Geografiya va geoaxborot tizimlari


Ishlab chiqarish shaharlari (XVII-XX asrning birinchi yarmi)


Download 112.78 Kb.
bet4/29
Sana09.04.2023
Hajmi112.78 Kb.
#1343590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
2-Mustaqil ish (1)

3. Ishlab chiqarish shaharlari (XVII-XX asrning birinchi yarmi). Mazkur davrda shaharlarning shakllanishi va jadal taraqqiy etishining asosini mashinalashgan sanoat tashkil etadi. Ijtimoiy va geografik mehnat taqsimoti takomillashib, ko`plab aholi qishloqlardan shaharlarga ko`chib kela boshlaydi. Shaharlar aholi va ishlab chiqarish mujassamlashgan yirik markazlarga aylanadi. Dunyodagi eng birinchi sanoat shahri-Buyuk Britaniyadagi sanoat inqilobi ro`y bergan Manchester shahri hisoblanadi. Chikago, Kyoln, Essen, Detroyt, Nyu-York, Peterburg, Amsterdam, London, Parij kabi shaharlar sanoat ishlab chiqarishi asosida jadal rivojlana boshlagan.
1800-yilgacha London o‘zining 900 000 aholisi bilan dunyoda eng katta shahar bo‘lgan. 1801-1851-yillarda Birmingem aholisi 273 % ortib, 71 000 nafardan 256 000 nafarga ko‘paydi, Manchesterda esa shu davrda 75 000 nafardan 338 000 nafarga ortdi (351%). Glazgoda aholi soni 84 000 kishidan 350 000 kishiga ko‘paydi (317 %). Lawton (1972) hisobi bo‘yicha, Britaniyaning 27 mln.ga ortgan aholisining deyarli barchasi 1801-1911-yillarda urbanistik hududlarda istiqomat qilgan. XIX asrning ko‘pgina yirik sanoat shaharlarida boylik o‘z aksini monumental jamoaviy binolar qurilishi va madaniy institutlarda topdi.
Sanoat shaharlari XIX asrda shaharlarning rivojlanayotgan aholisiga ko‘rsatilayotgan urbanistik xizmatlar va infrastrukturasiga ulkan zarba bo‘lib qo‘shildi. Jamoat sanitariyasi va suv ta‘minoti nomutanosibligi yuzaga keldi va nisbatan past qatlam istiqomat qiluvchi hududlarda suv ta‘minoti deyarli mavjud bo‘lmagan. O‘rta asr Londonida 200 000 dan ortiq drenajsiz quduqlar mavjud bo‘lib, Temza daryosi virtual ochiq kanalizatsiyaga aylanib qolgan. Bu kabi holat boshqa yirik sanoat shaharlarida ham kuzatilgan hamda vabo, tif kabi kasalliklar kambag‘allar o‘rtasida tarqalgani hayratlanarli holat emas. 1832-yilda vabo epidemiyasi 5000 londonlikni o‘limiga sababchi bo‘lgan bo‘lsa, xuddi shu yili Glazgoda 2800 kishini hayotdan olib ketdi. Boylik, tanlov imkoniyati aholi guruhlari o‘rtasida turlicha bo‘lgan.

Download 112.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling