Geografiya va geoaxborot tizimlari
Yevropada o‘rta asrlarda shaharlarning tuzilishi va geografiyasi
Download 112.78 Kb.
|
2-Mustaqil ish (1)
9.Yevropada o‘rta asrlarda shaharlarning tuzilishi va geografiyasi
O‘rta asrlardagi G‘arbiy Yevropa lnqiroz tufayli qadimgi Rim imperiyasi parchalanib ketdi. Sharqiy Rim imperiyasi — Vizantiya XV asrda tanazzulga uchragunga qadar o‘rta asrlarda qudratli, yaxlit davlat sifatida hayot kechirdi. U ndan farqli o ‘laroq G ‘arbiy Yevropaning asosiy qismini tashkil qilgan G ‘arbiy Rim imperiyasi o'rta asrlarda zaif davlat sifatida hayot kechirdi. U bir-biri bilan bogliqligi kam bo‘lgan, mayda-mayda hududlardan iborat edi. Merovinglar va Karolinglar davri bo‘Igan VI—IX asrlarda qurilishlar juda sodda, kam edi. Oldingi, yuksak Rim me’morligi va shaharsozlik an ’analari unut bo‘lgandi. Ahvol Romanika (X—XI asrlar) davrida birm uncha yaxshilandi. Qadimgi Rimniki bilan kam bog‘liq bo‘lgan yangicha me’morlik va shaharsozlik vujudga keldi. Bu jarayonda rohibgoh (monastr)larning ahamiyati katta edi. Keyingi Gotika (X II— XV asrlar) davrida shaharlarning mavqeyi juda yuqori bo‘ldi. Shaharlarning hayotida hunarm andlarning uyushmalarikasabalar m uhum rol o‘ynadi. M onastrlar rohiblar jamoasining ibodat va maishiy hayoti uchun eng zarur barcha binolar majmuasidan iborat topgan. Bunga Sent-Gallen rohibgohi (IX asr) misol bo‘la oladi (138-rasm). U nda lotin salbi ko'rinishidagi tarxli cherkov binosi ajralib turgan. Cherkovning g‘arbiy tom onida ikki minorasimon qurilma asosiy tarzni belgilab turgan. Cherkov yonidagi hovli — kluatr rohibgohning o ’rtasini egallagan edi. Kluatrning tom onlarida yotoqxonalar va yemakxonalar (oshxona) bo‘lgan. Bulardan tashqari, rohibgohda maktab, musofirxona, shifoxona, mozor, bir qancha xo‘jalik binolari, hunarm andlarning uylari, tom orqalar bo‘lgan. Shaharlarning vujudga kelishida aksari dastlabki taynneh imorat majmualari katta rol o'ynagan. Aholi punkti bunday tayanch imorat majmualariga nisbatan qanday joyda kcngayganiga qarab shaharlarning shakllanishida ikki usulni ajratish mumkin. Birinchi usul bo‘yicha tayanch imoratlar majmuasi o‘z ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydi. Aholi majmua atrofiga joylashib boradi. Fransiyadagi Mon SenMishel shahri tog‘ tepasidagi abbatlik (rohibgoh) atrofida vujudga kelgan. Florensiya shahrining (Italiya) dunyoviy markazi — Sin’oriya maydonida burchakda m e’m or Arnolfo di Kambino qurgan Vekkio pa/assosi joylashgan. U ratusha vazifasini o'tagan. Palossoning minorasida dastlab qo‘ng‘iroq b o iib u orqali zarur paytlarda shaharliklarni maydonga chorlagan. Maydon qiyofasini lojiya (ravoqli ayvon) jonlantirib turadi. M e’m or Arnolfo di Kambio qurilajak shaharlar hududlarini mutonasib ravishda taqsimlash bo‘yicha ham izlanishlar olib borgan. Parij shahri XI asrda tarqoq hududlardan iborat boigan. Shaharning markaziy qismi — Site oroli ikkiga boiinib, biri qirol tasarrufida, ikkinchi N otr-D am sobori joylashgan qismida ruhoniylar tasarrufida boigan. Orolning o'rtasidan o‘tgan Sen-Jak va Sen-M artin ko‘chalari shaharning bosh ko‘- chasini belgilab turgan. X II—X III asrlar oraligida Filipp Avgust tom onidan qurilgan devor dastlabki shahar devori boigan. G ‘arbiy Yevropa o‘rta asrlardagi shaharlarning asosiy strukturasi va Uyg‘onish keyingi Barokko davrlardagi shaharlarning negizini tashkil qildi. Download 112.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling