Geografiya va geoaxborot tizimlari
O‘rta asrlarda shaharlarning rivojlanishi
Download 112.78 Kb.
|
2-Mustaqil ish (1)
8.O‘rta asrlarda shaharlarning rivojlanishi.
O‘rta asrlar shaharsozligi bir qancha o'ziga xosliklarga ega. Bu o'ziga xosliklar qadimgi shaharsozlik bilan qiyos qilinganda yaqqolroq namoyon bo'ladi. Qadimgi davrdn aksari shaharlar markazlashgan hokimiyatlar — qudratli davlntlar ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda barpo bo‘lar edi. O‘rta asrlardagi, ayniqsa, ilk o'rta asrlarda hokimiyatlar tasarrufi, asosan, mayda hududlar bilan cheklangan. Markaziy hokimiyat qadimgi davrga qaraganda zaif edi. Bu esa o‘rta asrlarda Sharqda dehqonlar (G‘arbda-feodallar) tayanch bo‘lgan qal’alar (ko‘shkIar, zamoklar) qurilishi shaharlar qurilishiga qaraganda ahamiyatliroq bo`lib qolishga olib keldi. Ayni vaqtda qadimgi davrda markaziy hokimiyatlarning sustlashgan chog‘lari bo'lgani kabi o'rta asrlarda ham markaziy hokim iyatlarning kuch-qudratga to ‘lgan chog'lari ham bo'lgan. Tabiiyki, bunday jarayonlar o ‘rta asr shaharsozligida ham turli ko'rinishlarda o‘z aksini topgan. Qadimgi shaharsozlikda “shaharlar qisqa vaqtda bunyod etilib, ko‘proq tarxi to ‘g‘ri to'rtburchak shakliga ega, ko'chalari to‘rsifat o'tkazilib, shahar hududi kataklarga bo‘linar edi. O‘rta asrlardagi shaharlar ko‘proq uzoq vaqt-asrlar moboynida bunyod etilib shaharlar tarxi doira shaklini, asosiy ko‘chalari esa radial-halqa ko‘rinishni olar edi. O‘rta asrlar shaharlarida ham basharning, umuman tamadduni (sivilizasiyasi)da bo'lgani kabi dinlarning tarqalishi katta ta’sirga ega bo'lgan. Yaqin va O‘rta Sharqda, xususan, O 'rta Osiyoda islom dinini tarqalishi shaharsozlikka kirib kelgan bir qacha jiharlar orqali nam oyon bo‘ladi.Bu jihatlar Hindistonda boburiylar sulolasi qaror topgan vaqtdagi shaharsozlikda ham ko‘rinadi. Hindistonning janubiy qismida va Xitoydagi shaharsozlikda qadimgi davrda vujudga kelgan an’analar davom ettirildi. Qadimgi Rim imperiyasining negizida paydo bo‘lgan davlatlarda-G 'arbiy Rim imperiyasida (Yevropa mamlakatlarida) va Sharqiy Rim imperiyasi (Vizantiyada) shaharsozlik an ’analariga turlicha qarashlar mavjud edi. An’analar Vizantiya davlatida bevosita davom ettirilgan bir vaqtda, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida ular unitilayozgan edi. Romanika va gotika davrlari (X—XV asrlar)da yangicha shaharsozlik bunyod etildi. Kiev davlatining va o‘rta asrlardagi Rusiyaning shaharsozligi Vizantiya an ’analarini davom ettirishga harakat qildi. Yaqin va O‘rta Sharqning o‘rta asrlardagi shaharsozligiga xos bo'lgan jihatlar ummaviylar va abbosiylar davrlaridanoq shakllanib bo'ldi. Ummaviylar poytaxti Damashq edi. Shaharning markazi bozor bo‘lib, u devor bilan ixotalangan maydonni (385x305 m) qamrab olgan edi. M aydonda 708-yilda xalifa al-Volid tomonlari 157x100,0 m bo'lgan Katta masjid qurdirdi. Masjid maydonining deyarli yarmini hovli egallagan. Katta masjid 0 ‘rta yer dengizi atrofidagi boshqa masjidlar m e’morchiligiga katta ta ’sir ko'rsatgan. Iordaniyadagi VIII asrda Ommon shahri janubida 25 km masofada M shatta saroyi (150x150 m) qurilgan. Uning me'm orligida Rim, Vizantiya va sosoniylar davridagi an ’analar birikib ketgan — kiraverish va uch nefli arzxona, uning orqasidagi gumbazli zal saroyining o‘rta qismini egallagan. Arzxonaning hovli tarzini talqin etilishi uch ravoqli Rim zafar darvozalarni eslatadi. Frotning o‘ng qirg‘og‘idagi Ko‘fa shahridagi Dorulimora saroyida ham arzxona Mshattadagi kabi uch nefli bo‘lgan Ortidagi najm gumbazli shaklga ega bo‘lgan. Markaiy hovlida ham bo'ylam a va ko‘ndalangiga ketgan komnozilsion o'qni belgilash mumkin. Bu usul keyinchalik keng tarqaldi. Abbosiylarning eng rivojlangan bosqichi dastlab hukmronlik qilgan xalifa Mansur, Xorun ar-Rashid va Ma’mun hukmronligi davriga to‘g‘ri keladi. Xorazmdagi Ma’mun akademiyasi (Dorul-Hikma) faoliyati jahon markazlaridan bo‘lganligini ta’kidlaydi. O‘rta asrlardagi Markaziy Osiyo VI—VII asrlarda (avvalgi davrdagidek) dehqonchilik volialari ko‘chm anchi chorvadorlar chullaridan devorlar bilan muhofaza qilingan edi. Ayni vaqtda VII asrda 0 ‘rta Osiyo Javlatlari jadal sur’atlarda Eron va Xitoy bilan savdo olib borgan. Sug‘d esa VI asrdan boshlab Yettisuvni kolonizatsiya qildi, uning miqyosi VII asrda Sharqiy Turkistonni ham qamrab olgan edi. IX—XIII asrlar shaharsozligida avvalgi, o‘tm ish davrlardan qolgan vohalar (shaharlar va qishloqlar)ni muhofaza qilish maqsadida qurilgan qo‘rg‘on devorlar ta ’mirlandi va qaytadan tiklandi. Ular uzoqqa cho‘zilgani bois uzun devorlar nomi bilan ataladi. Uzun devorlar o ‘z nomlariga ega bo‘- lishgan. Toshkent va Chirchiq bo'yidagi boshqa shahar va qishloqlarni Devori kandi pirak yoki qisqacha — Kampir devor (buzilgan shaklda-K am pir devor) muhofaza qilar edi. Bunday nom boshqa joylarda ham (masalan, Buxoro atrofidagi devor uchun) qo‘llanilgan. Samarqand va uning atroflardagi kent va qishloqlarni Devori qiyomat mudofaa qilgan. O‘rta asrlarda shaharlar to ‘g‘risidagi tushuncha bir xil bo‘lmagan. Geograflar Al-Istaxriy va Al-Makdisiy jom e’ masjidini shahar belgisi deb hisoblaganlar. «H udud-ul-olam » asarida nom a’lum muallif quyidagi turlardagi shaharlarni keltiradi: katta shahar (M arv), shahar (Seraxs, Nisa) va yana ikki turdagi shaharlar — kichik shahar, shaharcha, ba’zan qishloq deb yuritiladi. Ayrim manbalarda Qavat qal’a (Xorazm, X asr) kabi yodgorliklar ham rustoq, ham shahar deb hisoblangan. Bunday joylar qal’asiz vujudga kelgan shaharlar qatoriga qo‘shilgan. Download 112.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling