Kadrlar tayyorlash milliy dasturining tarkibiy qismlari
|
Shaxs
|
kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi
|
Davlat va jamiyat
|
ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari
|
Uzluksiz ta’lim
|
malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi
|
Fan
|
yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi
|
Ishlab chiqarish
|
kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi
|
Me’yoriy-huquqiy hujjat
|
Qonunga muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat
|
Oliy Majlis
|
Davlatning qonun chiqaruvchi oliy vakillik organi
|
Parlament
|
Fransuzcha so‘zdan olingan bo‘lib, «gapirmoq» degan ma’noni anglatadi
|
Senat
|
Davlatning oliy organi bo‘lib, Oliy Majlisning yuqori palatasi hisoblanadi
|
Konstitutsiya
|
“Constitution” lotincha so‘z bo‘lib “tuzish” degani. “Qoida” va “nizom” ma’nolarini anglatadi. Konstitutsiyada jamoat va davlat tuzilishi, davlat hokimiyati va boshqaruvining asoslari, fuqarolarning asosiy huquq va majburiyatlari aniq belgilab beriladi
|
Qonun
|
Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadigan, sohaning strategik rivojlanishini ifodalovchi, uzoq muddatga mo‘ljallangan, takomillashib boruvchi hujjat
|
Qaror
|
Davlat organi yoki mansabdor shaxsning o‘z vakolati doirasida muayyan maqsadga erishish yo‘lida qabul qilinadigan va biror oqibat keltirib chiqaradigan hujjat
|
Farmon
|
Tegishli soha yoki muhim ob’ektga, voqeylikka nisbatan chiqarilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriq va ko‘rsatmalarini ifodalovchi me’yoriy hujjat
|
Farmoyish
|
Ijro etish muddati tezlikni, operativlikni talab etuvchi vakolatli idoralar rahbarlari tomonidan chiqariladigan me’yoriy hujjat
|
Buyruq
|
Sohaga oid vakolatga ega bo‘lgan tashkilotlarning turli rahbarlari tomonidan davlat qonuni, PF va VM qarorlari hamda yuqori tashkilotlarning turli ko‘rsatmalar ijrosini ta’minlash hamda korxona, muassasa, tashkilotlar boshqaruvini amalga oshirish uchun chiqariladigan me’yoriy hujjat
|
Deklaratsiya
|
(Bayonnoma) Qonundan farqli tomoni deklaratsiya fuqaroning huquq va erkinliklarni e’lon qiladi, konstitutsiya esa fuqarolar uchun ham, shu davlat xududida yashovchi odamlar uchun ham majburiy ravishda amal qilishni o‘rnatadi
|
Qonun osti hujjatlari
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat idoralarining buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari
|
Bolaning qonuniy vakillari
|
ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar, homiylar
|
Vasiylik va homiylik
|
ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ularga ta’minot, tarbiya hamda ta’lim berish, shuningdek ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli. Vasiylik o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan, homiylik esa o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan belgilanadi
|
Etim bola
|
otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki ular sud qaroriga binoan vafot etgan deb e’lon qilingan bola
|
Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bola
|
nogironlikni belgilash uchun etarli bo‘lmagan jismo-niy, aqliy, sensor (sezgi) va (yoki) ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bola
|
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar
|
yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan, davlat va jamiyat tomonidan alohida himoya qilishga hamda qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bolalar, shu jumladan: nogiron bolalar; jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar; etim bolalar; ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar; ixtisoslashtirilgan bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalar; muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan bolalar; kam ta’minlangan oilalardagi bolalar; jinoiy javobgarlikka tortilgan va jazoni ijro etish muassasalarida turgan bolalar; zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, qurolli mojarolar va tabiiy ofatlar natijasida jabrlangan bolalar.
|
Nogiron bola
|
jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) va (yoki) ruhiy nuqsonlari bo‘lganligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan ijtimoiy yordamga, himoyaga muhtoj hamda qonunda belgilangan tartibda nogiron deb topilgan bola
|
Ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar
|
qonunda belgilangan tartibda bolaga nisbatan ota-onalik huquqini amalga oshiruvchi va ota-onalik majburiyatlarini bajaruvchi, lekin bolaning ota-onasi bo‘lmagan shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar)
|
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola
|
har qanday sababga ko‘ra ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola, bundan etim bola mustasno
|
Korrupsiya
|
shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini ѐxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy ѐki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish
|