Geografiya va geoaxborot tizimlari
Antik dunyo shaharlari: Qadimgi Yunonistonda ilk polislar
Download 112.78 Kb.
|
2-Mustaqil ish (1)
7.Antik dunyo shaharlari: Qadimgi Yunonistonda ilk polislar.
Yunoniston shaharsozligida asosiy uch davr mavjud: arxaika (mil. av. 8-6 asrlar); klassika (mil. av. 5-4 asrlar) va ellinizm (mil. av. 4-1 asrlar). Polislarning maydoni turlicha bo‘lgan. Masalan: Sparta 8400 km2, Afina 2550 km2 hududni egallagan edi. Afina aholisi 300 ming kishini tashkil qilgan. Uning uchdan bir qismi qullar edi. Selenunt akropoli kompozitsiyasida polixromiya qo‘llanilgan. Tarhida muntazamlik mavjud. Shaharni Karfagen bir necha marta buzgan. Miletliklar 80 koloniya (yangi shaharlar) qurdilar, shu jumladan Qora dengizda Istriya, Odessa, Olviya, Feodosiya, Pantikapey, Dioskuriada shaharlarini barpo etdilar. Yangi shahar uchun kerakli shartlar quyidagilar hisoblangan: kema uchun ko‘rfaz yaqinligi, toza suv, unumli yer, muhofaza uchun relyef qulayligi, shamollar tarzi, yomg‘ir suvlarining oqishi uchun nishablik va boshqalar. Milet shahari markazi ikki yo£nalishda rivojlangan: biri bo‘yicha gimnasiy, stadion, park joylashgan; boshqasi bo'yicha savdo va jamoat maricazlari (ikki agora, o £itasida bulevteriy, fuqarolar qasam ichishlari uchun sajdagoh va yana gimnasiy) joylashgan edi. Taxmin bo'yicha shimoliy kvartallar klassik davrda qurilgan bo`lsa, janubiylarining qurilishi ellinizm davriga to‘g£ri keladi. Milet katta shahar bo`lgan. Aholisi 100 ming kishi atrofida edi. Bu yenda yirik olim va faylasuflar ijod etgan. Pifagor ham shu yeiga yaqin bo`lgan Samos orolida yashagan. Afina yorqin shaharsozlik namunasidir. Pireyni rejalash uchun Miletdan Gippodam chaqirtiriladi. Femistokl (mil. av. 525—460-y.) davrida devorlar, jumladan, uzun devorlar qurildi. Afina dengiz ittifoqini tuzishda boshchilik qildi. Shahar Perikl (mil. av. 443—429-y.) davrida rivoj topdi. Xalq majlislarida har 20 yoshga to'lgan erkin fuqaro qatnashgan. Bu butun aholining 20% edi. Majlis qatnashchilari 10 fil (rayon)- dan saylangan. 500 kishidan iborat kengash bo'lgan. Perikl davrida Afina g‘arbdan-sharqqa 1,5 km ga cho'zilgan edi. Tepaliklar ikki kichikkina daryo oralig'ida edi. Shahar mil. av. VI asrda qurilgan akvedikdan suv ichgan. Bosh savdo va jamoat agorasi Akropol bilan Dipilon darvoza oralig‘ida edi. Agora atrofida ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, chinorlar o‘tqazilgan edi. Limna, Melite, Keramik kabi dahalari bo‘lgan. Turarjoylar yog‘och va xom g‘ishtdan qurilar edi. Akropol bir vaqtlar qal’a va o‘rda vazifasini o‘tagan. Uzunligi, taxminan, 300 m, eni 150 m. atrofidadir. Rivoji vaqtida Afmada Gerodot, Esxil, Sofokl, Evpirid, Fidiy, Iktin, Kallikrat, Mnesikl kabi allomalar ijod etgan. Avvalgi Gekotompedon ibodatxonasi vayronaga aylangan edi. Qayta qurish vaqtida Akropolda uch g‘oya o‘z ifodasini topdi: 1 — yunon olamida Afinaning e’tiborini e’tirof etish; 2 — Attikaning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotini aks ettirish; 3 — demokratik tuzumni ifoda etish. Akropolda diniy funksiya vatanparvarlik bilan uyg'unlashib ketgan. Awal, Afina Promaxos haykali qurildi, keyin — Parfenon ibodatxonasi, Propilleya hamda Nika Apteros va Erexteyon ibodatxonalari qad ko‘tardi. Parfenon ham Olimpiyadagi Zevs hamda Delfadagi Appolon ibodatxonalari kabi umumyunon ibodatxonasi bo‘lgan. U harbiy va fuqarolik shuhrat yodgorligi kabi edi. Unda arxitektura va haykaltaroshlik chambarchas bog‘liqdir. Panafineya bayramlari to‘rt yilda bir marta o‘tka2ilgan. Mahalliy Afineya bayrami har yili o‘tkazilgan. Panafineya bayrami esa Olimpiya o‘yinlar kabi qadimiy bo‘lmay mil. aV. VI asr o‘rtalarida shahar mavqeini ko‘tarish maqsadida joriy etilgan. Iyul oyining oxirida bir necha kun davom etgan. Ishtirokchilar kechga yaqin agoraga yig‘ilgan. Bayram qo‘- shiq va raqs bilan boshlangan. Keyin bayram ishtirokchilari akropol tomon yurishgan. Orasida turli marosimlar o'tkazilgan. Quyosh chiqish vaqtida tepalikning sharqiga yetilgan. Quyosh Parfenonning sellasiga bir necha daqiqa kirib xrisoclcfantin haykalini yarqiratgan. Keyin marosim tepalikning janubiy, Dionis tcalri va Perikl odconida (musiqa binosida) qo'shiq-raqs bilan davom etgan. Kunning ikkinchi yarmisida Propilleya orqali akropolga chiqilgan. Marosim Parfenonning zoforida aks etilgan. Unda e’tiborli oiladan chiqqan qizlar peplos ko‘tarishgan, ulardan keyin oqsoqollar, boshqa shahar elchilari sovg‘a ko‘tarib o‘z xizmatkorlari bilan atletlar, ruhoniylar, qurbonlikka hayvonlar yetaklashgan holatlari tasvirlangan. Marosim quyosh yo‘li bilan hamohang ravishda o‘tkazilgan. Download 112.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling