Geografiya test
Download 207.57 Kb.
|
GEOGRAFIYA TEST
54. O‘qituvchi darsda qanday yo‘l bilan o‘quvchilarni bir-biridan yordam olishga, boshqalarning ham fikrini bilishga, natijada esa, guruhning umumiy fikrini shakllantirishga undaydi? *a) Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, muammoni nostandart qo‘yilishigina, o‘quvchilarni bir-biridan yordam olishga, boshqalarning ham fikrini bilishga, natijada esa, guruhning umumiy fikrini shakllantirishga undaydi; 55. Quyida keltirilgan metodlardan qaysi biri murakkab, ko‘ptarmoqli, mumkin qadar, muammoli harakteridagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan? b) Xulosalash(Rezyumi, Veer) 56.Quyida keltirilgan metodlardan qaysi biri o‘quvchilarning mustaqil g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda tizimli bayon etish hamda himoya qilishga imkoniyat yaratadi? *a) Xulosalash (Rezyume, Veer) 57. Quyida keltirilgan metodlardan qaysi biri ta'lim oluvchilarning bilim darajasini baholash, nazorat qilish, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi va amaliy ko‘nikmalarini tekshirishga yo‘naltirilgan? *a) Assesment metodi; 58.Quyida keltirilgan metodlardan qaysi biri o‘quvchilarda yangi axborotlar tizimini qabul qilish va bilimlarni o‘zlashtirilishini yengillashtirish bilan birga, ular uchun xotira mashqi vazifasini ham o‘taydi? *a) Insert metodi; 59. Quyida keltirilgan metodlardan qaysi biridan o‘quvchilarni mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu buyicha dastlabki bilimlar darajasini tashhis qilish maqsadida qo‘llaniladi? *a) Tushunchalar metodi; 60.Quyida keltirilgan metodlardan qaysi biri ta'lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan? *a) “Muammoli vaziyat” metodi; 61. Quyida keltirilgan metodlardan qaysi biri qo‘llanilganda ta'lim oluvchilar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni o‘rganadilar? *a) “Muammoli vaziyat” metodi; 62. “Loyiha” metodida ta'lim oluvchilar qanday jarayonlarda ishtirok etadilar? *a) rejalashtirish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish va xulosa chiqarish hamda natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok etadilar; 63.Ma'lumot yig‘ish, reja tuzish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish, xulosa chiqarish qaysi metodning amalga oo‘shirish bosqichlari hisoblanadi? *a) “Loyiha” metodi; 64.Quyida keltirilgan metodlardan qaysi biri har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar hamda tajribalar asosida muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda qo‘llaniladi? *a) “Bahs-munozara” metodi; 65. O‘qituvchi tomonidan qaysi metod qo‘llanilgan holda mashg‘ulot olib borilayotganda, ta'lim oluvchilar orasida paydo bo‘ladigan nizolarni darhol bartaraf etishga harakat qilishi kerak? *a) “Bahs-munozara” metodi; 66. O‘qituvchi tomonidan darsda qaysi metoddan foydalanishdan avval quyidagi qoidalarga amal qilish kerak: barcha ta'lim oluvchilar ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish, o‘ng qo‘l qoidasi (qo‘lini ko‘tarib, ruhsat olgandan so‘ng so‘zlash)ga rioya qilish, fikr-g‘oyalarni tinglash madaniyati, bir-birlariga o‘zaro xurmat ko‘rsatish *a) “Bahs-munozara” metodi; 67.Quyida keltirilgan metodlardan qaysi biri ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi? *a) “FSMU” metodi; 68. Klaster so‘zining ma'nosi nima? *a) tutam, bog‘lam; 69.Qaysi metod qo‘llanilganda o‘quvchilarda tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko‘nikmalari rivojlantiriladi? *a) “Klaster” metodi;
*a) “Zoogeografik domino” o‘yini; 71.Quyida keltirilgan interfaol geografik o‘yinlardan qaysi biri tashkil etilganda 40 ta bir o‘lchamdagi varaqa olinadi, 10 tasiga savol va 30 tasiga javob yoziladi? *a) “Bir savolga uch javob” o‘yini; 72. Quyida keltirilgan interfaol geografik o‘yinlardan qaysi birini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi chegaralari tushirilgan devoriy kontur karta, shartli belgilar jadvali, kartondan qirqib, turli ranglarga bo‘yalgan doiralar zarur bo‘ladi? *a) “Geografik xaritani bilasizmi?” o‘yini. 73.Quyida keltirilgan interfaol geografik o‘yinlardan qaysi birini, asosan, takrorlash, umumlashtirish darslarida qo‘llansa, yaxshi natija berishi mumkin? *a) “Men kimman?, Men nimaman?” o‘yini; 74. Quyida keltirilgan interfaol geografik o‘yinlardan qaysi birida o‘qituvchi sinf o‘quvchilarini qatorlarga qarab 3 ta guruhga bo‘lib oladi. Ularga kema qoidalarini birinchi darsda aytadi? Kema shiori: «Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun», «Kemaga tushganni joni bir». *a) “Har to‘siq - bitta savol” o‘yini; 75. Quyida keltirilgan interfaol geografik o‘yinlardan qaysi birida o‘yin ishtirokchilariga quyidagilar yozilgan kartochkalar tarqatiladi: 1.Tog‘. 2.Tekislik. 3.Daryo. 4.Ko‘l. 5.O‘simlik. 6.Hayvonot. 7.Tuproq. 8.Foydali qazilma. 9.Sanoat tarmoqlari. 10.Asosiy ekinlari. 11.Transport turlari. 12.Millatlar. 13.Shaharlari. *a) “O‘lkashunoslar” o‘yini; 76.O‘qituvchi darsda qaysi interfaol geografik o‘yindan foydalanganda, u tomonidan aytilgan biror mamlakat yoki o‘lka bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan 8 minut ichida darslik va kartalardan foydalanmasdan javob yoziladi? *a) “O‘lkashunoslar” o‘yini; 77. Geografiya fanlarini o‘rganish ob'ekti nima? *a) Geografik qobiq; 78.Kishilik jamiyatining ta'siri juda kuchli va uzoq davom etgan, buning natijasida, tabiiy sharoitning tub o‘zgarishlariga olib kelgan joylarda qanday landshaftlar vujudga kelgan? *a) “Antropogen” landshaftlar; 79.Geografik qobiqning yuqori va quyi chegarasi o‘z ichiga qaysi hududlarni oladi? *a) Geografik qobiq o‘rtacha balandligi 11 km bo‘lgan troposferaning, yer yuzasidagi qalinligi okeanlarda 11 km gacha boradigan butun suv qobig‘ini hamda litosferaning yuqorigi 2-3 km qatlamni o‘z ichiga oladi. 80. Geografiya fanining asosiy maqsadi nima? *a) Geografik qobiqni, undagi tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni huddi shunday bir butun holda o‘rganish geografiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi; 81. Umumiy tabiiy geografik fanlar guruhiga qaysi fanlar kiradi? *a) Umumiy yer bilimi, umumiy geomorfologiya, umumiy gidrologiya, tabiiy geografik rayonlashtirish va boshqa fanlar. 82. Maxsus (xususiy) tabiiy geografik fanlar guruhiga qaysi fanlar kiradi? *a) Tuproq geografiyasi, geobotanika, zoogeografiya, iqlimshunoslik va boshqa fanlar; 83. Regional tabiiy geografik fanlar guruhiga guruhiga qaysi fanlar kiradi? *a) Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi, alohida davlatlar va o‘lkalar tabiiy geografiyasi; 84.yer yuzasi rel'efini, uning kelib chiqishi, rivojlanishi hamda tarqalishini qaysi fan o‘rganadi? *a) Umumiy geomorfologiya; 85.Qaysi fan daryo suvlari xususiyatlarini fizik va kimyoviy usullar yordamida o‘rganadi? *a) Geomorfologiya fani; 86.Quyida keltirilgan fanlardan qaysilari maxsus geografiya fanlari tizimiga kiradi? *a) siyosiy va harbiy geografiya, tibbiiy geografiya, rekreatsiya va turizm geografiyasi, injenerlik geografiyasi, geografik bashorat, meliorativ geografiya, xizmat ko‘rsatish geografiyasi va boshqalar kiradi; 87.Qaysi fanlar tizimi tizimi geografiya fanining eng qadimgi tarmoqlari bo‘lib hisoblanadi? *a) Geodeziya va kartografiya fanlari; 88.Quyidagi keltirilgan olimlardan qaysi biri geografik qobiqni landshaft qobig‘i deb atash lozim degan fikrni bildiradi? *a) Yu.K.yefremov. 89.Quyida keltirilgan ta'riflardan qaysi biri an'anaviy darsga mos keladi? *a) An'anaviy dars – muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta'lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta'lim modelidir; 90. Texnologiya so‘zining ma'nosi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? *a) Texnologiya yunoncha so‘z bo‘lib, «texne»-mahorat, san'at, «logos» tushuncha, o‘rganish demakdir; 91. YuNeSKO tomonidan pedagogik texnologiya atamasiga berilgan ta'rif qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? *a) Pedagogik texnologiya - bu butun o‘qitish va bilimlarni samaradorlashtirish vazifasini qo‘yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning o‘zaro aloqasini hisobga olib yaratish, qo‘llash va belgilashning tizimli uslubirdir; 92.“Bugungi kunda oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu-niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri – bularning barchasi, avvalombor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz”. Ushbu keltirilgan so‘zlar kimga tegishli? *a) O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovga; 93. Interfaol metodlarni qo‘llashda o‘qituvchida qanday qiyinchiliklar kuzatiladi? *a) Sinfda ortiqcha shovqinning paydo bo‘lishi va bir-birini eshitmaslik, vaqt yetishmasligi, tarqatma materiallarni tayyorlash. 94. Quyida keltirilgan javoblardan qaysi birida trener so‘ziga to‘g‘ri ta'rif berilgan? *a) o‘quvchilarning ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi mashqlar o‘tkazuvchi maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassis. 95. Quyida keltirilgan javoblardan qaysi birida o‘qituvchi so‘ziga to‘g‘ri ta'rif berilgan? *a) mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha ko‘zda tutilgan mazmunni tushuntirish, o‘quv jarayoniga rahbarlik; 96. Interfaol metodlarda o‘qitish o‘quvchilardan darsga bo‘lgan qanday yondashuvni talab etadi? *a) yuqori faollikni, olingan ma'lumotlarni to‘la anglashda ijodiy yondashuvni; 97. O‘quvchilarning mustaqil ishlari qanday holatlarda yuqori samara beradi? *a) mukammal o‘ylab tuzilgan topshiriqlar tizimi asosida va muntazam olib borilgandagina yuqori samara beradi; 98. Quyidagilardan qaysi ta'lim texnologiyasi qo‘llanilganda o‘quvchilarda geografiya faniga oid darslik, ilmiy-ommabop va qo‘shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalari, ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish maqsadida qo‘llaniladi? *a) Modulli ta'lim texnologiyasi. 99. Quyida keltirilgan ta'lim texnologiyalardan qaysi birining asosiy g‘oyasi o‘quv topshiriqlarini faqat birgalikda bajarish emas, balki o‘quvchilarni hamkorlikda o‘qishga o‘rgatish, ular o‘rtasida hamkorlik, o‘zaro yordam va fikr almashinuvini vujudga keltirish hisoblanadi? *a) Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi; 100.Qaysi ta'lim texnologiyasining asosiy maqsadi o‘quvchilarning ijodkorligiga tayanish, darsda erkin bahs-munozara sharoitini yaratish hisoblanadi? *a) Interfaol uslub texnologiyasi. SAMARQAND
Download 207.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling