Geografiya test


Download 207.57 Kb.
bet1/11
Sana15.12.2020
Hajmi207.57 Kb.
#167844
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
GEOGRAFIYA TEST


GEOGRAFIYA TEST

BAZA


FARG’ONA

Hozirgi kunda geografiya ta’limi jahonning ko‘pgina mamlakatlarida nechta yo‘nalishda olibborilmoqda?

*a) 3 ta;

Quyida ko‘rsatilgan davlatlarning qaysi birlarida geografiya darslari barcha o‘quvchilar uchun yagona o‘quv rejasi va dasturi asosida olibboriladi?

*a)Sharqiy Yevropa va sobiq Ittifoq o‘rnida vujudga kelgan davlatlarda;

Quyida javobda ko‘rsatilgan davlatlarning qaysi birlarida geografiya darslari barcha o‘quvchilar uchun o‘rganish majburiy bo‘lgan fanlar qatorida qo‘shimcha fakultativ mashg‘ulotlar sifatida o‘tiladi?

*a)Filippin, Fransiya, Yaponiya va ko‘pchilik mamlakatlarda;

Quyida javobda ko‘rsatilgan davlatlarning qaysi birlaridageografiya ta’limi bo‘yicha yagona davlat rejasi yo‘q, har bir o‘qituvchi maktab joylashgan sharoit nuqtai nazaridan kelib chiqib, o‘quv rejasini tuzishi mumkin?

*a)AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Yevropaning ko‘pchilik mamlakatlarida;

Quyida keltirilgan davlatlardan qaysi birida 40 - 50 yillardagi ta’lim islohotidang so‘ng ko‘pgina fanlar qatori geografiya majburiy o‘rganiladigan fanlar qatoridan chiqarib tashlandi va tarix, jamiyatshunoslik bilan birlashtirildi?

*a)AQSH;

Quyida keltirilgan davlatlarning qaysi birlarida o‘z ona tillari, iqtisod va sotsiologiya, biologiya, kimyo, ingliz tili, din va sport majburiy fan hisoblanadi?

*a)Shvetsiya va Finlyandiyada;

Fransiyaning bitiruvchi sinflari geografiya darslarida jahonning qaysi davlatlari geografiyasi chuqur o‘rganiladi?

*a) AQSH, Rossiya, Xitoy, Yaponiya;

Fransiya geografiya darsliklarining ustun tomoni nimadan iborat?

*a)Ustun tomoni shundaki, ular muammoli qilib yozilgan. Barcha muammolar «inson - tabiat» mazmunidan kelib chiqadi;

Vengriya maktablarida geografiya necha yil davomidao‘qitiladi?

*a) 7 yil;

Vengriya maktablarida bir soatlik geografiya darsi qanday taqsimot qilinadi?

*a) Geografiya ta’limi jarayonida 65% vaqt yangi mavzuni bayon qilishga, 3% ekskurtsiyalarga, 29 % amaliy mashg‘ulotlarga ajratiladi;

Osiyodagi qaysi mamlakatlarning maktablariga bolalar 5 yoshdan qabul qilinadilar?

*a)Bangladesh, Birma, Livan, Pokiston, Shri-Lanka;

Quyida keltirilgan davlatlarning qaysilarida geografiya darslarida evristik suxbat metodi keng tarqalgan?

*a)AQSH, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, G‘arbiy Yevropa davlatlarida;

Oliy o‘quv yurtlarida kadrlar tayyorlash, ta’lim tizimini isloh qilishda jahondagi qaysi mamlakatlarning tan olingan modellari mavjud?

*a)AQSH, Fransiya, Germaniya, Yaponiya;

O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy Dasturining tarkibiy qismlari quyidagi javoblarning qaysi birida to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

*a)shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish;

O‘z kuchiga ishonish, ruhiy ozodlik va mustaqil fikrlash kabi xislatlar qaysi mamlakat fuqarolarining qon-qoniga singib ketgan?

*a)AQSH;

AQSHdagi har bir abituriyent oliy o‘quv yurtiga kirish uchun qaysi fanlardan sinov (test) topshiradi?

*a) matematika va ingliz tilidan;

AQSHda ijtimoiy fanlardan doktorlik dissertatsiyasi yoqlagan talabalarning hammasiga qanday ilmiy unvon beriladi?

*a)falsafa doktori;

Qanday tarbiya, ko‘pchilik olimlarning fikricha, Yaponiya mamlakati iqtisodiy ravnaqining g‘oyaviy asosini tashkil etadi?

*a)ahloqiy tarbiya;

Xitoy Xalq Respublikasi oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari yo‘nalishiga qarab nechta fan bo‘yicha o‘tkaziladi?

*a) 7 ta;

Xitoydagi nechta oliygoh horijiy talabalar qabul qilish huquqiga ega hisoblanadi?

*a)360 ta;

XXR oliy ta’lim muassasalarida jahonning nechta davlatidan necha nafardan ortiq talabalar tahsil oladilar?

*a)175 davlatdan 78 mingdan ortiq horijiy davlat talabalari tahsil oladilar;

Fransiyada boshlang‘ich maktablarning o‘qituvchisi qanday xususiyatlarga ega bo‘lmog‘i lozim?

*a)o‘z kasbini ustasi, ajoyib notiq, san’atkor, musiqachi, sportchi, tashkilotchi, namunali xulq-atvor egasi bo‘lmog‘i lozim;

Kanadaning ta’lim sohasidagi dunyoga mashhur qaysi kompaniyasi sobiq Ittifoq, jumladan, Markaziy Osiyo, Xitoy va Turkiya mamlakatlaridan Kanadaning nufuzli universitet va kollejlariga talabalarni o‘qishga qabul qilish bilan shug‘ullanadi?

*a)EuroAsia Consulting;

PISA — 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligi va kompetentsiyasini baholovchi xalqaro dastur bo‘lib, 3 yilda bir marta qaysi tashkilot tomonidan o‘tkaziladi?

*a)Xalqaro Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti;

PISA xalqaro baholash dasturi ilk marotaba amaliyotda nechanchi yilda qo‘llanilgan?

*a)2000 yilda;

PISA xalqaro baholash dasturi ilk marotaba amaliyotda qo‘llanilganda necha davlatdan qancha o‘quvchi ishtirok etgan?

*a)32 davlatdan 265000 nafar o‘quvchi ishtirok etgan;

Jahondagi qaysi mamlakatlarda STEAM-ta’limi sohasida davlat dasturlari amalga oshirilmoqda?

*a)AQSH, Singapur, Koreya, Avstraliya, Xitoy, BuyukBritaniya, Isroil;

Quyida keltirilgan olimlardan qaysi birini xaritalar to‘plamini birinchi geografik atlas deb hisoblash mumkin?

*a) Klavdiy Ptolomey;

Dastlabki ibtidoiy globuslarni miloddan avvalgi II-asrda qaysi yunon olimi yasagan?

*a) Krates Mallskiy;

Abu Rayxon Beruniy o‘zi yasagan globus haqida o‘zining qaysi asarida yozib qoldirgan?

*a) Geodeziya;

Martin Bexaym o‘z globusini yasashda, asosan, qaysi olim ma’lumotlariga asoslangan dunyo xaritasidan foydalangan?

*a) Ptolemey;

Krasovskiy ellipsoidiga ko‘ra, meridianning to‘la uzunligi (Yer aylanasi) necha km. ga teng?

*a)40008,550 km;

Nechanchi yildan boshlabXalqaro amaliyotda boshlang‘ich meridian sifatida Grinvich meridiani qabul qilingan?

*a) 1884 yildan;

Yer sathidagi nuqtaning vaziyatini ekvator tekisligi va boshlang‘ich meridian tekisligiga nisbatan o‘lchangan kenglik hamda uzunlik deb ataluvchi burchak qiymatlari nima deb ataladi?

*a)geografik koordinatalar;

Geografiya darslarida o‘qitishni audiovizual vositalariga nimalar kiradi?

*a)o‘quv kinosi, teleeshittirishlar, diafilmlar, diopozitivlar;

"Interaktiv" so‘ziqaysi tildan olingan va qanday ma’nolarni anglatadi?

*a)"Interaktiv" degan so‘z inglizcha "interact" so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, "Inter" – o‘zaro, "act" – ish ko‘rmoq, ishlamoq degan ma’nolarni anglatadi.

Quyida keltirilgan metodlardan qaysi biri murakkab, ko‘ptarmoqli, mumkin qadar, muammoli harakterdagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan?

*a)Xulosalash (Rezyume, Veer);

Quyida keltirilgan metodlardan qaysi birita’lim oluvchilarning bilim darajasini baholash, nazorat qilish, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi va amaliy ko‘nikmalarini tekshirishga yo‘naltirilgan?

*a) Assesment metodi;

Quyida keltirilgan metodlardan qaysi biri ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan?

*a) “Muammoli vaziyat” metodi;

“Loyiha” metodida ta’lim oluvchilar qanday jarayonlarda ishtirok etadilar?

*a) rejalashtirish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish va xulosa chiqarish hamda natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok etadilar;

Ma’lumot yig‘ish, reja tuzish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish, xulosa chiqarish qaysi metodning amalga oshirish bosqichlari hisoblanadi?

*a) “Loyiha” metodi;

Quyida keltirilgan metodlardan qaysi biri har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar hamda tajribalar asosida muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda qo‘llaniladi?

*a) “Bahs-munozara” metodi;

O‘qituvchi tomonidan qaysi metod qo‘llanilgan holda mashg‘ulot olibborilayotganda, ta’lim oluvchilar orasida paydo bo‘ladigan nizolarni darhol bartaraf etishga harakat qilishi kerak?

*a) “Bahs-munozara” metodi;

Quyida keltirilgan metodlardan qaysi biri ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi?

*a) “FSMU” metodi;

Klaster so‘zining ma’nosi nima?

*a)tutam, bog‘lam;

O‘qituvchi tomonidan darsda qanday didaktik o‘yindan foydalanilganda, o‘yinni o‘tkazish uchun 30 ta kartochka tayyorlanadi, kartochkaga biror hayvonning rasmi chiziladi yoki yopishtiriladi?

*a)“Zoogeografik domino” o‘yini;

Quyida keltirilgan interfaol geografik o‘yinlardan qaysi biri tashkil etilganda 40 ta bir o‘lchamdagi varaqa olinadi, 10 tasiga savol va 30 tasiga javob yoziladi?

*a)“Bir savolga uch javob” o‘yini;

Quyida keltirilgan interfaol geografik o‘yinlardan qaysi birini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi chegaralari tushirilgan devoriy kontur karta, shartli belgilar jadvali, kartondan qirqib, turli ranglarga bo‘yalgan doiralar zarur bo‘ladi?

*a)“Geografik xaritani bilasizmi?” o‘yini;

Quyida keltirilgan interfaol geografik o‘yinlardan qaysi birini, asosan,takrorlash, umumlashtirish darslarida qo‘llansa, yaxshi natija berishi mumkin?

*a)“Men kimman?, Men nimaman?” o‘yini;

Quyida keltirilgan interfaol geografik o‘yinlardan qaysi birida o‘qituvchi sinf o‘quvchilarini qatorlarga qarab 3 ta guruhga bo‘lib oladi. Ularga kema qoidalarini birinchi darsda aytadi?Kema shiori: «Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun», «Kemaga tushganni joni bir».

*a)“Har to‘siq - bitta savol” o‘yini;

Quyida keltirilgan interfaol geografik o‘yinlardan qaysi birida o‘yin ishtirokchilariga quyidagilar yozilgan kartochkalar tarqatiladi: 1.Tog‘. 2.Tekislik. 3.Daryo. 4.Ko‘l. 5.O‘simlik. 6.Hayvonot. 7.Tuproq. 8.Foydali qazilma. 9.Sanoat tarmoqlari. 10.Asosiy ekinlari. 11.Transport turlari. 12.Millatlar. 13.Shaharlari.

*a)“O‘lkashunoslar” o‘yini;

Geografiya fanlarini o‘rganish obyekti nima?

*a) Geografik qobiq;

Kishilik jamiyatining ta’siri juda kuchli va uzoq davom etgan, buning natijasida, tabiiy sharoitning tub o‘zgarishlariga olib kelgan joylarda qanday landshaftlar vujudga kelgan?

*a) “Antropogen” landshaftlar;

Geografik qobiqning yuqori va quyi chegarasi o‘z ichiga qaysi hududlarni oladi?

*a)Geografik qobiq o‘rtacha balandligi 11 km bo‘lgan troposferaning, yer yuzasidagi qalinligi okeanlarda 11 km gacha boradigan butun suv qobig‘ini hamda litosferaning yuqorigi 2-3 km qatlamni o‘z ichiga oladi;

Geografiya fanining asosiy maqsadi nima?

*a)Geografik qobiqni, undagi tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni huddi shunday bir butun holda o‘rganish geografiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi

Umumiy tabiiy geografik fanlar guruhiga qaysi fanlar kiradi?

*a)Umumiy Yer bilimi, umumiy geomorfologiya, umumiy gidrologiya, tabiiy geografik rayonlashtirish va boshqa fanlar;

Maxsus (xususiy) tabiiy geografik fanlar guruhiga qaysi fanlar kiradi?

*a) Tuproq geografiyasi, geobotanika, zoogeografiya, iqlimshunoslik va boshqa fanlar;

Regional tabiiy geografik fanlar guruhigaguruhigaqaysi fanlar kiradi?

*a) Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi, alohida davlatlar va o‘lkalar tabiiy geografiyasi;

Yer yuzasi relyefini, uning kelib chiqishi, rivojlanishi hamda tarqalishini qaysi fan o‘rganadi?

*a)Umumiy geomorfologiya;

Qaysi fanlar tizimi geografiya fanining eng qadimgi tarmoqlari bo‘lib hisoblanadi?

*a)Geodeziya va kartografiya fanlari;

Quyidagi keltirilgan olimlardan qaysi biri geografik qobiqni landshaft qobig‘i deb atash lozim degan fikrni bildiradi?

*a)Yu.K.Yefremov;

Quyida keltirilgan ta’riflardan qaysi biri an’anaviy darsga mos keladi?

*a) An’anaviy dars – muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir;

Texnologiya so‘zining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

*a)Texnologiya yunoncha so‘z bo‘lib, «texne»-mahorat, san’at, «logos»tushuncha, o‘rganish demakdir;

Interfaol metodlarni qo‘llashda o‘qituvchida qanday qiyinchiliklar kuzatiladi?

*a)Sinfda ortiqcha shovqinning paydo bo‘lishi va bir-birini eshitmaslik, vaqt yetishmasligi, tarqatma materiallarni tayyorlash;

Interfaol metodlarda o‘qitish o‘quvchilardan darsga bo‘lgan qanday yondashuvni talab etadi?

*a)yuqori faollikni, olingan ma’lumotlarni to‘la anglashda ijodiy yondashuvni;

O‘quvchilarning mustaqil ishlari qanday holatlarda yuqori samara beradi?

*a) mukammal o‘ylab tuzilgan topshiriqlar tizimi asosida va muntazam olibborilgandagina yuqori samara beradi;

Quyida keltirilgan qaysi olimlar tadqiqotlarida o‘quvchilarning mustaqil ishlari ta’limning samarali vositasi ekanligi ta’kidlangan?

*a)B.P.Yesipov, M.A.Danilov, L.V.Zankov va G.S.Asanova;

Rus uslubiyotchi-geografi M.K.Kovalevskaya tomonidan o‘quvchilarning mustaqil ta’limiga berilgan ta’rif qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan?

*a)o‘quvchilar yangi fakt, hodisalarni aniqlash uchun o‘z bilim va tajribalarini tadbiq etsalar, ilgari ularga ma’lum bo‘lmagan sabab va oqibatlarni izlasalar yoki masalani hal etishning yangi usullarini topsalar, ya’ni bilim va ko‘nikmalarda yangi natijalarga erishsalar, bunday ishni mustaqil ishlar deyish mumkin;

Maktab geografiya ta’limida mustaqil ishlarni tashkil etishning asosiy maqsadi nimadan iborat?

*a)Maktab geografiya ta’limida mustaqil ishlarni tashkil etishning asosiy maqsadi o‘quvchilarni mustaqilligini rivojlantirish, ularni mustaqil bilim olishga, ijodiy fikrlashga o‘rgatish, ayni vaqtda yoshlarni hayotga tayyorlashdan iborat;

Muammoli ta’lim necha xil usulda olibboriladi?

*a) 3 xil;

Muammoli ta’limning mohiyati nimadan iborat va o‘quvchilardan nimani talab etadi?

*a) Muammoli ta’limning mohiyati shundaki, yangi materialni o‘rganish, yangi bilimlarni o‘zlashtirish, o‘quvchilardagi fikrni puxta o‘ylashni, fikr yuritishni va yangi ish usullarini tadbiq etishni talab etadi;

Quyidagi muammoli ta’limga berilgan ta’riflardan qaysi birida M. K. Kovalevskaya fikrlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

*a)Muammoli ta’lim – bu avvalo geografiya fanida yuzaga kelgan g‘oyalarni, ularni sinash usullari, xronologiya, ilmiy kashfiyotlar, yirik olimlar va hokazolar bilan, ya’ni yangi bilimlarni tanlash mexanizmi bilan o‘quvchilarni uyushtirishdan iboratdir;

Muammoli vaziyatlarni tahlil qilish jarayonida shunday element belgilaydiki, u qandaydir qiyinchilik keltirib chiqargan bo‘lsa, bunday elementlar muammo hisoblanadi. Ushbu fikrlar qaysi olimga tegishli?

*a)M. I. Maxmutov;

Sinfdan tashqari olibboriladigan ishlarda o‘qituvchining vazifasi nimadan iborat bo‘ladi?

*a)o‘quvchilarning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish va ularning masuliyatini oshirishdan iboratdir;

Darsdan tashqari ishlar o‘quvchilarda qanday ijobiy xislatlarni shakllantiradi?

*a) o‘quvchilarda hamkorlik, do‘stlik, mehnatga muhabbat, kasblarga qiziqish xislatlarini tarbiyalaydi;

Geografiya fani bo‘yicha olimpiadalar nechta turda o‘tkaziladi?

*a) 4 turda;

Sinfdan tashqari ishlarning eng muhim shakllaridan qaysi biri, o‘quvchilarni shu fanga oid yangi nashr etilgan adabiyotlar bilan tanishtirishda muhim ahamiyatga ega?

*a)Geografiya konferensiyasi;

Quyidagi javoblardan qaysi birida zamonaviy darsga qo‘yiladigan talablar to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

*a)Tarbiyaviy, psixologik, gigiyenik va didaktik talablar;

Zamonaviy darsning psixologik talablari nimalardan iborat?

*a) individual-psixologik xususiyatlarini bilgan holda ularda xotira, ongli idrok etishni, mustahkam irodani, tasavvur qila olishni, mavhum hodisalarni tafakkurlay olishni, o‘quvchilarda davlat ta’lim standartlari qo‘ygan talablarni, ular yoshiga mosligini hisobga olishni ta’minlashdan iborat;

Zamonaviy darsning didaktik talablari nimalardan iborat?

*a)Darsning ta’limiy-tarbiyaviy maqsadini aniq belgilash, dars mavzusini qiziqarli, ilmiy faktlar bilan boyitish, dars mavzusining mohiyatini o‘quvchilarning o‘zi mustaqil fikrlab o‘zlashtirishiga erishish, darsda barcha o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, o‘quv materialini o‘quvchilar tomonidan sodda tarzda qabul qilishga, xayot bilan chambarchas bog‘lashiga erishish;

Tabiiyotshunoslik fanlarida tegishli mavzuni bayon qilish jarayonida qanday metodlardan foydalaniladi?

*a)suhbat, ma’ruza, kuzatish;

Quyida keltirilgan olimlardan qaysi biri o‘zining 1938 yildagi “Tabiiy geografiya metodikasi" degan kitobida quyidagi metodlarni ajratadi: og‘zaki bayon, xaritalar, diapozitiv, plastilin, darslik, globus bilan ishlash, ekskursiya va tajriba.

*a) A.A.Polovikin;

Umumta’lim maktablarining 8-9-sinflarida bir soatlik dars mobaynida hikoyadan darsi necha daqiqa bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi?

*a) 15-20 minut;

Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursida o‘quvchilar qanday bilim va geografik qonuniyatlarni o‘rganadilar?

*a) Tevarak-atrofdagi landshaft, narsa va hodisalarning mohiyatini aniqlaydilar, tabiatda ro‘y beradigan hodisa va qonuniyatlarni o‘rganadilar;

Geografiya darslarida “Debatlar” metodidan foydalanishning ahamiyati nimadan iborat?

*a)bu qarama-qarshi nuqtai-nazarlarning o‘zaro boshi (to‘qnashuvi) bo‘lib, u o‘quvchilarni tanqidiy fikrlashga, turli masalalarni o‘rganish va o‘zlari haq ekanligiga boshqalarni ishontirishga o‘rgatadi;

«Keys-stadi» so‘zining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

a)«Keys-stadi» - inglizcha so‘z bo‘lib, («case» – aniq vaziyat, hodisa, «study» – o‘rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida o‘qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi;

Chuchuk suv zahiralarining kattaligiga ko‘ra jahonda qaysi davlatlar yetakchilik qiladi?

*a)Braziliya, Rossiya, Kanada;

Dengiz qalqishidan hosil bo‘ladigan elektr energiyani hosil qilishda hozirgi kunda qaysi mamlaktlar yetakchilik qilmoqda?

*a)Rossiya, Fransiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Argentina, AQSH;

Qaysi golland olimi 1650 yili Dunyo okeanini besh qismga ajratgan?

*a)Varenus;

1650 yilda golland olimi VarenusDunyo okeanini qanday qismlarga ajratgan?

*a)Buyuk, Atlantika, Hind, Shimoliy va Janubiy;

Tinch okeanining o‘rtacha chuqurligi necha m ga teng?

*a) 3960 m;

Shimoliy Muz okeanining eng yirik qo‘ltig‘i nomi qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan?

*a) Gudzon;

Janubiy okeanning maydoni qancha?

*a) 20,327 mln.km2;

Janubiy okean tarkibiga nechta dengiz kiradi?

*a) 14 ta;

O‘zbekiston hududida shifobaxsh suvlarning nechaga yaqin istiqbolli konlari aniqlangan?

*a) 100 ga yaqin;

O‘zbekistonda “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun qachon qabul qilingan?

*a) 2009 yil;

O‘zbekistondagi yer osti chuchuk suvlarining 34,5% i qaysi hududga to‘g‘ri keladi?

*a) Farg‘ona vodiysi;

O‘zbekistonning Saxrolanishga qarshi milliy Dasturi qachon qabul qilindi?

*a) 1999 yil;

O‘zbekistondagi 55 ta suv omborining umumiy suv sig‘dirish hajmi qancha?

*a) 19,2 mlrd.m3;

Hozirgi kunda O‘zbekistonda paxta ekin maydonlari jami sug‘oriladigan maydonlarning necha % ini tashkil etadi?

*a) 30 %;

Download 207.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling