Geografiya ta’lim vositalarireja : Geografiyada ta’lim usullariga qo‘yiladigan pedagogik, didaktik talablar Geografiya ta’limi usullari tasnifi

Download 0.69 Mb.
Sana23.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1392457
Bog'liq
GEOGRAFIYA TA’LIM VOSITALARI

GEOGRAFIYA TA’LIM VOSITALARI R e j a :   1. Geografiyada ta’lim usullari 2. Ta’lim usullariga qo‘yiladigan pedagogik, didaktik talablar 3. Geografiya ta’limi usullari tasnifi
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar muayyan bilimlar, ko‘nikma va malakalarni egallaydilar. O‘quv materiali mazmuni ta’limning turli vositalari yordamida va turli usullar bilan o‘zlashtiriladi. Shu sababli har doim o‘qituvchi oldida muvaffaqiyatliroq va samaraliroq o‘qitish va o‘qishga yordam beradigan yo‘llarni tanlash muammosi turadi. O‘quv materialini o‘rganishning turli shakllarini qidirish, darsning maqsadlari, vazifalarini anglab olishdan boshlanadi.

Uslub-so‘zi grekcha metodos-so‘zidan olingan bo‘lib, aynan tadqiqot degan ma’noni anglatadi. Didaktika fani uslub terminiga ta’rif berish bo‘yicha aniq bir qoidani ham yaratganicha yo‘q. Bu masala borasida turli ta’rif va qoidalar mavjud. Didaktika fanida ta’lim jarayonidagi birgalikdagi faoliyati tushuniladi. Bunda ular qo‘yilgan maqsad uchun birgalikda harakat qiladilar. Uslub o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati turlarini, ta’lim qanday ketishligini, o‘qituvchi materialni qay darajada tushuntirishi, o‘quvchi uni qanday o‘zlashtirishi kerakligi bilan belgilanadi. Uslubning alohida detallari usul deyiladi. Masalan, yangi bilimni o‘zlashtirishda darslik bilan ishlash bunga misol bo‘lishi mumkin. Uslub va usul o‘rtasida doimiy aloqa mavjud.
Geografiya asoslarini puxta o‘zlashtirish, o‘quvchilarning bilim olish qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni hayotga tayyorlash ma’lum darajada ta’lim usullariga bog‘liq.
Ta’lim uslublari-o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar faoliyatini belgilaydigan ish usullari bo‘lib, o‘quv materialini nazariy va amaliy o‘zlashtirish shaklidir.
Ta’lim usullari o‘quvchilarga bilim berish, ko‘nikma va malakalarni egallash bilangina cheklanib qolmaydi. Ta’lim usullari deyilganda, o‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini shakllantiradigan, bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga o‘rgatadigan, ularda ilmiy bilimiga asoslangan to‘g‘ri dunyoqarash va e’tiqodni tarbiyalaydigan usullar tushuniladi.

Birinchi talab-usulning tarbiyaviyligi. Bunda har qanday usul o‘quvchilarning umumiy rivojlanishiga, bilimga qiziqishlarini, e’tiqod, xis-tuyg‘u qarashlarga ta’sir ko‘rsatadi.
Ta’limning tarbiyaviy vazifasini amalga oshirish usulning tanlanishiga bog‘liq. Ikkinchi talab-usulning ilmiyligi. Dars berish va ta’limning har qanday usuli o‘quv jarayonining qonuniyatlari bilan belgilanadi.
Usul ilmiy jihatdan qanchalik asoslangan bo‘lsa, shunchalik ravshan va aniq bo‘ladi. Eng muhimi shundaki biror usul yordamida qanday umumiy va aniq vazifalarni hal etish mumukinligini, u qanday mazmunga mos kelishini, faoliyatining qanday turlarini talab qilishini va ularni qanday tashkil etish lozimligini ko‘ra bilish kerak. Usluning ilmiyligi geografik voqea va hodisalarni, qonuniyatlarni to‘g‘ri anglanishini ta’minlaydi va o‘quvchilarni to‘g‘ri ilmiy tasavvurga olib boradi.
Uchinchi talab-usulning ommabopligi. Bunda o‘quvchilar rivojlanishining pedagogik-ruhiy imkoniyatlari ee’tiborga olinadi. Agar usul o‘quvchilarda mavhum tafakkurni ham e’tiborga olib tashlansa, o‘quvchi murakkabroq materialni ham egallay oladi va jadal rivojlanadi. Demak, usul tanlayotganda o‘quvchi nimani tushunishi kerakligi haqida emas, balki u nimani tushuna olishi haqida ham o‘ylash kerak.
To‘rtinchi talab-ta’lim usulining samaradorligi, uning o‘quv materialini mustahkam egallashga qaratilganligidir.
Beshinchi talab-o‘z ish faoliyatida ilg‘or tajribalarni qo‘llash va uni muntazam o‘rganish.
Nazariya va amaliyotda ta’lim usullari bilan bog‘liq yangiliklarni doimo o‘rganib borish lozim. Geografiya o‘qitish usullari haqida so‘z borar ekan “uslub”, “usul” degan so‘zlar yonma-yon uchraydi. Uslub, usul bir-biridan ba’zan farq qilmaydi, bir xil ma’noda yuritib kelinadi. Masalan, xaritalarni solishtirish-taqqoslash uslub deb yuritiladi. Bu noto‘g‘ri, chunki xaritalarni solishtirish uslub emas, balki u solishtirish usulidir. O‘zbek tilidagi mavjud qo‘llanmalarda taqqoslash ham, solishtirish ham birdek taqqoslash deb ishlatiladi. Bu chalkashlikdir. Taqqolash-o‘rganilayotgan geografik obektni ilgari o‘rganilgan obekt bilan taqqoslash tufayli o‘ziga xos xususiyalarni ochib beradi. masalan, Janubiy Amerika cho‘lini Osiyo cho‘li bilan Sirdaryoni Yenisey bilan taqqoslab, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beriladi. Taqqoslash og‘zaki bayon uslubining usulidir.
Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling