Geografiya va geoaxborot tizimlari
O‘zbekiston kichik shaharlari
Download 112.78 Kb.
|
2-Mustaqil ish (1)
25. O‘zbekiston kichik shaharlari.
O‘zbekiston shaharlari aholisi 10 mingdan 20 minggacha bo’lgan shaharlar kichik shaharlar hisoblanadi. Ularga Xalqobod, Bo’ston, Vobkent, Romitan, Shofirkon, Gagarin, Ishtixon, Baxt, Sharg’un, Tinchlik, Yangi-Nishon va boshqa shaharlar kiradi. Shargʻun (1952 - 1971-yillarda Toqchiyon) — Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi shahar (1973-yildan). Hisor togʻlarining yon bagʻrida, oʻrtacha 450 m balandlikda, viloyat markazi (Termiz)dan 193 km uzoklikda joylashgan. Tuman markazi (Sariosiyo) gacha 8 km. Transport yoʻli stansiyasi. Shahar yonidan Shargʻun daryosi oqib oʻtadi. Aholisi 12 ming kishiga yaqin (2005). Asosan, koʻmir konida ishlovchilar yashaydi. Sh. 1947-yilda Toqchiyon posyolkasi sifatida vujudga keldi. shahrida koʻmir shaxtasi, avtokorxona, qurilish korxonasi, 2 savdo tashkiloti, 2 aksiyadorlik jamiyati, kichik korxona va firmalar, 13 oʻquv muassasasi va boshqalar ishlab turibdi. 3 umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, iqtidorli bolalar gimnaziyasi, maxsus maktab internat, bolalar musiqa maktabi, bolalar va oʻsmirlar markazi bor. 5 qutubxona, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, 2 kasalxona, qishloq vrachlik ambulatoriyasi aholiga xizmat koʻrsatadi. Baxt (1964-yilgacha Velikoalskseevskaya) — Sirdaryo viloyatining shimoliy sharq qismida joylashgan shahar (1980 ydan). Viloyatning shim.-sharqida. Toshkent — Xo-vos temir yoʻl hamda Katta Oʻzbekiston trakti (Toshkent — Termiz avtomobil yoʻli) yoqasida. Toshkentdan 95 km jan.-gʻarbda. Baxt shaxrida paxta tozalash, non zavodlari, qandolatchilik, yaxna ichimliklar sexlari, ishlab chiqarish tijorat firmasi, 4 umumiy taʼlim maktabi, kechki taʼlim maktabi, bolalar va oʻsmirlar markazi, oʻquvchilar ijodiy uyi, markaziy kasalxona, ambulatoriya, madaniyat uyi, 2 kutubxona bor. Romitan — Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyati Romitan tumanidagi shahar (1981-yildan), tumanning maʼmuriy markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi—Kogon (30 km). Viloyat markazi (Buxoro)dan 17 km. Aholisi 15 ming kishi (2003), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, tatar, rus va boshqa ham yashaydi. Romitan Oʻzbekistonning qad. shaharlaridan biri. Romitan nomi mahalliy rivoyatga koʻra, "Romitan" — "Tan oromi" dan deyiladi. "Romitan" atamasi turkiy mitan urugʻi nomidan kelib chiqqan degan taxminlar ham mavjud. Narshaxiy yozishicha, Romitan katta bir koʻhandizga ega va mustahkam bir qishloq boʻlib, Buxorodan qadimiyroqdir. Baʼzi manbalarda bu qishloqni Buxoro deb ataganlar. R.da qadimda hukmdorlar turar joylari boʻlgan. Buxoro sh. vujudga kelgandan soʻng ular Romitanda faqatgina qish faslida yashaganlar. Arab sarkardasi Ubaydulloh ibn Ziyod qoʻshini 674 yilda Romitanga bosqin uyushtirgan. Buxoroliklarning arab qoʻshini bilan boʻlgan hal qiluvchi jangi Romitan yaqinida Vardonze hududida boʻlib oʻtgan. Tabariyning yozishicha, 707 yilda Kutayba Romitanni bosib olgan. Xuroson voliysi Abu Muslim Buxoroga har gal kelganida oʻz qarorgohini Romitanda joylashtirgan. Arab geograf va sayyohlari 10-asrda Buxoro vohasidagi 30 ga yaqin shaharlar qatorida Romitan nomini ham tilga olishgan. Mahmud ibn Banuwmx: "Bahr al-asror" (17-asr) asarida yozishicha, Romitan Buxoro viloyatidagi 10 ta tumanning biri, oʻrta asrlarda "Samjon" (R. tumanining 2nomi) deb atalgan. Romitan Toshkent—Samarqand—Urganch, Toshkent—Nukus avtomagistral yoʻli yoqasida joylashgan. Aholisi va xoʻjaliklari Amu — Buxoro mashina kanalidan suv oladi. Shaharda gʻisht va paxta tozalash zavodlari, toʻquvchilik fabrikasi, bosmaxona, dehqon bozori, novvoyxona, mehmonxona, aloqa boʻlimi, bank, madaniy savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Umumiy taʼlim maktablari, qishloq xoʻjaligi kasbhunar kolleji, madaniyat saroyi, kutubxona, stadion, "Xotira va Qadrlash" madaniyat va istirohat bogʻi, kasalxona va dorixonalar mavjud. "Motamsaro ona" yodgorligi qurilgan. Romitanda meʼmoriy yodgorliklardan Mulla Mir Hakim xonaqosi, Xoja Ali Romitaniy (Xojai Azizon) va Xoja Muhammad Boboyi Samosiy maqbaralari (13—14-asrlar), Zarafshon daryosi ustida qurilgan Choriqulboy koʻprigi saqlangan. Hazrati Xoja Ubbon va Xoja Zaʼfaron qadamjo (ziyoratgoh)lari bor. Download 112.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling