Geografiya va geoaxborot tizimlari
O‘zbekiston o‘rta shaharlari iqtisodiy-geografik o‘rni xususiyatlari
Download 112.78 Kb.
|
2-Mustaqil ish (1)
24. O‘zbekiston o‘rta shaharlari iqtisodiy-geografik o‘rni xususiyatlari.
O‘zbekiston shaharlarini o‘rganishda, ulaming qadimiy va boy tarixidan tashqari, ms va sovetlar imperiyasi davrlari ham ko‘rib chiqiladi. Shundan so‘ng, shaharlar shakllanishi va rivojlanishidagi mamlakatimizning mustaqillik davriga alohida e’tibor berish lozim. 0 ‘rganilayotgan shahar yoki shaharlar tarixiga ko‘ra, ulaming genetik turlari ajratiladi, «yangi» va «eski» shaharlar guruhi aniqlanadi. Endigi sharoitda «yangi shaharlami» sobiq sovetlar davrida vujudga kelganligi bilan asoslash noto‘g‘ridir. Qolaversa, yangi shahar tushunchasining o‘zi ham nisbiydir. Keng ma’noda, yurtimizning yangi tarixiga muvofiq «yangi shaharlar» deb, ulami Turkiston Rossiya tomonidan zabt etib olingan (XIX asr yarmi) davrdan so‘ng pay do bo‘lganlarini aytish mumkin. Bunday shaharlar turkumiga Farg‘ona (Yangi Marg‘ilon, Skobelev), Kogon (Yangi Buxoro), To‘rtko‘1 (Petroaleksandrovsk)lardan boshlab keyingi yillarda vujudga kelgan barcha shaharlar kiritiladi. Shu ma’noda, sobiq SSSR davrida barpo bo‘lgan shaharlar (Navoiy, Zarafshon, Shirin, Do‘stlik, Maijonbuloq, Tolimarjon, Yangiyer va boshqalar) ham yangilar qatoriga kiradi. Ammo, iqtisodiy va sotsial geografiya nuqtayi nazaridan qaraganda, butunlay «bo‘sh» yoki o‘zlashtirilmagan joylarda hamda keyingi qisqa davrda aholisi va xo‘jaligi keskin rivojlangan va tashqi qiyofasi tubdan o‘zgargan manzilgohlami tom ma’nodagi «yangi shaharlar» deb atash to‘g‘riroqdir. O’rta shaharlar aholisi 50mingdan 100 minggacha. O‘rta shaharlarga Asaka, Bekobod, Beruniy, Guliston, Denov, Zarafshon, Kattaqo‘rg‘on, Kogon, Koson, Kosonsoy, Parkent, To‘rtko‘l, Urgut, Xiva, Xo‘jayli, Chimboy, Chortoq, Chust, Shahrixon,Yangiyo‘l (jami 20 ta) kiradi. O’rta shaharlar geografik o’rniga qaraydigan bo’lsak ular asosan malum bir sohaga ixtisoslashgan. Faqat Guluston shahri viloyat markazi hisoblanadi. Aholisi viloyat markazi bo’la ham kamligiga sabab, aholi bu yerga ko’chirib keltirilgan va inson yashashi uchun yetarli shart sharoitlari kamroq. Masalan Yangiyoʻl (1934-yil gacha Qovunchi qishlogʻi) — Toshkent viloyatidagi shahar. Chirchiq daryosining oʻng sohilida, Katta Oʻzbekiston trakti yonida, oʻrtacha 307 m balandlikda. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 60,3 ming kishi (2005). Shahar oʻrtasidan Kurkuldak arigʻi, shahar chekkasidan Joʻnariq kanali oʻtgan. 10 dan ortiq sanoat korxonasi, 500 dan ziyod kichik va oʻrta biznes korxonasi, 1500 dan ortiq tadbirkor faoliyat koʻrsatadi. "Russi—SA" qoʻshma korxonasi ishlab turibdi. Mebel, poyabzal fabrikalari, un, yogʻmoy kti, biokimyo, temirbeton konstruksiyalari, paxta tozalash, gʻisht, eksperimental kolbasa, vinokonyak, konserva, kanop zavodlari, qandolatpazlikxamirturush birlashmasi, avtokorxonalar, qurilishtaʼmirlash tashkilotlari va boshqalar mavjud. 12 umumiy taʼlim, bolalar va oʻsmirlar musiqa, sport maktablari, akademik litsey, 3 kasb-hunar (texnologikiqtisodiyot, tibbiyot, maishiy xizmat) kolleji bor. 11 kutubxona, madaniyat uyi, 12 klub, madaniyat va istirohat bogʻi, Usmon Yusupov uymuzeyi, Alisher Navoiy xiyoboni, "Motamsaro ona" yodgorligi mavjud. Markaziy kasalxona, tugʻruqxona, bir necha poliklinika, dorixonalar, ayollar konsultatsiyasq aholiga xizmat koʻrsatadi. Urgut — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Urgut tumanidagi shahar (1973-yildan), tuman markazi. Zarafshon tog tizmasining gʻarbiy davomi hisoblangan Chaqilikalon togʻining etagida, Samarqand shahridan 35 km narida, viloyatning janubi-sharqiy qismida joylashgan.Ishlab chiqarish hajmi va aholisi boʻyicha Samarqand viloyatida birinchi oʻrinda turadi. Shahar oʻrtasidan Urgutsoy oqib oʻtadi. Urgut „Boburnoma“da Arkat, 18-asr boshlariga oid tarixiy hujjatlarda Arkut qishlogʻi sifatida tilga olingan. „Urgut“ — Oʻrkent soʻzining keyinroq oʻzgargan yasamasi, oʻr — balandlik; kent — shahar, yaʼni balandlikdagi shahar maʼnosini anglatadi deguvchilar ham bor. Tarixchi Muhammad Yaʼqub Buxoriy oʻzining „Gulshan ul-muluk“ asarida 1797-98 yillardagi kuchli zilzila oqibatida Urgut qoʻrgʻonining vayron boʻlganligini yozadi. Shaharda xalq hunarmandchiligi (pichoqchilik, chopon, soʻzana va hokazo) qadimdan rivojlanib kelgan. 1931-yilda 55 ot kuchiga ega boʻlgan elektr dvigateli ishga tushirilgan. 1935-yilda MTS tashkil qilingan. Urgutda 5 sanoat korxonasi, bundan tashqari, 6 qoʻshma va 9 xususiy korxonalar mavjud. Ular, asosan, qurilish materiallari (gʻisht, marmar, beton gʻishtlar), yaxna ichimliklar, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish, sut va goʻshtni qayta ishlash, non pishirish, tamaki fermentatsiyalash bilan shugʻullanuvchi korxonalardir. Ushbu korxonalarning asosiy qismi oʻrta va kichik korxonalar. Qoʻshma korxonalar ichida Belgiya bilan hamkorlikda qurilgan „UrgGazkarpet“ va boshqa korxonalar bor. Aholiga xizmat koʻrsatadigan 3500 dan ziyod xususiy ustaxona va xizmat koʻrsatish shoxobchalari, mashhur „Urgut“ bozori faoliyat koʻrsatadi. 14 umumiy taʼlim maktabi (13,5 mingga yaqin oʻquvchi), 2 kasbhunar kolleji (1250 oʻquvchi), 1 ta IDUM (ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi. 500 dan ortiq oʻquvchi), 9 kutubxona, madaniyat uyi, oʻlkashunoslik muzeyi, xalq teatri, markaziy madaniyat va istirohat bogʻi, stadion mavjud. 4 kasalxona, 5 poliklinika, 22 dorixona, shahar yakinida sogʻlomlashtirish oʻrmonlisanatoriy maktabi, bolalar yozgi oromgoxlari, Gʻavs-ul Aʼzam, Xoʻja Omon, Xoʻja Chorchinor qoʻriqxonalari bor. Download 112.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling