Geografiya o'qitishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish reja
Geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiya
Download 192.5 Kb.
|
GEOGRAFIYA O\'QITISHDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Innavatsiya (inglizcha - innavatsion ) yangilik kiritish, yangilik demakdir . Innavatsion
- FSMU TEXNOLOGIYASI
2. Geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiya
Mamlakatimizda mustaqillikdan sо‘nggi davrlarda ta’lim sohasida ham katta о‘zgarishlar ruy berdi. «Ta’lim xaqidagi qonun», «Kadrlar tayorlash milliy dasturi» ning oldiga qо‘yilgan ustivor vazifalariga yosh avlodga chuqur bilim va tarbiya berish, barkamol insonlarni voyaga yetkazish bо‘lib xisoblanadi. Bu haqda Prezidentimiz I.A.Karimov «Aql zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qо‘ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi1» deb kо‘rsatganining о‘zi jamiyatmizning yuksalishida va uning rivojlanishida ilmning boshqa sohalari bilan bir qatorda zamonaviy geografiyaning ham tutgan о‘rni aloxida e’tiborga loyiq. Zamonaviy geografiyani о‘qitishda innovatsion texnolgiyalardan samarali foydalana olish eng birinchi navbatda о‘qituvchining faoliyatiga, nazariy bilim darajasiga, tashkillashtirish qobiliyatiga va pedagogik mahoratiga bog‘lik. Bugungi kun ta’lim tizimining talablaridan kelib chiqqan holda innavatsion texnolgiyalardan geografiya darslarida mavzuga mos turda saralab olish va olib borishdan kо‘zda tutiladigan maqsadlar quyidagicha taqsimlanadi: -о‘quvchilarning geografiya faniga va u orqali о‘zi yashayotgan о‘lka tabiatiga mexr-muxabbatni shakllantirish, -ularning nazariy bilimlarni chuqur о‘rganishida, о‘zicha fikrlay olishi hamda о‘rganilgan bilimlarni amalda bajara olishida muhim о‘rinni egallash; -о‘rganilayotgan mavzuni yengil uzlashtira olishga yordam berish va boshqada shunga о‘xshagan ahamiyatli vazifalarini о‘z ishiga oladi. Innavatsiya (inglizcha - innavatsion) yangilik kiritish, yangilik demakdir. Innavatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda talaba (o’quvchi) faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalanadi. O’quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu aniq ketma – ketlikdagi yaxlit jarayon bo’lib, u talaba (o’quvchi)larning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. Uzluksiz geografik ta’lim milliy ta’lim tizimining barcha bosqichlarini o‘zida qamrab oluvchi va iyerarxik pog‘ona joylashtiruvchi bilim berishni oddiydan murakkab tomonga olib boruvchi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ko‘ziga yaqqol tashlanayotgan ularni “Atrof-olamga sayohat” ruknida bolalarga ochiq havoda tanishtiruv sohalarini saoatlarini o‘tkazish va rasmlar chizdirish tavsiya etiladi. Barchada esa bolalarga ochiq havoda tanishtiruv soatlarini o‘tkazish va rasmlar chizdirish tavsiya etiladi. Geografiya darslarni о‘qitishda avvaldan takomillashtirilgan ta’lim metodlari: ogzaki bayon, suhbat, darslik va qо‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash, kuzatish va tajriba, amaliy ishlar va shuning bilan bir qatorda innovatsion texnologiyalardan tо‘g‘ri foydalana bilish- bu о‘quvchilarning fikrlarni oydinlashtiradi, darsga jadalligini orttiradi. Innovatsiya – bu inglizcha «yangilik kiritish» degan tushuncha bulib, о‘qituvchi tomonidan geografiya darsida yangiliklar, interfaol metodlar bilan boyitilib, tuldirilib borilishi kerak. Bu metodlar alohida emas, bir-birlari bilan bog‘lik xolda olib borilishi natijasida mavzuni tushuntirish vaqtida amalga oshirilib boriladi. О‘qituvchi tomonidan klaster (tarmoklar) uslubi har bir darsda о‘quvchilar bilan birgalikda aloqalarni kо‘rsatish uchun foydalanilsa, bu qulay va ihcham uslub bо‘lib hisoblanadi. Innovatsion texnologiyalardan «Skarabey», «Bumerang», «Veyer», «FSMU» texnologiyalari murakkab kо‘rinishlari bilan ajralib turadi. Masalan, FSMU TEXNOLOGIYASI Trening haqida tushuncha. Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, baxs – munozaralar о‘tkazishda yoki о‘quv – seminari yakunida (tinglovchilarning о‘quv – seminari haqidagi fikrlarini bilish maqsadida) yoki о‘quv rejasi asosida biron bо‘lim о‘rganib bо‘lingach qо‘llanilishi mumkin, chunki bu texnologiya tinglovchilarni о‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va о‘z fikrini boshqalarga о‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda о‘quvchi – talabalarni, о‘quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga о‘rgatadi. Maqsad. Ushbu texnologiya tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga о‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi. О‘tkazish texnologiyasi. Ushbu texnologiya bir necha bosqichda о‘tkaziladi: Download 192.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling