Geografiya test


Download 207.57 Kb.
bet6/11
Sana15.12.2020
Hajmi207.57 Kb.
#167844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
GEOGRAFIYA TEST

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ

ХАЛҚ ТАЪЛИМИ ВАЗИРЛИГИ

ЖИЗЗАХ ВИЛОЯТ ХАЛҚ ТАЪЛИМИ ХОДИМЛАРИНИ

ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ ВА УЛАРНИНГ МАЛАКАСИНИ

ОШИРИШ ҲУДУДИЙ МАРКАЗИ «ПЕДАГОГИКА ВА ПСИХОЛОГИЯ,ТАЪЛИМ

ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ» КАФЕДРАСИ

2.2. МОДУЛ

« Таълим-тарбия жараёнига психологик ёндашув»

«Тасдиқлайман»

Ҳудудий марказ директори:

__________ А.Ш.Холмуродов

____”__________2020 йил



ЎҚУВ – УСЛУБИЙ

МАЖМУА

Малака йўналиши: барча малака йўналишлари учун

Тингловчилар контенгенти: барча малака йўналишидаги

тингловчилар контенгенти учун

ЖИЗЗАХ – 2020




Мазкур ўқув-услубий мажмуа Халқ таълими вазирлигининг

2018 йил ____ _________даги ____ -сонли буйруғи билан тасдиқланган барча фанлар ўқитувчиларининг малакасини ошириш тоифа йўналишлари ўқув режалари ва дастурлари асосида тайёрланди.

Тузувчилар:

Н.Тошпўлатова, О. Эшмуродов - ЖВХТХҚТМОҲМ «Педагогика ва психология,таълим технологиялари» кафедраси ўқитувчиси

Ўқув-услубий мажмуа Жиззах вилоят халқ таълими ходимларини қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш ҳудудий маркази методик кенгашининг 2020 йил _______даги______ - сонли баённомаси билан маъқулланган ва нашрга тавсия этилган.



1-mavzu. Yosh davrlar psixologiyasi (2 soat ma’ruza).

Reja:


  1. Ta’lim jarayonida bilim va tushunchalarning shakllanishi.

  2. Ta’lim jarayoniga ta’sir etuvchi omillar.

  3. Tarbiya nazariyasini ishlab chiqishda psixologik bilimlarning ahamiyati.



Ta’lim – tarbiya psixologiyasi asoslari

O’qish turlari. Tasodifiy va rejali ravishda o’rganish. O’quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish. O’qish motivlari. Ta’lim jarayoniga ta’sir etuvchi omillar. Ta’lim jarayonida bilim va tushunchalarning shakllanishi. O’zlashtirmaslikning sababalari. O’quvchilarda mustaqil, ijodiy, amaliy tafakkurni tarkib toptirish yo’llari.

Tarbiya nazarisini ishlab chiqishda psixologik bilimlarning ahamiyati. Tarbiyachi orqali boshqarish va o’z-o’zini boshqarishga o’rgatish muammolari. Ijtimoiy-foydali faoliyat – tarbiyaning eng qulay sharti va vositasi ekanligi. Bolalar jamoasi va uning tarbiyaviy imkoniyatlari. Tarbiyasi «qiyin» bolalar psixologiyasi, ularning xulq-atvorini tuzatishdagi psixologik masalalar. Tarbiyaviy ishlarda har bir o’quvchiga individual yondoshishning psixologik asoslari. Tarbiyada shaxsning tipologik xususiyatlarini hisobga olish (xarakter, iroda, temperament). O’z-o’zini tarbiyalashning psixologik xususiyatlari.

Ta’lim va tarbiya – bu shaxsning ijtimoiy-ma’naviy va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlash maqsadida uning ma’naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishda ta’sir ko’rsatish jarayonidir.Tarbiya psixologiyasi maqsadga muvofiq ravishda tashkil etiladigan pedagogik jarayon sharoitida inson shaxsi shakllanishining qadriyatlarini o’rganadi.

Ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchi shaxsi shakllanib boradi, uning dunyoqarashi ham kengayib boradi. SHuningdek, unda xulq atvor va odati ma’lum darajada shakllanadi.Ma’lumki, odam ongining yuksak belgilaridan biri – uning o’zini anglashidir.Odam o’z tevarak atrofidagi odamni biluvchi va shu odamga ta’sir etuvchi sub’ektdir. Odamning idrok etadigan, tasavvur qiladigan narsalari uning ob’ektidir.Ana shu nuqtai nazardan olganda odamning o’zini anglashi sube\’ektiv ravishda o’zini “men” deb his qilishida ifodalanadi.

Agar ta’lim shaxsning ongini shakllantirish bo’lsa,tarbiya uning ongsizlik sferasiga ta’sir etishidir.Bolalarga ularni tarbiyalaydiganlarga nisbatan hissiy yaqinlik hos. Odatda 6 oylik bolalar unga g’amxo’rlik qiladigan ota-onasiga bog’lanib qoladilar.Ota-onaningoldida bo’lish, ular bilan muloqotda bo’lish bolalarga juda yoqadi, ularning yo’qligi bolaga yoqmaydi.Otaonaning g’amxo’rligini bildiruvchi so’zlar, hatti harakatlar bola uchun juda katta ahamiyatga ega, uni erkalamaslik, suymaslik salbiy ahamiyatga ega bo’ladi.Xulq-atvorning dastlabki ijtimoylashuvi xuddi shu o’rganish jarayoni orqali sodir bo’lishi mumkin: xulq-atvorning istalgan shakllari g’amxo’rlik va e’tibor bilan taqdirlanadi. Lekin yaxshi xulqi uchun rag’batlantirish va yomon xulqi uchun jazolash axloqiy ijtimoiylashuvning kichik bir qismidir. Bolalarni tarbiyalash samaradorligini oshirishda an’ana va urf odatlarning roli katta.Xalq urf odatlari, an’analari va marosimlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ular odamlarni bir birlariga yaqinlashtiradi, do’stlik va birodarlik tuyg’ularini rivojlantiradi.Bular o’z navbatida yoshlar uchun ibrat namunasini o’taydi.

Mustaqil jamiyatning baxt-saodati yo’lida har bir kishining tinmay g’amxo’rlik qilishi, ijtimoiy burchni yaxshi anglash: jamiyat hayotida va shahsiy hayotda halollik va rostgo’ylik, axloqiy sofdillik, odamiylik va kamtarlik milliy va irqiy adovatlarga aslo yo’l qo’ymaslik va shu kabi lar tarbiya jarayoning muhim xislatidir.

Tarbiya jarayonida g’amxo’rlik bilan bir qatorda yaxshi ko’rishga asoslangan intizomga rioya qilish zarurdir.

Tarbiya jarayonining texnologiyasini quyidagicha sharxlash mumkin:

Tarbiyalanuvchini alohida takrorlanmas, individuallik sifatida tushinmoq lozim. Uning ehtiyojiilari strukturasini aniqlash lozim.

Ijobiy emotsiyalar vositasida ijobiy xulq-atvor odatlarini shakllantirmoq kerak. Ong ham iroda ham motivlar ierarxiyasini shakllantira olmaydi. Zotan, bir ehtiyojning o’rnini faqat boshqa ehtiyojgina egallashi mumkin.

SHu ehtiyojlarni qondirish vositalari bilan bolani qurollantirish tarbiya va tarbiyachidan muloqatni ham, hamdardlikni ham emas, balki aynan shu vositalar bilan qurollantirishni kutadi.

Arastu aytganidek: “Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga, mashqqa”.

O’quv faoliyati bu shunday faoliyatki, uning natijasida avvalo o’quvchida o’zgarish ro’y beradi. Uning mahsuli turli motivlar asosida, qurilgan bo’lishi darkor. Bu motivlar bevosita o’quvchi shaxsini o’sishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lishi kerak. O’quv faoliyati ta’lim, o’qish va o’rganish degan tushunchalar bilan bevosita bog’liq. Ta’lim o’qituvchi va o’quvchi hamkorligidagi o’quv faoliyati, o’qituvchining bilim, ko’nikma va malakalarini o’quvchilarga o’rgatish jarayonidir.

Ta’lim jarayoni bevosita muayyan axborotni, harakatlarni, xulq – atvorining shakllarini o’zlashtirishga qaratilgandir. O’qish va o’rgatish tushunchalari o’quv faoliyati bilan bog’liq bo’lib, ular bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga, o’rgatishga xizmat qiladi.

O’quv faoliyatining besh elementi mavjud:


  1. O’quv motivlari.

  2. O’quv topshiriqlari.

  3. O’quv harakatlari.

  4. O’qituvchining nazorati.

  5. O’qituvchining baholashi.

D.B.Elьkoninning takidlashicha, o’quv faoliyatining shakllantirilishi bu faoliyat ayrim kishilar bajarilishini asta–sekinlik bilan ta’lim oluvchining o’ziga o’qituvchining ishtirokisiz mustaqil bajarilishi uchun o’tkazilishidir.

Ta’lim jarayoni alohida tashkil etiladigan hamda boshqariladigan faoliyat bo’lib, u ta’lim oluvchilarning o’quv faoliyatini tashkil etadi va ularni boshqaradi. Ta’lim jarayoni besh elementdan iborat:

1.Ta’limning maqsadi – nima uchun o’qitish kerak?

2. Ta’limning mazmuni – nimaga o’qitish kerak?

3.Ta’limning metodlari, usullari va pedagogik muloqat yo’llari.



  1. Ta’lim beruvchi.

  2. Ta’lim oluvchi.

Ta’lim jarayonini tashkil etish: ideal va amaliy faoliyatning u yoki bu turini muvoffaqiyatli tashkil etish uchun zarur bo’lgan tashqi olamning muhim ahamiyatli xossalari xususidagi axborotning o’zlashtirilishi.

    • Faoliyatning ana shu barcha turlari tarkib topgan usullari va jarayonlarining

o’zlashtirilishi;

    • Maqsadga muvofiq keladigan usullar va jarayonlarning to’g’ri tanlash va

foydalanishga bog’liq;

Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati:

    1. Motivatsiya.

    2. Ma’lumot usullari.

    3. Ma’lumotning tushunarliligi.

    4. Xotira.

    5. Ma’lumotni qo’lash.

Ta’lim va ta’lim jarayonida ta’lim oluvchini rivojlanish muammosi psixologik markaziy masalalardan biridir. Ta’lim va rivojlanish muammosiga doir qator nazariyalar ishlab chiqilgan bo’lib, ulardan biri:

1. Aqliy hatti–xarakatlar, bilimlar, malaka va ko’nikmalar bosqichma – bosqich rivojlantirish nazariyasi (P.Ya.Galьperin).

P.Ya. Galьperin nazariyasi bo’yicha bilimlarni o’zlashtirish jarayoni olti bosqichni boshidan kechirib, ularga:


    1. Motivatsiya.

    2. Tushuntirish.

    3. Moddiy formadagi hatti – harakatlarni bajarish.

    4. Baland ovozda hatti – harakatlar va vazifalarni bajarish.

5.Bajariladigan hatti – harakatlarni ichki rejada ovoz chiqarmay bajarish.

  1. Faoliyatni fikran bajarish kiradi.

Ushbu nazariyada ta’limning uchta asosiy turlari ajiratiladi:

    • Birinchi turda – hatti–harakatlarni o’zlashtirish xatolar bilan kechadi, berilayotgan material yetarli darajada anglanilmaydi, ta’lim oluvchi ta’limning asl mohiyatini tushunib yetmaydi;

    • Ikkinchi turi – materialni nisbatan dadil va to’la tushinilishi va material bilan bog’liq tushunchalarni ajratilishi bilan xarakterlanadi;

    • Ikkinchi turda – tez, samarador va bexato xatti – harakatlarni o’zlashtirilishini ta’minlaydi;

V.V.Davidov nazariyasi. Ushbu nazariya kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni ilmiy tushunchalarini o’zlashtirilishini targ’ib qiladi. Bunda o’quvchilar tomonidan ta’lim jarayonida nazariy tushunchalar tizimini o’zlashtirilishi lozim bo’lib, bu o’z o’rnida xususiydan umumiy bilimlarga o’tilishini ta’minlaydi.

Qator nazariyalar muammoli ta’lim bilan bog’liq bo’lib, L.V.Zankov va A.M.Matyushkin tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ta’limida muammoli darslarni tashkil etishga qaratilgan.

Ta’limning psixologik asoslari muammosi ko’pgina masalalarni qamrab oladi. Ta’limning muvaffaqiyati bir qator psixologik omillarga bog’liq bo’ladi. Avvalo o’quvchining o’qishga bo’lgan munosabatiga to’xtaylik. Bu munosabat diqqatda, his–tuyg’ularda, qiziqishlar va irodada, shuningdek, shaxsning tutgan yo’lida nomoyon bo’ladi.

Ta’lim jarayoni avvalo tinglovchilar diqqatini yo’lga solishni talab etadi. Darslarda ko’rgazmali qurollardan, texnik va elektron vositalaridan foydalanish ta’lim oluvchida ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradi. Ta’lim jarayonida ta’lim beruvchining vazifasi darsda ishlash holatini yuzaga keltirishgina emas, balki tinglovchilarning darsda o’tiladigan materiallarni idrok etishga tayyor turishlarini kuzatish hamdir. Dars jarayonida tinglovchilarning diqqati o’zgarib turadi. O’qitish jarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish va tinglovchilar diqqatini materialning asosiy jihatlariga jalb etish hamda ularni takrorlash kerak.

Ta’lim jarayonining samaradorliligi ko’p jihatdan o’qituvchi tomonidan beriladigan ko’rsatmalarga ham bog’liq. O’qituvchining roli shundan iboratki, u ta’lim oluvchilarga tegishli ustanovkani hosil qilish, nimani vaqtincha, nimani umurbod esda olib qolish kerakligini, nimani butunlay esda olib qolmasdan, faqat tushunib olish kifoya qilishini, nimani so’zma – so’z esda olib qolishni, nimani ma’nosini o’z so’zlari bilan aytib berish uchun esda olib qolish zarurligini ko’rsatib o’tish lozim. Kuzatishlar ko’rsatadiki, bunday ko’rsatmalar berilmaganda, o’quvchilarda ko’pincha noto’g’ri tasavvurlar vujudga keladi.

O’qitishning emotsionalligi ta’limning muvaffaqiyatliligini ta’minlovchi omillardan biridir. Ta’lim berish jarayoni emotsional jarayon. Agar tinglovchilarga berilayotgan axborot ularda hech qanday his – tuyg’u uyg’otmasa, uni tinglovchila yaxshilab esda olib qolmaydi. Gap tinglovchilarning psixik holatlari, ya’ni ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari haqida ham borishi kerak, albatta. Ulardagi quvonchli, optimistik kayfiyat o’quv foliyatini samarasini oshiradi. Tinglovchilar emotsional ruhdagi materialni durustroq o’zlashtirib oladilar.

O’tkazilgan tajribalar tinglovchilarda hech qanday his–tuyg’u uyg’otmaydigan materialga qaraganda, emotsional ruhdagi materialni yaxshiroq eslab qolishlarini ko’rsatadi. O’qituvchi o’quv jarayonining emotsional tomoni haqida g’amxo’rlik qilishi kerak. Bu muammo juda muhim ahamiyatga ega. CHunki, birinchidan, ta’limning mazmuni nihoyatda murakkablashib, hajmi esa g’oyat kattalashib ketgan. Uning muvaffaqiyatli o’zlashtirilishiga erishish uchun tinglovchining o’quv faoliyatini kuchaytirish lozim. Ijobiy tuyg’ular o’quv mehnatining samaradorligiga kuchli ta’sir etadi. Hafsala bilan qaragan yoki undan besh battar, salbiy munosabatda bo’lishgan ishga esa hech qanday xafsala bo’lmaydi.

Qadimda greklar juda ajoyib iborani qo’llaydilar: “Ta’lim oluvchi – to’ldirilib turilishi kerak bo’lgan idish emas, balki yoqib turilishi lozim bo’lgan mash’aladir”. Bu fikirni tagida chuqur ma’no bor. Zero, o’qituvchi biz yuqorida ta’kidlab o’tgan ta’lim metodlari: muammoli ta’lim, qisman izlanish metodi va tadqiqot metodlaridan keng qo’llanilishi kerak. Ta’lim jarayonini bugungi kundagi asosiy ta’lim oluvchilardan biri erkin fikrlovchi, mustaqil tafakkurga ega bo’lgan shaxsni shakillantirish bo’lib, yuqorida aytib o’tilgan metodlardan foydalanish “uchqun”lardan katta “mash’ala” paydo bo’lishini ta’minlab beradi.

Ta’lim jarayonida o’quvchilarning bilishga qiziqishlari g’oyat katta rol o’ynaydi. Ma’lumki, qiziqish o’quvchilarning emotsional bezagi, biror buyumni, biror faoliyatni tanlash munosabati va yo’nalishidir.

Ma’lumki, psixologiyada qiziqishning ikki turi o’quvchilarning ta’lim jarayonini aniqlaydi. Birinchisi, bevosita qiziqish, ikkinchisi bilvosita qiziqish. har bir o’qituvchi o’z o’quvchilarida o’z faniga nisbatan bilvosita qiziqishni tarkib toptirishga harakat qiladi. Qiziqishlar orqali o’quvchilarda ta’limga nisbatan faol munosabat nomoyon bo’ladi. Psixologiyada qiziqish - bu shaxsning o’zi uchun qimmatli yoki yoqimli bo’lgan muayyan narsa yoki hodisalarga munosabatidir. Qiziqishlar shaxsning muhim va individual xususiyatlaridan biri bo’lib hisoblanadi. U malaka oshirish ta’limining jadallashuvida muhim ahamiyatga ega. Ular o’quv faoliyatini faollashtiruvchi asosiy turtkilar - motivlaridir. Qiziqishlar tinglovchilarni o’z mutaxassisliklariga oid yangiliklarni samarali o’zlashtirib olishlariga, aqliy qobilyatlarini o’sishiga, bilim doirasini kengayishiga malakalarini takomillashiga imkon beradi. O’quvchilarning vazifasi tinglovchilarni dastlab qiziqtirib qolgan ishning o’zi bilan shug’ullanishga majbur qilish emas, balki undagi qiziqishlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, ta’sirchan qilish, qiziqishlarning markaziga aylanib qolgan faoliyat bilan shug’ullanish istagiga, mayiliga aylantirishdir.

Ta’lim oluvchilarning muayyan maqsadni ko’zlab ish tutishda, qiyinchiliklarni yengib olishda, ishdan chalg’itadigan narsalar bilan shug’ullanishdan o’zini tiya olishdan, unda malaka oshirishga ishtiyoq tarkib toptirishda nomoyon bo’ladigan iroda ta’lim jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi.

Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, iroda bu shaxsning o’z oldiga qo’ygan maqsadini aniqligi, uni amalga oshirish uchun intilish, maqsadi yo’lida ma’lum bir qarorga kelishi tezligi va uni o’z vaqtida ijro etish bilan belgilanadigan sifatidir. Malaka oshirish ta’lim jarayonida o’quv materialiga bo’lgan diqqatini barqaror bo’lishida irodaviy zo’r berishning ahamiyati nihoyatda kattadir. Malaka oshirish ta’limda iroda tinglovchilarda tegishli yangiliklarni o’zlashtirish o’tkaziladigan mashg’ulotlarga tayyor turishda nomoyon bo’ladi. O’quv materialini o’rganish – eslab qolish va tinglovchining irodaviy zo’r berishganiga bog’liq. Iroda tinglovchilarning fikrlash faoliyatida – masalani yechishga, qo’yilgan savollarga javob topishga, malaka ishini va dars ishlanmalarini tayyorlashda nomoyon bo’ladi. Bular tinglovchilarda ko’nikma va malakalarni hosil qilishda ham tarkib topadi.

Psixologlar olib borgan tadqiqotlarda ta’lim oluvchilar tomonidan berilgan materiallarning o’zlashtirilishi ko’p jihatdan irodaning tarbiyalanishiga bog’liqdir. Irodaviy aktivlik ta’limning zarur shartidir. Malaka oshirish jarayonida tinglovchilar kundalik rejimi, bilimlarni chuqurlashtirish va oqilona dam olishning bir – biri bilan to’g’ri almashtirib turish katta rol o’ynaydi. Ta’lim jarayonida bilish jarayonlarining shakillantirishga alohida e’tibor berish lozim. Zero bilish jarayonlari juda murakkab faoliyat bo’lib, unda jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga, abstrakt tafakkurdan amaliyotga o’tiladi, ana shundan so’ng obьektiv haqiqat bilib olinadi. Binobarin, biz birinchi navbatda ko’rib chiqishimiz lozim bo’lgan narsa o’quv materialini idrok qilish jarayonidir. Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, idrok bu narsa va hodisalardan sezgi organlariga ta’sir etish natijasida ularning kishi psixikasida yaxlit obrazni paydo bo’lishi bo’lib, idrok etish jarayoni ta’limida turli formalarda o’qituvchining og’zaki hikoya qilishidir. Suhbat o’tkazishda, lektsiya o’qishda, kino, dars, televizion parcha, sxemalar va ko’rgazmali qurollar ko’rsatish, ekskursiyalar o’tkazish, mustaqil mutoala etish tarzida o’tish mumkin. SHuni alohida takidlash lozimki, idrokni rivojlantirishda tinglovchilarning yosh hususiyatlari, malakalari, tajribalarini hisobga olish nihoyatda muhimdir. CHunki, fazoni, vaqtni, xarakatlarni, tegishli yangi bilimlarni idrok etishda ham yosh xususiyatlari va tajribalarida farqlar mavjud bo’ladi.

Motiv – inson hulq - atvorining ichki barqarorligi, harakatga undovchi tushunchadir. Motivatsiya esa xulq - atvorning psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni bo’lib, unga tashabbus yo’nalganlik tashkilotchilik, qo’llab - quvvatlash kiradi. Ta’limni o’zlashtirish motivlari «nima uchun?», «nimaga?», «qanday maqsad bilan?» kabi savollar asosida yuzaga keladi. Motivlar birinchidan ta’lim faoliyatiga undasa, ikkinchidan, maqsadga erishish uchun zarur yo’l va usullar tanlashga yordam beradi. O’quv faoliyatida o’quv motivlari tinglovchilar tomonidan tanlanib, ular tinglovchining maqsad, qiziqish, kelajak rejalari bilan bevosita bog’liq bo’ladi.

O’quv faoliyatining mativatsiyasining man’balari mavjud bo’lib, ularga quyidagilar kiradi. 1. Ichki manbalar. Ular insoniy tug’ma yoki ortirilgan extiyojlar bilan belgilanadi.

Ulardan eng muhimi tug’ma informatsiyaga bo’lgan extiyojdir. Orttirilgan ehtiyojlar esa gnostik va ijtimoiy ehtiyojlar xisoblanadi.



  1. Tashqi manbalar. Ular shaxsning ijtimoiy hayot shart – sharoitlari bilan belgilanadi.

Tinglovchilar ularning birinchisi bo’lib, jamiatni shaxsdan talab qiladigan doimiy xulq - atvori bildiriladi. Bog’cha, maktab, oila boladan juda ko’p ishlarni amalga oshirishni talab qiladi.

Ijtimoiy kutish xar birimizdan ma’lum bilimlar, ko’nikmalar darajasini bo’lishi, zarurligini jamiyat kutishini bildiradi. Masalan, bir yoshli bola yurishi kerak. 7 yoshdan u o’qish kerak, 15 yoshdan u kasb tanlashi kerak deb hisoblaymiz. 7-10 yoshgacha-harakat malakalari va tafakkur;

13-14 yoshgacha- tanqidiy tafakkur va bilim qobiliyat;

16-17 yoshgacha- nazariy tafakkur rivojlanishi uchun senzitivdir. Ammo yoshi turli xil tinglovchilarni malaka oshirish ta’limida ularning senzitiv davriga muvofiq ta’limni tashkil etish imkoni takomillashmagan. Bu esa malaka oshirish sifatiga salbiy ta’sir etadi.



  1. SHaxsiy manbalar. Bu shaxsning qadriyatlar sistemasi ustanovkalari g’oyalaridir. Bu manbalar har bir shaxs faoliyatida u yoki bu darajada mavjud. Ularning barchasi faoliyatning ketishiga ta’sir etib ta’lim jarayonining mativatsiyasini tashkil etadi.

Tinglovchilarda uchraydigan mativlarning quyidagilarini alohida ifodalaydi: a) Tegishli yangilikka qiziqish;

b) fidoyiligi;

v) ehtiyojlar;

g) ana’naviy ta’lim omillariga rioya qilish;



  1. Do’st – birodarlarga ergashish;

  2. Moddiy ta’minlash va xokazolar.

Ta’lim jarayonining natijasi o’zlashtirish ichki va tashqi faoliyatini maqsadga muvofiq ravishda o’zgartirishdir. Ta’lim bir odamning boshqasiga bilim va ko’nikmalar berishidir. Bilim, ko’nikma va malakalar ta’lim jarayonining natijasidir. Bilimlarni o’zlashtirish jarayoni muammosi P.Ya.Galьpern va N.F.Talizina tomonidan o’rganilgan. Ular aqliy hatti – xarakatlarini bosqichma – bosqich shakillantirish nazariyasini ishlab chiqqanlar. Mualliflar aqliy hatti – harakatlarni moddiy holda tashqi nutq yordamida hamda aqliy shakilda, fikrda nomoyon bo’lishini izoxlab beradilar. Aqliy hatti – harakatlarning birinchi bosqichi rasm, sxema, diagramma va shartli belgilar tarzida o’z ifodasini topadi. Aqliy hatti – harakatlarning ikkinchi bosqichi ko’rgazmalardan olgan tasavvurlari to’g’risida o’quvchilarning ovoz chiqarib, fikr yuritishdan iborat. Uchinchi bosqich esa, subьekt ongida tasavvur, tushuncha, qonuniyat, xossa, xususiyat, operatsiya, usul tariqasida nomoyon bo’ladi. Ma’lumki, o’quvchilarga taklif etiladigan axborotlar aql bovar qilmaydigan darajada tezlik bilan ko’payib bormoqda. SHuningdek, ularning juda tez eskirib qolib, yangilashni taqozo etishi ham o’z–o’zidan ma’lum bo’lmoqda. To’rtinchi bosqich bajarilgan xatti–xarakatlar ichki rejada ovoz chiqarilmay bajariladi. Beshinchi bosqich esa faoliyatni fikran bajarishga o’tiladi.

Bundan ravshan ko’rinib turibdiki, materialni asosan yodlab olish va hotirada saqlab qolishga asoslanadigan ta’lim hozirgi talablarga qisman javob bermoqda. Tinglovchilarga hamisha yangilanib turadigan axborotni mustaqil rivishda o’zlashtirib borishga va o’qishni bitirib kelgandan keyin, kishiga jadal surьat bilan o’sib borayotgan fan–texnika taraqqiyotidan orqada qolib ketmaslik imkoniyatini beradigan qobilyatlar taraqqiyotini beruvchi tafakkur sifatlarini tarkib toptirish muammosi birinchi o’ringa chiqib bormoqda. Malaka oshirish ta’limi jarayonida o’zlashtirishning muvaffaqiyati quydagilarga bog’liq:



  1. Ta’lim mazmuniga;

  2. O’quv rejalari, dasturlari, ma’ruza matlari va o’quv qo’llanmalarning mavjudligi;

  3. Ta’lim metodikalarini takomillashganligi;

  4. O’qituvchi mahorati;

  5. Tinglovchining individual psixologik xususiyatlari;

Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, turli individual tipologik xususiyatlarga ega tinglovchilar uchun ta’limning yagona qulay, optimal sharoitlarini yaratish mumkin emas. Ammo o’zlashtirishning samaradorligini oshirishda muommoli ta’lim, noan’anaviy ta’lim usullarini qo’llash muhim ahamiyatga egadir.

Ta’lim oluvchilarning ta’lim faoliyatiga ko’ra ta’limning quyidagicha metodlari ajiratilgan:



  1. Tushuntiruv ko’rsatmalilik metodi – bu metod reproduktiv metod bo’lib, unda faoliyat o’qituvchi tomonidan oshirilib boriladi. Bunda tinglovchilar malaka oshirish jarayonida bilim oladilar, tanishadilar.

Bu metod juda keng tarqalgan metodlardan biri bo’lib, uni takomillashtirilgan usullari mavjud, Bu – programmalashtirilgan ta’limdir.

  1. Reproduktiv metodda o’qituvchi faoliyat ko’rsatib, unda tinglovchiga berilayotgan bilimni qayta xotirada tiklab, olingan bilimni nusxa sifatida qabul qiladi.

  2. Muammoli ta’lim metodi – o’qituvchi tomonidan tashkil etilib, u produktiv xarakterga egadir. Ushbu metod orqali tinglovchining yangi bilim va malakasini shakillantiradi. Ushbu metodni takomillashtirish yo’llaridan biri “ishchanlik” o’yinlarni tashkitl etishdan iboratdir.

  3. Qisman izlanish metodi – o’qituvchi nazorati ostida tashkil etiladigan ta’lim metodi bo’lib, u produktiv xarakterga ega, bunda tinglovchi ijod qiladi.

  4. Tadqiqot metodi – O’qituvchi ilmiy yordamisiz tashkil etiladigan ta’lim metodi bo’lib, u tinglovchining mustaqil izlanishi, fikrlashi va bilimlar transformatsiyasini talab etadi. Masalan:

malaka ishlarini tayyorlash. Ta’lim jarayonini tashkil etishning o’ziga xos metodlaridan biri “ishchanlik” o’yinlardir. Ishchan o’yinlar munosabatlar sistemasini modellashtirish, faoliyati xarakteristikasini tashkil etishga yordam beradi.

Download 207.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling