Geografiya ta’limida kartografik ko’nikmakarni shakllantirish
Download 186.51 Kb. Pdf ko'rish
|
8L2Kc44a5GXQ4222e8p0PkcnxI3KljuoBl7f6pq8
Geografiya ta’limida kartografik ko’nikmakarni shakllantirish. Geografiya taʼlimini kartasiz tasavvur qilish qiyin. Karta geografiya fanidagina emas, balki insonning amaliy faoliyatida ham cheksiz ahamiyatga ega. Karta obyektlar joylashgan o‘rinni ko‘rsatibgina qolmasdan, balki voqea va hodisalarni, ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni bilishga ham yordam beradi. Maktabda qo‘llaniladigan kartalar,o‘quv geografiya kartalari deyiladi. Geografiya taʼlimida kartalar ko‘rsatmali qurol va bilim manbai sifatida ishlatiladi. Kartani bilish va undan foydalana olish deganda, undan xilma-xil malumotlarni, xususan, tabiiy va iqtisodiy geografik malumotlarni bilimlarni egallab bilishiga tushuniladi. Geografiya taʼlimi metodikasi nuqtay nazardan qaraganda, karta o‘qitish vositasi sifatida 4 ta vazifani bajaradi: 1.O‘rganish obyekti bo‘lib xizmat qiladi 2.Ko‘rgazmali qurol bo‘lib xizmat qiladi 3.Geografik hodisalarni o‘rganishda bilim manbai bo‘lib xizmat qiladi 4.Karta geografiya taʼlimida psixologik-pedagogik vazifani ham bajaradi. Yaʼni uning yordamida bilimlarni egallanishi, esda qolishini shakllantiradi. Yuqoridagi 4 ta vazifa kartani o‘rganishda bir-birini to‘ldiradi, mabodo ularning bittasi bo‘lmagan taqdirda ham kartografik bilimlarini to‘la egallash qiyin kechadi. Kartani o‘rganish obyekti deyilganda uning yordamida xilma-xil geografik ma’lumotlarni olishga tushuniladi. Karta faqat o‘rganish obyektgina bulmay, balki kartani tushunishdek pedagogik maqsadga ham xizmat qiladi. Geografiya taʼlimida kartografik bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirishga quyidagi metodik yo‘llar orqali erishiladi: 1. O‘quvchilarga karta yer yuzasining kichraytirilgan tasviri ekanligi, kartadagi har bir shartli belgining maʼnosini tushunish kerak. Kartaga biron-bir belgi maqsadsiz qo‘yilmaydi. 2. O‘quvchilarni kartadan ko‘rgazmali qurol va bilim manbai sifatida foydalanishni o‘rgatish, toki o‘quvchilar kartadan o‘z bilimlarini oshirish uchun hohlagan geografik malumotlarni ola bilsinlar. 3.Karta o‘quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantiradi ularda kuzatuvchanlik, fazoviy tasavvur, mantiqiy fikrlash kabi xislatlarni ham tarbiyalaydi. Geografiya o‘qituvchisining asosiy vazifasi o‘quvchilarda quyidagi kartografik ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. 1.Joyda va kartada mo‘ljal ola bilishni; 2.Kartada o‘lchash ishlarini bajara olishni; 3.Umumgeografik,tematik kartalarni qiyoslay olish va o‘qiy olishni; 4.Bir xil va turli masshtabdagi kartalarni taqqoslay olishni; 5.Karta asosida geografik obyektlarga, xududlarga, mamlakatlarga, tabiat zonalari va tabiiy komplekslarga taʼrif yoza olishni; Kartografik ko`nikma va malakalarni shakllantirishni quyidagi tizim asosida olib borish maqsadga muvofiq: a)boshlang`ich sinflarda va geografiyaning birinchi darsidan boshlab,to maktabni bitirgunga qadar geografik kartani o`qish buyicha uzluksiz mashg`ulotlar o`tkazish, hamda undan mustaqil ravishda bilimlarni ola bilish: b)dars maqsadini aniq tasavvur etish, uni bevosita karta bilan uyg`unlashtirish va unga erishish yullarini izlash. v)muammoli savollar tug`ilganda, albatta, kartaga murojaat etish, egallangan kartografik bilimlar yordamida mustaqil xulosalar chiqara bilish. Karta asosidagi asosiy ilmiy bilimlar va eng oddiy ko`nikmalar boshlang`ich tabiiy geografiya kursining "Plan va karta" mavzusida beriladi. Ushbu mavzuni tahlil qilish shu narsani ko`rsatadiki, uning asosida karta tuzish tushunchasi yetadi. Haqiqatan ham kartaning qanday tuzilganligini bilmasdan, undan bilim manbai va ko`rgazmali qurol sifatida foydalanish ancha mushkul. Mavzuning qolgan tushunchalari (joyni rasmda aks ettirish, aerosurat, kosmik surat, reja, kartada va kartasiz mo`ljal olish, masshtab shartli belgilar, mutloq va nisbiy balandlik,daraja turi va boshqalar) yordamchi yoki asosiy tushunchaga buysunadi. Bundan ushbu tushunchalarni o`rganish ikkinchi darajali, degan xulosaga kelmaslik kerak. Chunki, bu bilimlarsiz kartaning tuzilishini o`rganib bulmaydi. Karta tuzilishini puxta bilish uchun, eng avvalo ko`z bilan chamalab plan olishni, nevilerlashni har bir o`quvchi bilishi lozim. Ammo ko`pgina o`qituvchilar bunga yetarlicha e`tibor bermaydilar. Zarur geografik bilimlarni egallash uchun, o`quvchilar ob`ektlarning kartografik obrazlarini tasavvur qila olishlari maqsadga muvofiq. Kartografik tasavvur kartani o`qish jarayonida shakllanadi. Karta o`qish-kartografik metodning eng muhim qismlaridan biri. Karta o`qishda, inson kuzatish faoliyatida narsa va hodisalarning tasavvuri paydo bo`ladi. O`quvchilarning karta o`qishdagi xatoliklarini tahlil qilish shuni ko`rsatadiki, ular yul quyadigan aksariyat xatoliklar ular kuzatishni bilmasligidan kelib chiqadi. O`quvchilar kuzatish jarayonida kartadagi zarur belgilarga yetarlicha e`tibor bera olmasliklari tufayli ham yuqoridagi kamchiliklar paydo bo`ladi. Kartani o`qishni o`rganish va zurur ko`nikmalar hosil qilish uchun quyidagilarga e`tibor berish kerak: 1.Geografik ob`ektni o`rganish rejasini mukammal bilish 2.Kartadagi har bir geografik ob`ekt shartli belgisini xaqiqatda qanday ekanligi- ni tasavvur etish 3.O`rganilayotgan ob`ektning obrazini hayolan tiklay olish O`quvchi kartani bilish uchun quyidagilarga e`tibor berishi kerak: 1.Geografik ob`ektning kartadagi tasvirini aniq egallab olishi. 2.O`rganilayotgan ob`ekt haqida fazoviy tasavvurga bo`lishi hatto, kartaga qaramasdan uning xarakterli xususiyatlarini ayta olishi. 3.Ushbu ob`ektning kartadagi boshqa ob`ektlar bilan aloqasini o`rnata olishi va o`rganilayotgan ob`ektning obrazlarini ham tiklay olishi. Kartani bilishdagi eng muhim xususiyatlardan yana biri, kartografik belgilarning nimalar (rang, chiziqlar, belgilar, so`zlar, raqamlar)ni aks ettirishini puxta bilish lozim. Faqat shundagina nafaqat kartani o‘qiy olishi balki, uni tushunish ham ancha yengillashadi. Geografiya ta`limida aksariyat hollarda zurur bilimlarning hammasini ham kartografik manbalardan olib bo`lmaydi,ularni nazariy manbalardan ham izlashga to`g`ri keladi. Masalan: turli tipdagi kartalarni tahlil qilish orqali Surxondaryo viloyatining O`zbekiston janubida joylash-ganligini, relefdagi va foydali qazilmalarini, u yerda Amudaryo, Surxondaryo kabi daryolar borligini, sharqda Tojikiston, janubda Afg`oniston bilan chegaradoshligini bilib olsa bo`ladi. Ammo nima sababdan Surxondaryo quruq subtropikda joylashganligini, sitrus mevalar o`sishini viloyatning ixtisosli tarmoqlarini va xakozolarni geografiyaning nazariy bilimlari egallamasdan turib faqat karta orqali tushunib bo`lmaydi. Kartani tushunish geografik ob`ekt va hodisalar o`rtasidagi aloqadorlikni nazariy bilimlar bilan bog`lab isbotlay olishni ham o`z ichiga oladi. Demak, kartani tushunish kartografik bilimlarni namoyon bo`lishidagi oddiy shakl desak xato qilmaymiz. Chunki kartografik bilimlarni o`quvchilar uzoq mashqlar orqaligina egallaydilar. Ma’lumki, fikrlash jarayoni murakkab, qator aqliy jarayonlarni - taqqoslash, tahlil, sintez, xulosa chiqarishni o`z ichiga oladi. Bu jarayonlarsiz kartografik va geografik bilimlarni egallash qiyin kechadi. Karta-faqat bilish manbaigina bulmay, balki muhim ko`rgazmali qurol hamdir. Karta o`quvchilarni faollashtirishda muhim omil bo`lib xizmat qiladi. Karta bilan ishlashda qo`yidagi darajalarni ajratish maqsadga muvofiq: Download 186.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling