Geografiya o'qitishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish reja
Download 192.5 Kb.
|
GEOGRAFIYA O\'QITISHDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 О‘zbekiston geografiyasini ta’lim –tarbiyaviy vazifalari
- Abu bakr Muhammad ibn jafar Narshahiy
- Abu Rayxon Beruniy
- Alisher Navoiy
- Xofiz Tanish Buxoriy
- Ahmad Donish (
- Fitratning iqtisodiy
GEOGRAFIYA O'QITISHDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH Reja: О‘zbekiston geografiyasini ta’lim –tarbiyaviy vazifalari Geografiya ta’limida yangi pedagogika texnologiya Geografiya ta’limini amalga oshirishda interfaol usullarda foydalanish 1 О‘zbekiston geografiyasini ta’lim –tarbiyaviy vazifalari О‘zbekiston tabiiy geografiyasini maktab geografiya ta’limi tizimida ta’lim –tarbiyaviy ahamiyati katta bо‘lib, о‘qitishning о‘ziga xos usul va shakllarida bayon qilinadi. О‘zbekiston tabiiy geografyasida о‘quvchilarga tabiat komponentlarining bir-biriga bog‘liqligi va ta’siri tufayli vujudga kelgan tabiiy sharoit haqida tushunchalar beriladi. Shu bilan birga о‘quvchilarni tabiat va uning boyliklarga nisbatan oqilona munosabatda bо‘lish uchun nazariy bilim olishga zamin yaratadi. О‘zbekiston tabiiy geografiyasi О‘rta Osiyo tabiiy geografiyasidan keyin о‘rganiladi. Bunda о‘rganiladigan materiallar О‘rta Osiyo va О‘zbekistonning bir-biriga taqqoslash bilan о‘rganiladi. О‘zbekiston tabiiy geografiyasini о‘rganish uchun zamin bо‘ladigan bilmlar boshlang‘ich sinflarda tabiatshunoslik kursida о‘rganilgan. Bu yerda yil fasllarning о‘zgarishi tabiatda о‘simlik va hayvonlarda bо‘ladigan о‘zgarishlar, tabiat hodisalari orasidagi aloqalar va о‘lka tabiati haqida dastlabki bilimlar berilib, tabiat qо‘yniga sayoxatlar uyushtiriladi. Bundan о‘quvchilar о‘lkamiz relyef shakllari, foydali qazilmalari, tuproq, о‘simlik, hayvonot dunyosi haqidagi tushunchaga ega bо‘ladilar. Tabiiy geografiyada о‘lka haqidagi tushunchaga ega bо‘ladilar. Tabiiy gaografiyada о‘lka haqidagi tushunchalar kengaytirilib quruqlik va suv yuzasining notekis isishi, yuqoriga kо‘tarilgan sari haroratining pasayishi, bulut va yog‘inlarning vujudga kelish sabablari, О‘zbekistonda yil fasllarining о‘zgarishlari, ob-havoning о‘zgarish omillari, suvning tabiatdagi ishi, jarlar, vodiylarning vujudga kelishi, suvning inson faoliyatidagi ahamiyati, quruqlik yuzini tashkil etuvchi jinslar, tabiat komponentlari va ular о‘rtasidagi aloqalar, О‘zbekistondagi balandlik mintaqalari va tabiat muhofazasiga oid dastlabki tushunchlar bilan tanishadilar. Tabiiy geografiyani о‘rganish jarayonida geograik qobiq haqida bilimlar kengaytiriladi. Materiklar va okeanlar geografiyasida burmali va palaxsali tog‘larning paydo bо‘lishi, tashqi kuchlar tasirida yemirilish, platformalar, qalqonlar va boshqa xodisalar haqidagi bilimlar beriladi. Shuningdek, iqlim va uni hosil qiluvchi omillar bilan tanishtiriladi. Shundan sо‘ng О‘rta Osiyo geografiyasida soat mintaqalari, geologik sanalar, platformalar, yer yuzasining paleogeografik taraqqiyoti, quyosh radiatsiyasi, atmosfera frontlari, siklon va antiksiklon, bug‘lanish va namlik koeffitsiyenti, daryo vodiysining taraqqiyoti, yer osti va yer usti suvlari, tuproqlarning paydo bо‘lishi va turlari, tabiat boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish tushunchalarini egallaydilar, hamda kartografik proyeksiyalar, geografik xodisa va obyektlarning kartada tasvirlanishi, geologik, tektonik, sinoptik kartalar va shular yuzasida mashqlar bajariladi. Tabiatda hodisalarini kuzatish О‘zbekiston geografiyasida ham muhim ahamiyat kasb etadi. О‘zbekiston tabiiy geografiyasi О‘rta Osiyo tabiiy geografiyasining tarkibiy qismi bо‘lib, О‘zbekiston tabiiy geografiyasi о‘rganilayotganda mamlakatimiz tabiiy sharoiti boshqa mamlakatga, yoki dunyo miqyoslab ilmiy asosda о‘rganiladi. Bunda о‘quvchilarning fikrlash qobiliyati о‘stirilib, amaliy kо‘nikma hosil qilinadi. О‘zbekiston geografiyasida о‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish estetik did va ijodiy qobiliyatni rivojlantirish kabi ishlar ham kiradi. Ilmiy dunyo qarashni shakllantirish respublikamiz tabiiy sharoitini о‘rganishdan boshlanadi. О‘quvchilar geografik unsurlar, tog‘ jinslari, relyef shakllari, yer usti va yer osti suvlari, о‘simlik va hayvonot dunyosini bir-biriga bog‘liqligi, о‘zaro ta’sir etib, tabiiy sharoitni tarkib topishini bilib oladilar. Masalan, О‘zbekiston hududida g‘arbda past tekislik, sharqda tog‘lar kо‘p. Bundan tashqari toqqa chiqqan sari harorat pasayadi, yog‘in ortadi, о‘simlik, iqlim, tuproq о‘zgaradi. О‘zbekistonning tekislik qismida yog‘in kam, bug‘lanish kо‘p. О‘zbekiston geografiyasini о‘rganishda о‘quvchi tabiiy jismlar, xodisalar uzluksiz о‘zgarib turishga ishonch hosil qiladi. Bunga yil fasllari davomida tog‘ jinslarining yemirilishi, suv tasirida vodiylarning vujudga kelganligi, allyuvial tekisliklarning hosil bо‘lishiga sabab bо‘ladi. Relyef , foydali qazilmalariga о‘rganilayotgan tektonik tuzilma ham tasir qiladi. О‘zbekiston tabiiy geografiyasida vatanparvarlik g‘oyalari singdiriladi. Tabiatni muhofaza qilish- vatanni muhofaza qilish demakdir. Tabiat unsurlaridan birining о‘zgarishi, boshqalarning о‘zgarishiga olib keladi. О‘zbekistonning iqlimi о‘rganiayotganda suvlarni toza saqlash, tejamkorlik bilan foydalanish, tuproq, о‘simlik, hayvonot dunyosini muhofaza qilish tadbirlari bilan tanishtiriladi. Tabiat qо‘ynida bо‘lganda biz tabiatdan zavq olamiz. Darsda tabiat manzaralari tasvirlangan kino va diafilmlar kо‘rsatish, muzeyga borish о‘quvchilarning estetik didini shakllantiradi. Umuman О‘zbekiston tabiiy geografiyasini о‘rganishda tarbiyaviy ishlar rejali olib borilsa, о‘quvchilarda insonparvarlik g‘oyalarini shakllantirish yaxshi yо‘lga qо‘yiladi. 1.5 Allomalarimiz vatan geografiyasi haqida Abu bakr Muhammad ibn jafar Narshahiy (899-956) Buxorolik tarixchi olim о‘zining “Buxoro tarixi asarida Buxoro viloyatining tarixi, shaharlari qishloqlari, boyligi, sanoati va aholisi tо‘g‘risida bergan ma’lumotlari juda muhimdir. Buxoro shahrining Numujkot, Madinat al Sufrmn (Mis shahri) Madinat Tujor (Savdogarlar shahri, Fohira degan nomlari bо‘lganini aytib, “Xurosonda hech bir shaharga bunchalik nom berilmagan deydi. Buxoroda “juyi Mumiyon kabi gо‘zal joylar bog‘lar, gulshanlar ming tarafga о‘tkazilgan ariqlar bir-biri bilan kesishgan. Ularning bunday joylanishini mohir usta va me’morlar uylab topganlar. Zarafshon daryosi Rudizar va Xaramkom deb tilga olinadi. Xaramkom suvi Boykendga oqib boradi. Boykend tо‘qayliklarga va katta kо‘lga tutashadi. Bu kо‘lni ... Bargin Farax yoki Qorakо‘l deb ataydilar. Uning kengligi 20 toshdir. U SHо‘ofirkon nomini Shopurkom- Shopur qazdirgan ariq nomidan kelib chiqqan deydi.yexni ham Konimex nomidan kelib chiqqan degan fikrni beradi. Afshonp katta bir shahar bо‘lib qal’asi bor, bir necha qishloqlar unga qarashlidir. Haftaning bir kuni bozor bо‘ladi. Karmina da mulla va shoirlar kо‘p bо‘lgan. Karminani bad’ian xuddak (kichkina tog‘ora, kichik obdasta) deb ataganlar. Buxorodan Karminagacha 12 toshdir. Abu Rayxon Beruniy (973-1048) Beruniy asarlarida Vatan geografiyasiga oid Kot-Xorazmning ikkinchi shahri, eng qadimiylaridan, Jayxunning sharqiy qirg‘og‘ida Xorazm viloyatida uzunligi 85 gradus, kengligi 41 gradus 36 minut. Tavoval-xar yili bozor bо‘ladigan joy Buxoro viloyatida, uzunligi 87 gradus 50minut, kengligi 39 gradus 30 minut. Binkot –Shosh shaharlaridan biri, turkiycha Toshkent. Bu yunonlarning Burjal Xijra qalasidir. Kesh shahri forscha Ma’jamat deb yuritilgan. Sirdaryoning eng qadimiy nomi Xasart yunonlar uni buzib Yaksart deganlar (Kasart). Amir Temur ham о‘lka geografiyasiga munosib hissa qо‘shgan Xofizi Abruning “Tarixlar qaymog‘i” kitobida Darg‘om kanalini kengaytirgani Samarqand atrofida bog‘lar bunyod qilgan. Ular hozirgi qо‘riqxona, milliy bog‘larga tо‘g‘ri keladi. Xofizi abru (1362-1431) “Tarixlar qaymog‘i” (Zubdatat tavarix) kitobida Samarqandning qisqacha tarixidan sо‘ng uning atrofida bog‘lar Bog‘i bо‘ldi, bog‘i Amirzodai Shoxrux bog‘i, Zag‘on bog‘i, Baland, Amirzodai Ulug‘bek bog‘i, bog‘i maydon, Shamol bog‘i, Dilkunsho bog‘i, Chinor bog‘i, bog‘i Behisht, ariqlari juybori Bozor, juybori Mazdaxin, juybori Karand, juybori Obiraxmat va qishloqlariga ta’rif berilgan. Shovdor- Samarqandning janubida, aholisi baquvvat va sog‘lom. Bu nohiyaning buyi 10 farsang. Odamlarning ot-ulovi kо‘p. Yorqat –bu tumanning suvi aksari chashmadan chiqadi. G‘allachilik bilan mmashg‘ul. Yaylov kamroq. Kо‘xak (Zarafshon) daryosining suvi quyi oqimda suv kо‘payganda Amudaryogacha yetib boradi. Buxoro va uning atorflari. Buxoroning mevasi hamma mevalardan yaxshi va shirindir. Xususan olxо‘ri. Buxoroda qaynatilgan qiyomni asaldan farq qilib bо‘lmaydi. Dashtida mol bisyor. Kesh – uni Shaxrisabz ham derlar .... Yaqinda tog‘ bor, u tog‘da Xarsangtuz bor ... suvlari farovondir. Qarshi suvi Kesh suvining oxiridir. Naxshab - uni Nasaf ham derlar. Qarshi nomi bilan mashxurdir. Bu qadimiy shahar tekis yerda joylashgan. Termiz – jayxun kamori bо‘yidagi shahar. Kо‘handiz (ark) va shahristoni bor. Ekinzorlari surxondan (Chog‘aniyon) suv ichadi. Zahriddin Muhammad Bobur (1483-1530) Bobur о‘zining “Boburnoma”sida о‘zi tug‘ilib о‘sgan yurt, Vatani, uning tabiati, iqtisodiy, ma’naviy resurslari, mehnatkash yaratuvchi xalqi tо‘g‘risida tо‘lqinlanib yozgan satrlarini hayajonlanmay о‘qish qiyin. U Andijon xaqida, Farg‘ona qovuni va uzimi yaxshi bо‘lur. Qovun mahalida poliz boshida qovun olmoq kerak, yoki Samarqand tо‘g‘risida shunday yozadi. “Samarqand shahri ajab orasta shahardur, bu shaharda bir xususiyat borkim, о‘zga kam shaharda andoq bо‘lg‘ay. Har xirfagarning bir boshqa bozori bor, bir-birilariga maxlut emasdur tavr rasmedur. Xо‘p navoliqlari va oshpazliklarga bordur. Olamda yaxshi qog‘oz Samarqanddan chiqar. Juvoz qog‘ozlari suvi tamom Konigildan keladur. Yuqoridagi fikrlarning ahamiyatli tomoni shundaki Boburning yaratuvchanlik, iqtisodiyotni yaratish ishlab chiqarishga qiziqishlari bayon etilgandir. Modiy ne’matlarning uzoq-uzoqlarga olib borish va mashhur bо‘lib ketishi о‘sha davr iqtisodiy va ijtimoiy siyosatining natijasi bо‘lsa, boshqa tomondan, ular savdogarlarning olijanob xizmatlari tufaylidir. “Bobornomada” bir yurt boshqa yurtlarga olib borilishi, almashuvi aholi ehtiyojlarini qondirilishi va ularning ahamiyati maroq bilan hikoya qilinadi. Alisher Navoiy (1441-1501) A.Navoiy о‘zining “Saddi Iskandariy” dostonida Zarafshonni Kо‘hak daryosi deb nomlagan uning jannat anhori desa mubolag‘a bо‘lmaydi chunki uning quvvatsiz odam ichsa darmonga kiradi. Zarafshon kishi umridek tez oqar daryo ediki, uning suvi har bir shahar va har bir odam yerlarini sug‘orish gullatishidan shod bо‘ladi va oxiri hamma suvlar qum tuproqlarga singib zoye bо‘lib ketadi. Zarafshonni Nil daryolariga qiyoslaydi. Samarqand haqida: Zarafshon daryosi CHо‘ponga tepaliklari yonida bunyod etilganligi quyidagi misralarda ifodalaydi. Aning yonida shahr bino, Ki о‘ltirmaslik anga gardi fano. Iskandar atadi Samarqand ani, Samarqand firdavsmonand oni! “Sab’ai sayyor” dostonida Shahrisabzni shunday tasvirlaydi: Dedilar Kishvari durur dilkash, Oti ham Shaxrisabz yerur, ham kash. Xizr monand sabzadan rangi, Sabzasi suyi kо‘zgusida rangi. Shaxrisabz о‘ldi chun mulkat Yо‘q ajab gir yashil durur qisvat” Otini Shaxrisabz ham Kesh deb yuritiladigan va dilkash odmalar yashaydigan mulkdan, tiriklik ramzi bо‘lgan yaxshilik – suvning kо‘katlarning boringki butunborliq tabiatida о‘z aksini topganki shuning uchun bizning kiyimlarimiz shu rangda. Shaxrisabzdek yashil obod yurt kam uchraydi. Xofiz Tanish Buxoriy (XVI asr) о‘zining “Abdullanoma” nomli asarida Movaronnaxrning kо‘rki – tо‘rt tomnidan joylashgan tо‘rt shahidir. Ularning har biri kо‘rkam jannatdan ham yaxshiroqdir. Birinchisi – ilmufazl manbai bо‘lgan Buxoro uning tuprog‘i Rum va Chin mamlakatlariga faxrilidir. (ikkinchisi) saltanat о‘rni xazrat Samarqand Shoi-sharafida boshqa shaharlarga nisbatan uzukdek tojda esa kо‘zdekdir. Ulardan sо‘ng avliyo va sahobalar makoni Termiz jahonda oqar suvlar g‘ayr qiladigan daryo labidadir. (Tо‘rtinchisi) ishrat joyi, poklik mavzui, sо‘filar makoni (Xо‘jand). Ahmad Donish (1827-1897) Axmad Donish Buxoro shahrining kattagina reja-chizmasini chizgan, bu rejada shaharning barcha darvozalari, kо‘cha va ariqlarning nomlari yozib quyilgan. Uning Buxoro vohasini sug‘orish maqsadida Amudaryodan suv keltirish rejasi irrigatsiya tarixi uchun muhimdir. Bu g‘oya bizning kunlarga kelib amalga oshdi. YA’ni Amu-Buxoro, Amu- Qorakо‘l, Amu-Qarshi, Amu- Zang kanallari buning isbotidir. Fitratning iqtisodiy - geografik qarashlar. Halqimizning mustaqillik g‘oyalari va intilishlariga о‘zining sermazmuni va kо‘p qirraliart faoliyati bilan munosib hissa qо‘shgan Abdurauf Fitrat (1836-1937) turli janrlardagi adabiy asarlari bilangina emass, balki tarixiy – geografiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlari bilan xamо‘chmas iz qoldirgan. Ayrim mamlakatlar halqi hayotini izchanlik bilan kuzatgan ulkan adib iqtisodiy geografik muammolarni ham e’tiborsiz qoldirmagan. Fitratning Hind sayyohining Qissasi bunga dalil bо‘ladi. Asar mazmuni bilan tanishish, iqtisodiy-geograf sifatida quyidagi xulosa va mulohazalarga olib keldi: -о‘zining kuzatishlari, ikkinchi darajadagi maqsadlarga tayanib, Buxoro amiroligida feodal iqtisodiyotning asosiy yо‘nalishlarini tо‘g‘ri tushunib, ularga haqiqiy baho -baho mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanish yо‘nalishlarini о‘rganib, Buxoro amirligi iqtisodiyotini boshqarishda yо‘l qо‘yilayotgan kamchiliklarni kо‘rsatib berishga harakat qilgan. Bu yо‘nalishda qator tavsiyalar bergan. -Buxoro iqtisodiyotini qayta qurishda ilm-fan taraqqiyoti muhim ahamiyatga ega ekanligini kо‘rsatish bilan birga, amirlikdagi о‘rta asrlardan beri davom etib kelgan ta’lim tizimini yangicha usulga kо‘chirish haqida tavsiyalar bergan. -Asarda Fitrat о‘zining ilg‘or ma’rifatparvarlik g‘oyalarini kitobxonga yetkazish maqsadida о‘z fikrlarini diniy adabiyotlar asosida ham quvvatlashga harakat qilgan. Asarning eng muhim qirralaridan biri Fitrat tomonidan tarixda Yevropa mamlakatlari dastlab musulmonlar bilan yaxshi munosabatlar о‘rnatib, juda kо‘p moddiy-ma’naviy jihatdan manfaatdor bо‘lganliklari, kо‘p kashfiyotlar, ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotini belgilovchi iqtisodiy usullarni sharq halqlarida о‘rganganligini kо‘rsatishga harakat qilgan. Hind sayyohi Buxoro viloyati bzylab sayyohat qilar ekan, Buxoro halqining jahon madaniyatiga qо‘shgan hissasini aniqlashga , ilgarigi iqtisodiy taraqqiyotda saqlanib qolganlariga alohida e’tibor beradi. “Qarshi, - deb kо‘rsatiladi kitobda, - Buxoroning katta shaharlaridan biridir. Bir vaqtlar shaharning tijorati Buxorodagichalik ekan, biroq temir yо‘l bо‘lmaganligi sababli, savdo ancha orqada qolgan. Sanoatning hunarmandchiligi poytaxt sanoatidan yaxshiroq. Halqi obdasta yasash va gilam tо‘qishda о‘ta mohir. Ayniqsa, olacha tо‘qishda tengi yо‘qdir. Biroq, afsuski, ushbu narsalarning barchasida eski usulda tayyorlaydilar. YA’ni korxonalarning barchasida qо‘l mehnati ustun. Bu о‘rinda Fitrat Qarshida tо‘qilgan olacha Odessa bojxonasida xajga borayotgan musulmonlar yuklari orasida kuzatilgan, bu tо‘qish Qarshida emas, Fransiyada tо‘qilgan deb notо‘g‘ri boj olganligini aytib, Qarshi olachasi sifat jihatidan mashinada tо‘qilgan olachadan ustunligini kо‘rsatishga harakat qilgan. Uning fikricha, tijorat yо‘llaridan biri “ixtiroj sa’nati” ya’ni, yer osti boyliklarini qazib olish va “amal san’ati” yangi uskunlar, (Fabrika, zavodlar) ni ishga solish kerak bо‘lgan. Ulkan olim va adib Fitrat butun О‘zbekistonni kelajakda gullab yashnashi, iqtisodiy jihatdan mustahkamlanishini orzu qilgan va bu asosda halqimiz farovonligini yuksalishga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirildi. Buxoroda, ayniqsa, yer osti boyliklarni ishga solishga qaratilgan tadbirlar kо‘zga tashlanadi, qishloq xо‘jaligi sohasida paxtachilik va boshqa tarmoqlarniyanada rivojlanishiga katta e’tibor berilmoqda. Shu bilan birga buxoroliklarni respublikamiz ilm-faniga qо‘shayotgan hissalari tobora ortmoqda . Bu ulkan muvaffaqiyatlar va olimlar, shu hisobda Fitratning ham munosib hissasi bor. Download 192.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling