Download 192.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling