Geografiya test


-MAVZU. Ta`1imda differesional yondashish


Download 207.57 Kb.
bet8/11
Sana15.12.2020
Hajmi207.57 Kb.
#167844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
GEOGRAFIYA TEST


3 -MAVZU. Ta`1imda differesional yondashish

1.Sinf, auditoriya bilan ishlashning ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlari. Yangi

pedagogik va didaktik texnologiyalarni joriy etishning psixologik xususiyatlari. Faol o’qitish metodlari va ularning klassifikatsiyasi. Zamonaviy o’qituvchidan talab qilinadigan fazilatlar, pedagogik qobiliyatlar haqida.

2.Guruh faoliyatini tashkil etishning uslublari: demokratik, avtoritar, neytral, sinovchan

va boshqalar.

O’quvchining o’quv faoliyati va uni boshqarish haqida: psixologiya fanida ong va faoliyat birligi printsipi, psixologik holatlar, xususiyatlar, xislatlarning faoliyatda namoyon bo’lishi va shakllanishi, o’quv faoliyatini boshqarish tarkibi va ketma-ketligi: o’quv faoliyatini rejalashtirish, o’z-o’zini nazorat qilish, keng ko’lamdagi bilimlar, ta’limiy usullarni tizimga solish, o’z faoliyatini o’zi boshqarish usullarini egallash va yangisini topish, shaxsiy qiziqishni ifoda qiluvchi usullarni egallash, o’z diqqatini o’zi boshqarish usullarini egallash. O’quv faoliyatini o’quvchi tomonidan boshqarish jarayonini o’qituvchining bevosita rahbarligida va ko’magida, o’quvchining yosh davrlari xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirish masalalari.

O’quv jarayonini psixologik ta’minlash: o’quvchining o’quv faoliyati motivlarini aniqlash va ular orqali o’quv faoliyatiga ehtiyoj uyg’otish. O’quv faoliyatining ijobiy-emotsional ruhda kechishiga shart-sharoit yaratish.

Auditoriya bilan ishlashning ijtimoiy psixologik shartlari.

Ma’lumki, har qanday pedagogik jarayonning asosiy maqsadi — ta’lim oluvchida bilim, malaka va ko’nikmalar hosil qilishdir. Bu narsa ma’lumotlar almashinuvi orqali ro’y beradi. Pedagogik muloqot jarayonidagi ma’lumotlar almashinuvi asosan uch shaklda amalga oshiriladi:

Pedagogik muloqot jarayonidagi ma’lumotlar almashinuvi asosan qaysi shakllarda


  1. Bilim, ko’nikma va malaka

  2. monolog, dialog va polilog*

S) psixik, pedagogik va ijtimoiy

D) defektolog, venerolog va psixolog



Monolog — ma’ruzachi yoki o’qituvchining tinglovchilar yoki o’quvchi-talabalar qarshisiga chiqib nutq so’zlashi, darsni bayon etishidir.

Ma’ruzachi yoki o’qituvchining tinglovchilar yoki o’quvchi-talabalar qarshisiga chiqib nutq so’zlashi, darsni bayon etishi bu:



  1. Dialog

  2. Monolog

S) Polilog

D) Maxorat

Ayni shu usul ta’lim-tarbiya jarayonidagi asosiy vosita ekanligi to’g’risida ongimizga o’rnashib qolgan tasavvur mavjud. Bu xolatda gapiruvchi ma’lumotlarning asosiy tayanch manbai hisoblanadi va faqat undangina faollik talab qilinadi. Monolog egasi o’zi mustaqil tarzda ma’lumot mazmunini tinglovchilarga yetkazish va o’z mavqeini ta’kidlash imkoniga ega bo’ladi. Lekin auditoriya, ya’ni tinglovchilar unga nisbatan ancha passiv mavqeda bo’ladilar va bu narsa ma’lumotning faqat kichik bir qisminigina idrok qilish va eslab qolishiga sabab bo’ladi. SHuning uchun ham o’qituvchi bu kamchilikning oldini olish uchun auditoriyani faollashtirishning boshqa yo’llarini qidirishga majbur bo’ladi.

Dialog — o’quv mavzusi yoki muammoni guruh sharoitida o’qituvchi bilan birgalikda va hamkorlikda muhokama qilish yo’lidir. SHuning uchun bu usul tinglovchilarni nafaqat faollashtiradi, balki auditoriyada ijodiy muhitning bo’lishi va fikrlar almashinuvidan har bir ishtirokchining manfaatdorligini ta’minlaydi. Ya’ni, tinglovchilar o’quv jarayonining ob’ektidan uning sub’ektiga aylanadilar.

Dialog jarayonida o’qituvchi bilan o’quvchilar o’rtasida fikrlar almashinuvi, bilimlarni o’zaro muhokama qila olish uchun real sharoit yaratiladi. Lekin dialogni tashkil etishdan avval o’qituvchi auditoriyaning u yoki bu xususda bilimlar va tasavvurlarga ega bo’lishini inobatda olishi zarur, aks xolda o’zaro muloqot samarasiz va mazmunsiz tortishuvga aylanib ketishi mumkin. Dialog jarayonida uni tashkil etgan shaxs auditoriyaning u yoki bu muammo yuzasidan bilimlarini diagnostika qilish va shunga mos tarzda o’z ishini tashkil etish imkoniyatiga ega bo’ladi. Aynan shu xolat dialogning eng muhim psixologik ahamiyatidir.



Polilog atamasi ta’rifini ayting.

  1. Hammaning oldiga chiqib nutq so’zlash

  2. Guruh ichidagidagi munozara

S) Mazmunsiz tortishuv

D) Auditoriya muhiti



Polilog — guruh ichidagi munozaradir. U tinglovchilar yoki o’quvchilarning faolligini yanada oshirish, ulardagi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish maqsadida ishlatiladi. Polilog jarayonida guruh a’zolarining har biri muhokama qilinayotgan masala yuzasidan o’z fikrini bildirish imkoniyatiga ega bo’ladi, o’qituvchi esa ushbu jarayonning tashkilotchisi sifatida o’quvchilar yoki talabalar faoliyatiga bevosita aralashmaydi. Bu usul dars mavzusi ko’proq nazariy xarakterli bo’lib, yangi g’oyalardan ularning amaliy jihatlari keltirib chiqarilishi zarurati bo’lganda qo’l keladi. Lekin bu usul mashg’ulotlar yoki muloqot darslari endi boshlangan paytda o’tkazilishi maqsadga muvofiq emas, chunki polilog uchun o’qituvchi bilan hamkorlikda ishlash tajribasidan tashqari yoshlarga o’sha soha yuzasidan ma’lum bilimlar majmui hamda hamkorlikda ishlash tajribasi zarur. Dialog va polilog texnikasini yaxshi egallagan muallim munozara yoki bahsni samarali tashkil etishga layoqatli bo’ladi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, munozarani samarali tashkil etish qobiliyati o’z-o’zidan shakllanmaydi, buning uchun o’qituvchi umuman munozara metodikalarining mohiyati va uni tashkil etish yo’llarini ilmiy-amaliy jihatdan bilishi kerak.

Faol o’qitish metodlari va ularni tashkil etish. Faol o’qitish metodlariga eng avvalo bahs va munozara yo’li bilan bilim va malakalar hosil qilish tushuniladi. Bahsning samarali bo’lishi eng avvalo bahslashuvchilarning bir-birlariga nisbatan fazoviy joylashuvlariga bog’liq. Quyida keltirilgan rasmlarda tinglovchi va muzokarada qatnashuvchilarning fazoviy joylashuvlari va ularning psixologik mavqelarining mohiyati keltirilgan.

Har bir holat bahs qatnashuvchilarida o’ziga xos ruhiy tayyorgarlik va mas’uliyat hissini

keltirib chiqaradi.

Demak, dars mobaynida o’qituvchi mavzuning xarakteri va u shakllantirish lozim bo’lgan bilim, malaka va fazilatlarga mos tarzda munozara sharoitini tanlashi va shunday keyingina mashg’ulotni boshlashi kerak. Ko’rinib turibdiki, an’anaviy sinfda tashkil etiladigan mashg’ulotlarning samaradorligi deyarli yo’q, chunki ular oldingi qatorlarda o’tirgan tinglovchilarning faolligigagina yo’naltirilgan, qolganlar «o’yindan tashqari» xolatda, bu narsa ularning dars mazmuniga munosabatlarida bevosita aks etadi.

Kichik, tor doiralardagi kompakt guruxlarda uyushtirilgan munozaralarning erkin mavzuli, yo’naltirilgan va aniq stsenariyli disput turlari mavjud bo’lib, bu tanlangan mavzuga va munozara guruhlarining muloqot tajribasiga bog’liqdir («disput» so’zining lug’aviy ma’nosi — «fikrlayapman», «tortishayapman», degan ma’noni bildiradi). Kichik guruhlardagi munozaralardagi asosiy narsa — guruh a’zolarining tanlangan mavzu xususiyatiga qarab, xar biriing o’z fikr mulohazalarini oxirigacha bayon etish imkoniyatlarining borligidir. Bunday guruhda boshlovchi ham qatorda o’tirib, mavzuning yechimini batamom xal bo’lmaguncha faol muloqotlarning ishtirokchisi bo’lishi mumkin. Lekin asosiy rol guruhning a’zolariga yuklanganligini va bevosita ajralib chiqqan norasmiy lider asosiy baxs yurituvchi bo’lishi mumkinligini unutmasligi zarur. Bunday gurunglar turli sharoitda ko’pincha bahs ishtirokchilari uchun tabiiy sharoitlarda (masalan, sinfda, talabalar auditoriyalarida, ish xonalarida va b.q.) o’tkazilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.

Agar bahlashuvchilar guruhi odatdagidan kattaroq xajmda (masalan, 30 kishigacha) bo’lsa, unda munozarani uyushtirishning o’ziga xos tomoni bor. Bu holda bahs guruhi shartli ravishda uchga bo’linadi. Birinchi guruh — «fikrlarni jamlovchilar» — generatorlar guruhi deyiladi; ikkinchisi — «tanqidchilar» va uchinchi guruh — «fikrlarni tezlatuvchilar» — katalizatorlar» deb ataladi. Har bir ajralgan guruhninig o’ziga xos funktsiyalari bor: «generatorlar» o’rtaga tashlagan muammo yoki bahs mavzusi bo’yicha o’zlaridagi barcha fikrlarni o’rtaga xolis tashlaydilar. Guruh a’zolaridan biri — lider — ularni jamlab, fikrlar ikkiga bo’lingan taqdirda ham ularni umumlashtirib bayon etadi. So’ngra o’yinga «tanqidchilar» kirishadi. Ularning vazifasi — eshitgan fikrlariga tanqidiy munosabat bildirish, ya’ni tanqidiy nuqtai nazardan ular ichidagi «mag’zni» va «puchak» fikrlarni saralash. SHundan keyin vaziyatga qarab, yana so’z «generatorlar»ga yoki «katalizatorlar»ga berilishi mumkin. Bildirilgan fikr va takliflarda mabodo hisobga olinmay qolgan jihatlar yoki noo’rin fikr bo’lsa, yoki mohiyatan shu mavzuga aloqador bo’lgan, lekin ikkala tomon hisobga olmagan biror jihat aniqlansa, tomonlar diqqatini aynan shunga qaratishi kerak. So’ngra «tezlatuvchilar» bahsni davom ettirishga ruhsat berib, agar uni yakun qilish taqozo qilinsa, ikkala guruhning o’yiniga holis baho bergan holda munozarani to’xtatishi mumkin. Ular ko’pincha ikkala guruh uchun xolis orbitorlar — «hakamlar» rolini o’ynaydilar.

Maktabda bir sinf doirasida yoki talabalar guruhida ahloqiy ma’naviy mavzuda baxs uyushtirganda, yuqoridagi usulni qo’llash imkoniyati bo’lsa, suhbatdoshlarning uchburchak shaklidagi berk stol atrofiga o’tirishlari mumkin. Demak, bahslashuvchilarning joylashishlari ham bu o’rinda ma’lum ahamiyat kasb etadi.

Katta guruhlarda bahs yoki munozara uyushtirilganda, boshlovchining roli ayniqsa kattadir. CHunki u har bir guruhdagi tortishuvlar va fikr almashinuvlarning boshida turmog’i kerak bo’lsa, ular faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda yo’naltirib turmog’i lozim. Kichik guruhdagidan farqli o’laroq, katta guruhlarda boshlovchi u yoki bu ichki guruxga yon bosmasligi yoki ularni o’zining shaxsiy fikriga majburan ergashtirmasligi kerak. Aks xolda, u o’zining faoliyati bilan boshqalar tashabbusiga salbiy ta’sir ko’rsatishi va bahsning yo’nalishini buzib qo’yishi mumkin. SHuning uchun katta guruhlar uyushtiriladigan munozarannig mavzusi oldindan tanlangan va unga boshlovchi ma’lum ma’noda tayyor bo’lishi shart.



Darsda munozara, breynshtorming va treninglar o’tkazish texnologiyasi. Munozaralar yuritishning yana bir shakli borki, uning nomini rus tilida «mozgovaya ataka», inglizchasiga «brain storming» deb ataladi. Bizning tilimizda bu tushunchaning aniq analogik tarjimasi yo’q, lekin uni «miyaga xujum» yoki «fikrlar to’qnashuvi», «fikrlar jangi maydoni» deb atash mumkin. Metodning psixologik mohiyati shundaki, oddiy munozarada baxslashuvchilar ko’proq ongli, asosli fikrlarni bayon etishga harakat qiladilar. Bunda esa baxslashuvchilarga miyaga qanday fikr quyilib kelsa, uni tanqidsiz va asoslamay erkin, «tilga nima kelsa», lekin navbatma-navbat aytish imkoniyati beriladi. Bu narsa ko’proq muammo ancha notanish, savol murakkab yoki noaniq bo’lgan sharoitlarda qo’l keladi. Ya’ni, bunda «erkin assotsiatsiyalar»ga imkon beriladi va oxir oqibat guruxning o’zi ma’lum ratsional «mag’zni» ajratib oladi.

Bu usulni birinchi marta amerikalik olim A. Osborn 30-yillardayoq taklif etgan va bu usul yordamida yirik loyihalarni rejalashtirish va oldindan uning natijalarini bashorat qilishda ma’lum yutuqlarni qo’lga kiritgan edi. Lekin keyinchalik mutaxassislar uni faqat nostandart, o’ziga xos yechimi bo’lgan vazifalarni muhokama qilgandagina qo’llash mumkin, degan fikrni bildira boshladilar. Biroq to’g’ri tashkil etilgan breyshtormingning amaliy afzalliklari ko’p. Faqat bunda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:



  1. Jumlalar juda qisqa bo’lishi kerak, ularning asoslanishi shart emas.

  2. Har qanday jumla yoki fikr tanqid qilinishi mumkin emas, ya’ni fikrlar tanqiddan

xolidir.

  1. Mantiqiy fikrlardan ko’ra, fantastik yoki qo’qqisdan, tasodifan miyada paydo bo’lgan fikr muhimroq.

  2. Fikr yoki bildirilgan qisqa mulohaza qayd etiladi.

  3. Bildirilgan fikr yoki g’oyalar u yoki bu ishtirokchiniki, deb ajratilmaydi, ya’ni ular — muallifsizdir.

  4. Fikr yoki yaxshi g’oyalarni tanlash alohida «tanqidchilar» yoki guruhnnig norasmiy liderlari tomonidan amalga oshiriladi.

Yuqoridagi ta’kidlangan guruh katta bo’lgan sharoitda baxs uyushtirishda ham generator, ya’ni fikrlarni birlamchi jamlovchilarlarga ushbu usulda ishlashga imkon berish tajribada yaxshi natija beradi. CHunki o’tkazilgan tekshiruvlar va ko’plab sinov mashg’ulotlarining ko’rsatishicha, aynan shu guruhda breynshtorming usulining qo’llanilishi turli-tuman va qarama-qarshi fikrlarning bayon etilishiga sharoit yaratadi. Aks xolda muhim muammolar bo’yicha munozarani boshlash va unda fikrlar rang-barangligiga erishish juda qiyin bo’ladi. Bu usul ayniqsa, kattalar auditoriyasida juda yaxshi samara beradi.

Bahsda ishtirok etish va undan manfaatdorlik hissi har bir ishtirokchida shakllanishi shart va bunda boshlovchi — o’qituvchining roli katta. Amaliy mashg’ulotlarni bahs — munozara savollar berilib qo’yilishi maqsadga muvofiqdir. Bahs ishtirokchilari hayajonlanmasliklari uchun mashg’ulot boshlanishidan avval ularning o’zlarini erkin tutishlari uchun ayrim tavsiya etiladi. Masalan, ana shu maqsadda o’tkaziladigan psixogimnastik mashqlarga



  1. O’qituvchi guruhni aylana shaklida turishlari so’raydi va a’zolarni navbatmanavbat o’rtaga chiqib, guruh bilan xohlagan tarzda, lekin samimiy salomlashishni so’raydi. Keyin guruhdan kimning salomi ko’proq yoqqanini so’raydi.

  2. Guruh a’zolari o’qituvchi atrofida yarim aylana shaklida turishadi. Navbat bilan guruh a’zolari o’rtaga chiqib, hohlagan a’zo bilan so’zsiz, lekin ochiq yuz bilan mimika vositasida salomlashish va biror fikrni bildirishi so’raladi.

  3. Hamma doira shaklida o’tiradi va o’qituvchi olib kelgan koptok navbat bilan muloqot qatnashchilariga otiladi, faqat kimga otilsa, o’sha odamning kuchli, yaxshi bir sifati aytilib, so’ng irg’itiladi. O’qituvchi koptokning albatta har bir kishiga tegishini nazorat qiladi.

Bu kabi mashqlar munozara qatnashchilari o’rtasida o’zaro tanglikning bo’lmasligi va o’z fikrini bayon etayotganda o’qituvchidan tortinmasligi uchun o’ziga xos trening hisoblanadi. O’qituvchi munozarani boshlar ekan, ishtirokchilar ongiga quyidagilarni yetkaza olishi

a

) b) munozara o’zaro muloqotning bir shakli bo’lib, har bir ishtirokchi bir-biriga ochiq va samimiy munosabatda bo’lsin; m v) munozara ishtirokchilarning o’zaro tajribalarini almashinishlari uchun qulay a s g) fikr bayon etishda kerak bo’lsa tavakkal qilaylik, lekin indamaslik shiorimiz bo’lmasin; h d) munozara paytida ko’p yozish shart emas;



g e) agar biror narsa tushunarli bo’lmasa, uni so’rashdan tortinmang;

’ j) bilgan bilimlarimizni bir-birimizdan ayamaymiz, chunki boshqalar ham bundan umanfaatdor bo’lsinlar, «yashiringan bilim-bilim emas»ligini unutmaylik!

l Baxs turlari. Yozma baxs o’tkazish usullari. Agar mashg’ulotlar bir-birlarini yaxshi otanimaydigan boshlang’ich guruhlarda boshlangan bo’lsa, «tanishish» mashqlarini o’tkazish, talbatta ishni kichik guruhlardan boshlash lozim. Bunda erkin yo’naltirilmagan bahs shaklini qo’llash o’rinliroq. Bunda o’qituvchi ishtirokchilarga bir-birlarini yaxshi tanib olsalar, birgalikda h a

r

b



i

harakat qilsalar, umumiy ish uchun manfaatli bo’lgan natijalarga erishish mumkinligini tushuntirishi lozim.

Agar ishtirokchilar biror yangi ma’lumotlarga ega bo’lish, murakkabroq masala yuzasidan umumiy nuqtai nazarga ega bo’lish va mantiqiy xulosalarga erishishni maqsad qilgan bo’lsalar, unda dars avvalida o’qituvchi yoki oldindan tayyorgarlik ko’rgan guruh a’zosi ma’ruza qilishi, ma’ruza yuzasidan keyin bahs uyushtirilishi, dars oxirida imkon bo’lsa, o’qituvchi o’zi tayyorlagan tarqatma materiallarini har bir a’zoga berishi kerak. Faollashtiruvchi usullar materiallar qo’lga berilgach, ishga solinadi.

Agar darsning yoki amaliy mashg’ulotning maqsadi tinglovchilardagi aniq qobiliyatlarni rivojlantirish, malakalarni oshirish va yangi tajribadan foydalanish bo’lsa, unda bahsning predmeti avvalo tajriba almashinuvga qaratilishi, bunda ayrim mashqlar ham bajarilishi, ularning natijalari tahlil qilinishi, rolli o’yinlarni bajarishgacha olib borilishi kerak. Bunda o’qituvchining roli ancha mas’uliyatli bo’lib, u mashg’ulotgacha konkret yo’riqnomalarni o’quvchilarga berishi va guruh ishini muntazam kuzatib, nazorat qilib turadi.

Agar munozara darslarining maqsadi — ishtirokchilarning yangi, mustaqil fikrlarga kelishi, ularni shaxsiy tajriba va vaziyatlarga bog’lab aytib berishlariga olib kelish bo’lsa, unda o’qituvchi «Men» — munozaradaman» holatida guruhli bahsni kichik guruhlarda tashkil etishi, ularda alohida xolatlar va vaziyatlarning tahliliga barchaning diqqatini qaratishi, ishtirokchilarni turli rollarni tasavvur qilishga majbur qila olishi va oldindan tayyorlab qo’yilgan savolnomalarni dars oxirida tarqatib, shakllangan yangi g’oyani ajratib olishi kerak. Demak, bu shakldagi ish har bir ishtirokchidan puxta tayyorgarlikni va aniq ko’nikmalarni talab qiladi.

Bahs shaklida mashg’ulot o’tkazganda, qabul qilinadigan qarorlarning ahamiyati katta. Qarorlarning samarali bo’lishi uchun quyidagilarni yodda tutish kerak:



  • mashg’ulot boshlanishidan oldin o’qituvchi tahlil qilinishi lozim bo’lgan muammoni

  • qisqa bo’lsa-da, bu muammoning oldingi darslarga bog’liqligi, uyga berilgan vazifa,

  • bahs qatnashchilari kichik guruhchalarga (4-5 kishi) bo’linib, mashg’ulot oxirida fikrlar umumlashtirilishi uchun qog’ozlar taxt qilib qo’yiladi;

  • guruhda ishlash mobaynida bildirilgan fikrlarning afzal va kamchilik tomonlari haqidagi o’z mulohazalarini og’zaki yoki yozma tarzda qarorlar shaklida bayon etadilar; guruhning vakillari o’z guruhining ishi to’g’risida gapirib, ularni boshqalarniki bilan qiyoslaydi. Zarurat bo’lsa, o’qituvchi har bir guruhning qarorlarini o’zaro qiyoslab, savollarga javob beradi, noaniqroq qarorlarga o’z munosabatini bildiradi. xsni o’tkazish usuli. Pedagogik amaliyotda bahsning mohiyati ko’pincha faqat og’zaki dialoglar va tortishuvlar tarzida tasavvur qilinadi. Lekin og’zaki bahslarning yanada samarali va ta’sirchan bo’lishi uchun yozma bahs shakli ham qo’llaniladi. Bu usul o’quvchilarning berilgan mavzu sohasidagi bilimlarini yanada chuqurlashtirish, munozara madaniyatini oshirish va har bir fikrni asoslash qobiliyatini rivojlantiradi. O’qituvchi esa o’quvchi yoki talabalarning bilimlarini asosli baholash va bilimdonlikni to’la ma’noda tahlil qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu usul ayniqsa, milliy g’oya va milliy mafkurani shakllantiruvchi fanlar — ijtimoiy-gumanitar fanlar yuzasidan o’tkazilsa yanada samarali bo’ladi.

O’quvchilar oldindan mavzu bilan tanishtiriladilar, uyga berilgan topshiriqlar orasida qay biri yozma tarzda o’tkazilishi ma’lum qilinadi. Yozma bahs o’tkaziladigan kuni o’qituvchi uni

  1. O’qituvchi guruhni ikkiga bo’ladi va ularni alohida qatorlarga o’tqazadi. Har bir guruh mavzu bo’yicha qaysi nuqtai nazarni himoya qilishini ma’lum qiladi. Masalan, birinchi guruh bolalarning aqliy darajalarini muntazam o’lchab turish va shu orqali ta’lim muassasalariga jalb etishni himoya qilsa, ikkinchi guruh — bu fikrni asosli tarzda inkor qiladi.

  2. SHundan so’ng o’qituvchi qarama-qarshi guruh a’zolarini juftlaydi va ularga

  3. Yozilgan varaqchalar qarama-qarshi sheriklarga beriladi. Ular o’z «raqiblari» fikriga qarshi fikrni 8-10 daqiqa mobaynida o’ylab, yozishlari kerak bo’ladi va narigi tomondagi

rlanadi, har safar har bir o’quvchi sherigining dalil-isbotini diqqat bilan o’rganib chiqib, javob qaytaradi. Oxirgi raundda o’quvchilarning o’zlariga yakunlash imkoni beriladi va yozma ishlar yig’ib olinadi.

5. O’qituvchi yozma baholarni yakunlashda tomonlarga «Qarshi tomonning eng yaxshi dalil-isboti qaysilar bo’ldi?» deb so’raydi va o’quvchilar bilan oldindan kelishgan xolda

Yuqorida keltirilgan yozma bahslarni o’tkazish tamoyillari Fred Nьyumen materiallari

asosida tayyorlandi. O’ylaymizki, bizning sharoitimizda ham bu usullar ancha samara beradi.



M

a



v z 1. Auditoriya bilan ishlashning ijtimoiy psixologik shartlari.

u 2. Faol o’qitish metodlari va ularni tashkil etish.

3. Darsda munozara, breynshtorming va treninglarni o’tkazish.

y 4. Baxs turlari. Yozma baxsni o’tkazish qoidalari.

u

z



a O’quvchilarning dikkati-ukeuv ishlari muvufokiyatli borishining zarur shartidir.Ta’lim jarayonida dikkat takomillashadi, ancha ixtiyoriy ,ya’ni uyushgan, tartibga tushgan boshkariladigan s bulib koladi.Dikkatsizlikning oddiy sabablari i –fanga nisbatan qiziqishning yukligi, materialni bayon qilishning kuruk va noaniqligi o’quvchilarning charchaganligidir.O’quvchilar dikkatini d ko’zgotishning asosiy vositalaria -xilma-xilusullarni qo’llagan xolda mashgulotlarni dinamik tarzda olib borish ,o’quvchilar aktivligsn hini oshirish , bayon qilishning jonliligi , bir faoliyat turidan ikkinchisiga o’tishi ,dikkatni chalg’ituvchi ko’zgovchilarga barxam berishdan iboratdir. Albatta dikkatnifakat uni chalg’ituvchi ko’zgovchilarga barxam berish yo’li bilangina emas,balki ulat rga qarshi tura bilish qobiliyatini tarkib toptirish,ularning chalg’ituvchi ta’siriga qarshi kurashishyo’li a Bilan xam tarbiyalamok kerak ,aks xolda noziklashgan ,injik dikkat_mutlako qo’lay y

sharoitlardagina ishlash odati vujudga keladi.a



n Dikkatning xarakteriga uo’quv ishlarining sur’ati juda ta’sir kursatadi.Sekin sur’at dikkatni c tarkatib yuboradi,o’quvchilarning aktivligini sekinlashtiradi.Jadal sur’at xam noqo’laydir.ko’pchilik o’quvchilar o’qituvchining fikriga dikkat qilib ulgurmaydilar ,charchaydih lar orkada koladilar.Buning oqibatida dikkat xam susayib tarkok xolda bo’ladi.Muayyan sinf uchun optimal ish sur’ati o’qituvchi tomonidan empirik tarzda belgilanadi.O’qituvchi o’quvchilarning s dikkatini jalb etishga xarakat qilganda shu narsani nazarda to’to ish kerakki,ba’zi xollarda o’quvchilar o’z dikkatlarini oshirib dikkat qilib,dikkat Bilan karab tusalar xam,lekin ularning fikri ,boshka biror narsa Bilan band bo’lishi mumkin.O’qituvchi dikkating tashqi ifodasiga e’tibor berib kolmasdan faoliyat jarayonida aktiv idrok qilish Bilan boglik bo’lgan xakikiy dikkat berilishiga erishmogi zarur. O’qishga ijobiy munosabatda bo’lishni ifodalashning ikkinchi formasi o’qishga oid qiziqishlarning mavjudligidir.qiziqish odatda emotsional buyokka ega bulib chukur va ta’sirli tuygularni kechirish Bilan boglikdir.

O’qishga oid qiziqishlar odatda,tanlovchanlik xususiyatiga ega bulib ular eng kichik yoshdagi o’quvchilardagina umuman o’qishga bulagan qiziqish shaklini olishi mumkin ,o’qishga kizxikish o’quvchiga o’zi o’rganayotgan materialining axamiyati qanchalik tushunarli ekanligiga

,bu material o’quvchi qiziqishlarining o’qishdan tashkari soxasi Bilan qanchalik aloqadorligiga ,o’qituvchi materialni qanchalik aniq va tushunarli qilib bayon etishiga ,o’qitish metodlarining qanchalik xilma xil ekanligiga boglikdir.

O’qishga qiziqishni tarbiyalaganda ,maroklilikni suiste’mol qilmaslik kerak.O’quvchilar o’zlariga bevosita qiziq bo’lgan narsanigina qilishga o’rganib kolmasliklari kerak. Ular xayotda ko’p narsani bevosita qiziqmasdanqilishga to’g’ri kelishini tushunib olishlari kerak. SHuning uchun o’quvchilarda shunchaki maroklilik Bilan emas ,balki fanning axamiyatini ,biror ma’lumotning xayotiy muximligini chukur anglash Bilan belgilanadigan bilvosita moslashgan, qiziqishlarni xam tarbiyalamok kerak .SHunday bo’lganda o’quvchi qiziqarli bo’lmagan ish Bilan xam vijdonan shugullanadi.



  1. O’quv materialni o’zlashtirishda xis etiladigan ,kurgazmali materialning axamiyati kattadir. Ta’lim jarayonida aktiv, uyushgan rejali idrok qilishning, kuzatishning axamiyatini inkor etish xato bo’lar edi.O’quvchilar bilimlarni egallar ekanlar kokret predmetlar va xodisalarni ,ularning tasvirini ko’zdan kechiradilar.konkret tasavvurlarga ega bo’ladilar. Psixologik nuktai nazardan predmetli ,tasviriy ,so’z kurgazmaliligi farq qiladi.Predmetli kurgazmalilik o’quvchilarning narsa va xordisalarinibevosita idrok qilishlarini nazarda tutadi.Sinfda o’tkaziladigan tajribalar,ekskursiyalar xam shunga kiradi.

Tasviriy kurgazmalilik-tasviriy vositalar rasmlar, mulyajlar, diopozitivlar, kinoqartinalar yordamida amalga oshiriladi.Tasviriy vositalarning xarakteriga karab kurgazmalilik xakikiy tasviriy kurgazmalilikka (narsa va xodisalarning xakikiy tasviri) va simvolik kurgazmalilikka (kartinalar, chizmalar, sxemalar, jadvallar, diogrammalar) bulinadi. So’z kurgazmaliligi deganda o’qituvchining o’quvchilarda konkret tassavvurlarni uygotadigan Yerkin ,obrazli Yerkin nutki tushiniladi.Biroq psixologik ko’zatishlar va eksperimentlar shuni kursatmokdaki ,xissiy idrok iklish boskichida ortikcha tuxtalib qolish fakat foydasiz bulibgina kolmasdan ,shu Bilan birga zararli xamdir. CHunki u abstrakt tafakkurning rivojlanishini bugib kuyadi.

Ko’zatuvchanlikni tarbiyalash aktiv uyushgan ,aniq maqsadga muvofiq sistemali ko’zatish kunikmasini tarbiyalash sifatida juda muximdir. O’qituvchi ko’zatishni tashqil qilar ekan o’quvchilar oldiga aniq va muayyan bir maqsadni kuyadi,ko’zatishni yo’lga soladi.,detallarni ajratib ko’rsatishni mazkur ob’ektni boshka ob’ektlar Bilan taqqoslashni va nomuxim belgilarni ajratib ko’rsatishni tavsiya etadi. O’quvchilarga ko’zatish natijalarini so’z Bilan yoki kurgazmali formada kayd qilishini urgatish muxim ishdir.



  1. U o’quv materialini anglash ,tushunish , uni muayyan sistemaga kiritish ,muayyan soxalarga oid alokalarni fanlar ichidagi va fanlararo alokalarni topa olish va ularni o’zaro boglay olish(Yu,A,Samarin fikri buyicha)-o’zlashtirishning eng muxim komponentidir.Tushunish xamisha yangi materialni tarkib topib bo’lgan assotsiatsiyalar sistemasiga kiritishni, notanish materialni tanish material bilan boglashni anglatadi. Sabab-oqibat bog’lanishlari munosabatlarinit urnatish o’quvchilar uchun birmuncha kiyinchilik tugiladi, bunga sabab, bir tomondan shuki, xatto bu xildagi oddiy munosabatlar xam ko’pincha pir tomonlama emas (birdan-bir sabab-bitta oqibat) , balki ko’p tomonlama bulad (bita sabab ko’p oqibatlaga ega bo’ladi yoki bita oqibat ko’pgina sabablar vujudga keltirishi mumkin. Ikkinchi tmondan, bu kiyinchiliklar shu narsa Bilan boglikki, sabab-oqibat bog’lanishlari ko’pincha oddiy ko’zatish yo’li Bilan idrok qilinmaydi, balki tafakkur yordamida aniqlanadi.

  2. O

’quvchining tafakkuri bilan kabul qilingan va qayta ishlangan axborot xotirada saklanishi lozim. Bu esa istalgan bir paytda xotiradagi zapaslardan zarur maьlumotlar olish va ularni qo’llash imkoniyatini beradi. Esda olib qolish to’g’ridan-to’g’ri o’quvchi faoliyatining xarakteriga boglikdir. O’tkazilgan ko’pdan-ko’p ko’zatishlar va tajribalar (A.A.Smirnov P.I.Zinchenko) shuni kursatadiki, esda olib qolishbiron-bir aktiv faoliyatda ruy bergan vaqtdagina eng samarali bo’ladi. A.A.Smirnovning tajribalarida tekshiruvchilarga ikki xil faoliyat taklif qilingan edi. Birinchi xolda ular maьlum tekstlarni esda olib qolishlari lozim edi. Tekshiruvchilar tekstni yodlar ekanlar, material ustida xech qanday aktiv ish olib bormadilar. Ikkinchi xolda esda olib qolish vazifasi qo’yilmadiyu, lekin tekst ustida muayyan ish olib borish-undagi maьnaviy xatolarni aniqlash taklif etildi.

Ikkinchi xolda esda olib qolish ancha samarali bo’lganligi aniqlangan.A.A.Smirnovning o’tkazgan tajribalari shuni kursatadiki,masalan ,tekstning to’zib chiqilgan rejasiga asoslangan yodlash rejaga asoslanmagan yodlashdan ikki baravar salmoklirok ekan .Yodlash jarayonida takrorlash bilan materialni aktiv esga tushirishga intilishni bir-biri bilan almashtirib turish tavsiya qilinadi.Berilgan vaqt teng bo’lgan sharoitda bu usul fakat takrorlashga asoslangan (V.S.Ivanova)yodlashdan 30-40 foiz samaralirok bulib chikdi. Ma’lumki ,uo’quv materialini ma’nosiga tushunib esda olib qolish fakat zarur bulibgina kolmasdan shu bilan birga mexaniq esda olib qolishdan bekiyos darajada samaralirokdir.Bu urinda xam o’qituvchining qanday yo’l tutajagi aniq va ravshandir.O’quvchinakadar ulgayib borgan sari uning aqliy faoliyatida ma’nosiga karab esda olib qolish shu kadar muxim rol’ uynaydi.Maktab yoshida xotirani rivojlantirishning umumiy yo’nalishi shundan iboratki.o’quvchi o’zining mnemik funktsiyasini asta-sekin egallab boradi ,bu funktsiya ixtiyoriy ya’ni uyushgan ,tartibga solinadigan va boshkariladigan bulib koladi.Ta’lim jarayonida analiz va sintezning ancha rivojlangan formalariga sekin asta utiladi.Bunda o’qituvchining yo’lga soluvchi ,o’quvchilar tomonidan qilingan analiz va sinteznitashqil etuvchi ,tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi so’zi xal qiluvchi rolь uynaydi.

O’quvchilar o’zlashtiradigan uo’quv fanlari narsa va xodisalarning muxim belgilari haqidagi umumlashgan bilimlar bo’lgan ilmiy tushunchalar sistemasidan iboratdir.Fanni o’zlashtirish ,xususan ,o’quvchilarda tegishli tushunchalarni tarkib toptirishdan iboratdir.Lekin biz xozirgina kayd qilib o’tganimizdek ,bir qancha xollarda bu tushunchalar xakikiy umumlashtirishlar asosida emas.balki jo’ziy masalalarni biror umumiy printsipga boglash(konundan tashkari umumlashtirishlar) asosidatarkib topadi.

Ikkinchidan bu yerda o’quvchining xissiy idrok qilish xarakteri taьsir etadi. Bola bitta rasm yoki chizma taьsiri otida bevosita idrok qilgan yoki tasavvur yetgan belgilar muxim belgilar darajasiga ko’tariladi. Biroq bir tushunchani tasodifiy, muxim bo’lmagan belgilarsiz tasvirlab bo’lmaydi . umuman qo’lni, umuman mevani. Balikni va xokazolarni tasvirlash mumkin emas umuman uchburchakni taьsvirlab bo’lmaydi – uchburchak xamisha muayan burchaklarga, tomonlarga yega bo’lgan, tekislikda maьlum tarzda joylashgan butunlay konkret uchburchakdan iboratdir. Masalan, tashqi burchakning kattaligi haqidagi teoremani isbot qilish vaqtida garchi gap xar qanday uchburchak va uning xar qanday tashqi burchagi haqida borsa xam , o’quvchilar isbot qilishni muayyan ,konkret xususiy uchburchak asosida o’zlashtiradilar. Tushunchalar xosil bo’lishida bevosita xissiy ta’surootlar ta’siri shu kadar kattaki .ba’zi xollarda biz bu ta’sirning so’z bilan ta’sir ko’rsatishdan(darslik tekstidan.o’qituvchining tushuntirishidan)kura kuchlirok ekanligini kuramiz . Agar kurgazmali tajriba bir xil bir tomonlama yoki cheklangan bulsa,u narsa yoki xodisaning muxim belgilarini bulaklarga ajratish va umumlashtirishga tuskinlik qiladi,chunki o’quvchilarning dikat etiborining aniq ifodalangan ,lekin muxim bo’lmagan tasodifiy belgilarga jalb qiladi.

SHu sababli «to’g’ri chizik xamisha gorizontaldir»; «tashqi burchak xamisha utmas burchak bo’ladi»; «qo’l-kaddi buqilgan azob chekkan odam»; vaxokozolar tipidagi keng tarkalgan xattolar kelib chiqqan.

Albatta ,aniqlangan faktlar maktab o’quvchilaridagi aynan shunday noto’g’ri umumlashtirishlar ,xatto tushunchalar konuniy ravishda paydo bo’ladi,deb xulosa chiqarishga olib bormaydi.Biz agar o’qituvchi taxlil va umumlashtirishlarning xato ekanligini ogoxlantirish uchun maxsus choralar ko’rmasa ,ko’pincha qanday xollar yuz berishini ko’rsatib utamiz.

Bu choralar .psixologlar aniqlab chiqqanidek ikki tomonlama xarakterga ega birinchidan,muxim bo’lmagan belgilarni o’zgartirish mumkin,buninguchun kurgazmali materialdarajada xilma xil qilish kerak ,unda muxim bo’lgan belgilarning invariantligi (ya’ni doimiy belgilar bilan saklanishi )mavjud bo’lgan xoda muxim bo’lmagan belgilar albatta o’zlashtiriladigan bulsin.SHu bilan birga to’g’ri umumlashtirishlarni ishlab chiqish uchun ,E.N.Kbanova-Meller ko’rsatib o’tganidek o’quvchilar taklif qilingan misollarni taqqoslashlari va umumiy narsalarni shuningdek turlanadigan,o’zgarishi mumkin bo’lgan ,turli axamiyatga ega bo’ladigan narsalarni ajratib ko’rsatishlari lozim. «Orol» degan tushunchani shakllantirib, kartadan orollarning katta va kichik turli shakllari orollar ,tekis va toglik ,atrofi ajratilgan va arxipelagdagi orollar qirg’oq yakinidagi va okean orollari bo’lishi mumkinligi kursatsa bo’ladi. «ildiz» degan tushunchani shakllantirib,rasmda ildizlarning xar xil kurinishlarini –er osti va yer usti ,o’zun va kiska uk ildiz va sershox ildiz bo’lishini ko’rsatib berish kerak ,Albatta ,xamma vaqt xam variattsiyalarningbarcha xillarini kamrab olish imkoni bo’lmaydi.Bunga aloxida extiyoj xam yuk,CHunki ukvchilarga xissiy tajribaning cheklanganligini tushuntirib berish ,bu tajriba chegarasidan,albatta chetga chiqish mumkinligini ko’rsatish muximdir.

Ikkinchidan ,o’qituvchi muxim bo’lmagan belgilarning variatsiyalari bo’lishi mumkinligini ,bu variatsiyalarning printsipini va yo’nalishini ogzaki takidlab o’tish mumkin.Ba’zan bu shunday oddiy kursatma ya’ni «to’g’ri burchakni to’g’ri ajratib ko’rsatish uchun uning fakat gradus ulchovigae’tibor bering va xamda uning kaerda va qanday jolashganligiga e’tibor bermang» kabilidagi konkret kursatma bo’ladi.Tushunchani ochib berish vaqtida o’quvchilardan muxim belgilarnigina emas balki muxim bo’lmagan belgilarni xamda ularning extimol tutilgan variatsiyasini xam «meediananing yo’nalishi istagan –yukoriga,pastga ungga chapga karagan bo’lishi mumkin»; «suvayrgich»xar qanday va xar qanday balandlikka ega bo’lishi mumkin»)ko’rsatib berishlarini xam talab qilish kerak.

Ko’rsatish va tushuntirishni konbinatsiyalashtirish ,albatta,eng yaxshi natijalar beradi masalan,o’qituvchi «vertikal burchaklar»degan tushunchani kiritar ekan,bundaydeydi: «vertikal burchaklar fakat darslikda tasvirlanganidek bo’lishi shart emas ,Ular turli xolatda turishi mumkin(doskaga chizib kursatadi),burchaklarning kattaligi xam turlicha bula oladi.»(namoish qilinadi).

O’quvchilar maktabda ta’lim olar ekanlar , fan asoslarini egallabgina kolmasdan .shu bilan birga xilma xil kunikma va malakalarni xam xosil qiladilar. Kunikma-bu to’g’ri usul va yo’llarni tatbik qilgan xolda biror xarakatni yoki murakkab faoliyatni muvafakkiyatli bajarishdir. Malaka deb mustaxkamlangan ,avtomatlashtirilgan ish usullari va yo’llariga aytilib, bu yo’llar murakab lekin ongli faoliyatning tarkibiy tomonlari xisoblanadi.Kunikmalar mashqlar jarayonida vujudga keladi,lekin xar qanday mashq xam(bir kolipdagi xarakatlarni takrorlash singari) kunikmani vujudga kelavermaydi.

Uo’quv, mexnat, sport, gigiena va boshka malakalar bo’ladi. Uo’quv malakasi degan malakaga tuxtatib utamiz. Bu avvalo o’qish, yozish, xisoblash malakasidir. Bu malakalardan xar biri juda murakkab tabiyoyatga ega bo’ladi. Intellektual malakalar yoki aqliy ish malakalari aloxida qiziqish uygotadi. L.S.Vigotskiy, P.Ya.Galperin, N.A.Menchinskaya, P.A.SHevaryov va boshkalarning ttadqiqotlarida masalalarni yechish jarayonida fikrlashni tuxtash (kiskarish) xodisasi o’rganib chiqilgan. Bir xil fikrlash jarayonida sekin-asta oralik zvenolar tushib qolishi ruy beradi, buning oqibatida butun jarayon tu’tagan, kiskargan xarakterga ega bo’ladi.

Fikrlashning nimani va qanday qilish kerak-qanday operatsialarni qanday izchillik amalga oshirish zarur, degan savolga javob beradigan operativ elementlari saklanib koladi.

N.A.Menchinskaya bilan D.N.Bogoyavlenskiy ko’rsatib o’tishlariga qaraganda, buning maьnosi shuki, bir xildagi mashqlarningtaьsiri ostida o’quvchida nima uchunemaxkur yo’nalishda xarakat qilish kerak, degan shubxa tugilmaydi va u mazkur fikirlashga oid masalaning xsussyatlariga muvofi keladigan xarakat usullarini belgilab olishgagina eьtibor beradi.

Malakalarni tarkib toptirish va mustaxkamlashning zarur shart mashq qilish bulib, u kuyidagi shartlarni knoatlantirish lozim: 1)mashqning maqsadini aniq bilish, qanday natijalarga erishish kerakligini bilish zarur; 2) bajarishning aniqligini maxsus ko’zatish ,agar xatolar paydo bulsa, ular mustaxkamlanib kolmasligi uchun mashqlarning natijalarini ko’zatish,o’z xarakatlarini etalon bilan taqqoslash ,qanday muvafokiyatlarga erishib bulinganini anglash va kamchiliklarga barxam berish uchun ulardan qaysi birlariga dikkatni karatish kerakligini bilib olish zarur.3)o’quvchilarning individual psixologik xususiyatlariga boglik bo’lgan mashqlar soni malaka xosil qilish uchun yetarli bo’lishi lozim. Agar mashqlar yetarli bulmasa ,malaka mustaxkamlanmaydi,balki tezrok barbod bo’ladi.Mashqlar xaddan tashkari ko’prok bulsa ,odatda o’quvchilar ko’prok bu mashqlarga salbiy munosabatda bula boshlaydilarva bu xol ko’prok e’tiborni pasaytiradi,natijada malakaning xxosil bo’lishiga xalakit beradi.

4)mashqlar bir xildagi xarakatlarning tasodifiy yigindisidan iborat bulmasligi lozim. Bu mashqlarga muayyan sistema ularning aniq rejalashtirilgan to’g’ri izchilligi ,xususan ularni sekin asta murakkablashib borishi asos qilib olinishi kerak.5)mashqlar bir kadar o’zok muddatga o’zilib kolmasligi lozim ,aks xolda malaka sekin xolda xosil bo’ladi,yoki agar u mustaxkamlanmagan bulsa tezda susayib koladi tormozlanadi ,xatto umuman yukolib ketadi.Malakaning susayishi va yuqolishi uning regresiv taraqqiyotida ifodalanadi.xarakat sekin asta deavtomatlashadi,uni bajarish yana jiddiy e’tibor berishni va uning xar bir elementini ong to’g’ridan to’g’ri nazorat qilishni talab etadi.xarakatning tezligiva aniqligi yukoladi.

4.Ta’limni shunday tashqil etish vazifasi qo’yilmokdaki ,u o’quvchilarning aqliy taraqqiyotini maksimal darajada ta’minlay olsin .Texnika taraqqiyoti va fanning tez sur’atbilan rivojlanayotganligi yosh avlodning umumiy ta’lim tayyorgarligi darajasida tobora ko’prok talablar kuymokda Uo’quv programmalari va kurslarni qayta ko’rish zamonaviylashtirish zarur bulib koldi.S.L Rubnshteyn bilan B.G.Anan’ev birinchilar katori umumiy aqliy rivojlanishni Umumiy intelektni tadkik qilish bilan shugullanishga davat etib maydonga chikdilar.Masalan Anan’ev bu kategoriyalar odamning shunday murakkab psixik xususiyatlaridirki ,o’qish va mexnatdagi muvaffokiyat ana shu xuchsusiyatga boglikdir,deb gapirdi.Olimbu kategoriyalarni bilishga oid turli vazifalarning qo’yilishi va xal etilishi bilan bog’langan ,ya’ni xodisaga eng muxim muljallovchi tavsifnoma bergan bulib ,bu tavsiyanoma uni xal etishning mumkin bo’lgan yo’llarini ko’rsatib berdi. O’quvchilar aqliy rivojlanishining boshka bir mezoni- «tafakkurning tejalishi» deb atalgan tushuncha, yaьni fikrlar miqdori bulib, o’quvchilar ana shu fikr asosida o’zlari uchun yangi bo’lgan konuniyatni belgilab oladilar. Bunda Z. I. Kalinkova kuyidagi muloxazalarga asoslangan. Aqliy rivojlanishi past darajada bo’lgan o’quvchilar masalani shartlarida berilagn axborotdan sust foydalanadilar, ko’pincha uni kurkurona sinovlvr yoki asossiz analogiyalar asosida yechmokchi bo’ladilar. SHuning uchun ularni yechish yo’llari xam tejamli bulib chikadi, bu yo’lda konkrelashtirilishi kerak bo’lgan, takroriy va soxta muloxazalar ko’p bo’ladi. Bunday o’quvchilarning doim chetdan to’zatib turi shva yordam berish talab qilinadi. Aqliy rivojlanishi yukori darjada bo’lgan o’quvchilar ko’p bilim fondagi yega bo’ladilar va unda foydalanish usullarini bo’ladilar, masalaning shartida berilgan axborotdan Tula barxamand bo’ladilaro’z xarakatlarini doimo nazorat qilib turadilar, shuning uchun ularning problemani yechish yo’llari lunda, kiska va ratsional yeknligi Bilan ajralib turadi.

O’quvchilarga turli metodlar, turli darsliklar buyicha taьlim berish vaqtida ularning aqliy rivojlanishi darajasini aniqlay olish (yaьni turli maroitda taьlimning samarasi ortib borayotganligiga baxobera bilish) kerak. Aniqlash vositalari darsliklar va taьlim metodlarining optimal variantlarini tanlab olishda yordam bermogi lozim.


Download 207.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling