Geografiya va geaxborot tizimlari fakulteti
Download 1.06 Mb.
|
BOZOROV BOBOJON NING generalizatsiya
Xaritalami maqsadi. Xaritalarda faqat ulami maqsadiga mos keladigan obyektlargina ko‘rsatiladi. Xaritani maqsadiga javob bennaydigan boshqa obyektlarni tasvirlash xaritani idrok qilishga xalaqit qiladi, u bilan ishlashni qiyinlashtiradi. Masalan, o‘quv ma’muriy xarita auditoriyada (xonada) namoyish etish uchun ishlatiladigan bo‘lsa, u holda unda faqat mazmunni eng muhim elementlari saqlab qolinadi. qaysiki ulami ortiqcha detallashtirib yubormasdan, ancha yirik umumlashtirish bilan, yiriklashtirilgan ko‘rinishda tasvirlanadi. Agar ma’muriy xarita zarur ma’lumotnoma maqsadida tuzilgan va stol ustida foydalaniladigan bo‘lsa, u holda ma’muriy bo‘linish, aholi punktlari, aloqa yo‘llari haqida mazkur masshtab uchun maksimum mumkin bo‘lgan hajmdagi informatsiyaga ega bo‘lishi kerak.
Xaritani masshtabi. Generalizatsiyaga masshtabni ta’siri shunda namoyon bo‘ladiki, ancha yirik tasvirdan mayda tasvirga o'tishda tasvirlanayotgan hududni o‘lchamlari qisqaradi. (Masalan, yer yuzasidagi 1 km2 maydon 1:1 000 masshtabli xaritada 1 m2,1:10 000 masshtabda 1 dm2,1:100 000 masshtabda 1 sm2 va nihoyat 1:1 000 000 masshtabli xaritada esa atigi 1 mm2 ga teng bo‘ladi holos. 6.1-rasm). Ancha mayda masshtabda asos qilib olingan yirik masshtabli xaritada bo‘lgan hamma mayda-chuyda detallami va tafsilotlami tasvirlash mumkin emas, shuning uchun ulami saralash, umumlashtirish, qolganlarini chiqarib tashlash, zarur bo‘ladi. Xaritani masshtabini qisqarishi bilan, fazoviy qamrab olish oshadi, u ham generalizatsiyaga ta’sir qiladi, yirik masshtabli xaritalar uchun muhim bo‘lgan obyekt to (masalan, maxalliy oriyentirlar) mayda masshtabli xaritalarda o‘z ahamiyatini yo'qotadi va shunday ekan ular chiqarib lashlan shi lozim. Xaritani mavmsi va tipL Xaritani mavzusi va tipi xaritada qaysi elementlami ancha mufassal, qaysilarini esa ancha sezilarli darajada . umumlashtirib tasvirlash kerakligini belgilaydi. Shunday, geologik yoki tuproq xaritasida gidrografik to‘mi aniq tasvirlash muhim, lekin yo‘llami va aheli punktlarini, kuchli generalizatsiya qilish mumkin, ma’muriy chegaralami esa butunlay tushirib qoldirish mumkin. Lekin, iqtiso&y mavzudagi xaritada buni teskarisi aholi punktlarini, aloqa yo‘llarini va ma’muriy boUinishni mufassal ko‘rsatish zarur. Xuddi o‘sha paytda kema qatnovi uchun muhim bo‘lgan daryolami saqlab qolib qolgan gidrografik to‘mi esa generalizatsiya qilib ko‘rsatsa bo‘ladi. -i Xaritaga olinayotgan obyektni (yoki hududni) xususiyatlari. Ushbu omilni generaiizatsiyaga ta’siri xaritada o‘sha obyektni yoki hududni o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirish, eng xarakterli elementlami berish zaruratida ko‘rinadi. Masalan, qurg‘oqchil dasht yoki chala cho‘l rayonlarda hamma mayda ko^llami XULOSA Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki Maydon uzra joylashgan obektlar avvalo sifat tavsiflarini va miqdor gradatsiyalarini yiriklashtirish yo’li bilan generalizatsiya qilinadi. Alohida konturlarni chiqarib tashlashda ularning qiyofalarini (tashqi ko’rinishini) to’g’rilab qo’yishda namoyon bo’ladigan generalizatsiyaning geometrik jihatlari nihoyatda muhimdir. Bunda mayda konturlar ancha yiriklari bilan qo’shib yuboriladi, ko’pchilik hollarda esa yagona areal konturi bilan almashtiriladi. Agar hodisa kartada izoliniyalar yordamida ko’rsatilgan bo’lsa, u holda kesim balandligi kattalashtiriladi, izoliniyalar suratini umumlashtirish, ularni o’zaro muvofiqlash ishlari bajariladi. Nuqtalar usuli bilan tasvirlanadigan yoyilib tarqalgan obektlar nuqtalar og’irligini yiriklashtirish hisobiga generalizatsiya qilinadi. Agar bu obektlar sifatli fon yoki areallar usuli bilan ko’rsatilgan bo’lsa, u holda generalizatsiya konturlarni yoki areallarni saralab olish va ularning chegaralarini umumlashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Butun borliqni obrazli-belgili modeli sifatida geografik kartalarning eng muhim xususiyati ularni tabiat va jamiyat hodisalarini istagan kattalikdagi hudud, masalan rayon, viloyat, mamlakat, materik yoki hatto to’liq Yer shari miqyosida bevosita ko’zdan kechirish va o’rganish imkoniyatiga egaligidir Mayda masshtabda asos qilib olingan yirik masshtabli kartada bo’lgan hamma voqea va tafsilotlarni tasvirlash mumkin emas, shuning uchun ularni saralash, umumlashtirish, qolganlarini chiqarib tashlash zarur bo’ladi. Karta masshtabi qisqarishi bilan fazoviy qamrab olish oshadi, u ham generalizatsiyaga ta’sir qiladi, yirik masshtabli kartalar uchun muhim bo’lgan obektlar (masalan, maxalliy orientirlar) mayda masshtabli kartalarda o’z ahamiyatini yo’qotadi va ular chiqarib tashlanishi lozim. Har xil joylashgan voqea va hodisalarni generalizatsiya qilishda punktlarga joylashtirilgan obektlar sifat va miqdor tavsiflarini tsenzlar va tanlab olish normalarini qo’llab generalizatsiya qilinadi. Chiziqlarga joylashtirilgan (joylashgan) obektlar ham generalizatsiya jarayonida tsenzlar va normalarga mos holda tanlab olishni, sifat va miqdor tavsiflarini umumlashtirishni talab etadi. Chiziqli obektlarni (elementlarni) generalizatsiya qilishning muhim elementi ularning suratlarini to’g’rilash va soddalashtirish, turli bukiklardan voz kechish (saqlab qolishda va hatto ayrim tipik detallarini alohida qilib, bo’rttirib ko’rsatishda ham) dan iboratdir. Chiziqli obektlarni generalizatsiya qilish har doim ularning kengligini haqiqiy o’lchamlari bilan taqqoslaganda bo’rttirib (oshirib, ko’paytirib) berish bilan bog’liq. Shuni takidlash lozimki, obektni o’rganilganlik ham generalizatsiyaga ta’sir etadi. Obekt yetarli darajada o’rganilganda tasvirlash maksimal darajada to’liq (kartaning ushbu masshtabi va maqsadi uchun) bo’lishi mumkin, material yetishmaganda esa u muqarrar, umumlashgan va sxematik tarzda bo’lib qoladi. Bu jihatdan qaraganda to’liq bo’lmagan manbalar asosida tuzilgan prognoz va gipotetik kartalar ancha umumlashgan bo’ladi, chunki bunda obekt hali to’liq o’rganilmagan uning tarqalish qonuniyatlari to’g’risida faqat taxminiy ma’lumotlar bo’ladi. Generalizatsiya uchun kartalarning jihozlanishi ham ahamiyat kasb etadi. Ko’p rangli kartalar (bir xil, teng sharoitda) oq-qora kartalarga qaraganda ancha ko’p miqdordagi belgilarni ko’rsatishga imkon beradi. Rangli gullashlar, izoliniyalar, belgilar. yaxshi tanlab olinsa, bitta kartada karta o’qilishi uchun ziyon keltirmasdan oltitagacha bir-birini qoplaydigan belgilarni birga qo’shib ishlatish mumkin. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling