Geografiya va geoaxborot tizimlari


XIII - XV asrlar – Uyg‘onish davrida Italiyada shaharlarning vujudga kelishi


Download 112.78 Kb.
bet12/29
Sana09.04.2023
Hajmi112.78 Kb.
#1343590
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
2-Mustaqil ish (1)

10. XIII - XV asrlar – Uyg‘onish davrida Italiyada shaharlarning vujudga kelishi.

«Ideal shahar»larda antropoform izm , ya’ni inson jussasi bilan qiyoslash mavjud boigan. Masalan, Martini «ideal shahar»ning tarxida odam gavdasining surati joylashtirilgan. Boshda — qal’a, ko‘krakda-bazilikda chizilgan. Kataneo «ideal shahar»ining qal’asida quloch yoygan odam tasvir etilgan. Bular antropoform izm ning deduktiv ko‘ rinishi: katta odam shaklidan shaharning kichik elementlariga oliladi. Boshqa, induktiv ko‘rinishida: odam ning real o` lchamlaridan shahar hajmlariga o‘tish namoyon bo‘ladi.


Antik davr nazariyotchisi Vitruviy «Arxitektura xususida 10 kitob» nomli asar yaratgan. Uni gumanist Brachchiolini Sant Gallen abbatligidan topgan. Uyg'onish arxitektorlarining fikricha, Vitruviyning eng asosiy hissasi Yunon va Rim shaharsozliklarni birlashtirishga harakat qilganidan iborat. Shaharsozlik nazariyasining ikki davri bor.
1-davr XV asr 2-yarmi — XVI asr boshiga to‘g‘ri keladi. Unda shaharlarning optimal, tabiiy hamda sanitariya gigienik shartlari to‘g‘risida izlanishlar bo`lgan (Alberti, Filarete, Leonardo da Vinchi).
2-davr XVI asr 2-yarmiga to‘g‘ri kelib, unda shaharning mudofaa quritmalari, savdo va boshqarish binolari to‘g‘risida izlanishlar olib borilgan (Kataneo, Vazari, Skomatstsi).
Badiiy jihatlar esa ikkala davrda ham ko‘rilgan edi. Albertining «Arxitektura to ‘g‘risida 10 kitob» asaridagi to ‘rt kitob shaharsozlikka taaluqlidir.
4-kiiobda joy tanlash, shahar konfiguratsiyasi, shahar va dala yollari, daryo, kanal va ko‘rfazlar to ‘g‘risida gap yuritiladi.
5-kitobda saroy, qal’a, sud mahkamalari, qamoqxona, dala joylar xususidagi fikrlar bayon etiladi. 8-kitobda jamoat binolari, ko‘cha, maydon, ularning konfiguratsiyasi, binoning oldidagi joy bilan nisbatiga bag'ishlangan.
6-kitob «Bezak to‘g‘risida» deb nomlangan; unda estetika masalalari kompozitsiya nazariyasi deb ko‘rib chiqilgan. Shu yerda Alberti bunday degan:
«Go‘zallik-hamma qismlar o ichamlarining o‘zaro aniq uyg‘unligidir. Bu shunday m utanosiblikki, qismlarga biror narsa qo‘shilsa, olinsa yoxud ularni qo‘zg‘atilsa putur yetkazilgan bo‘ladi».
Muhandis olim Antonio Averlino (Filarete) Milenda Sforsa gersogi xizmatida bo‘lgan. Shaharsozlikka bag‘ishlangan «Sforsinda» traktatini yozgan. Filerete bo‘yicha Sfortsinda — «Ideal shahar» tarxi 8 qirralik yulduzdan iborat. Yulduz tomonlari 3,5 km bo'lgan ikki kvadratning 45° burchakda kesishishi natijasida hosil boladi. Har qirrasida burj, har ichga kirgan joyida (cho'ntakda) darvoza, ko'chalar radial yo‘nalishda o'tkazilgan. Markaz balandroq, u yerda maydon joylashgan. Maydon tom onlarida hokim saroyi, sobor (qisqa tom onida), sud mahkamasi, shahar mahkamasi (uzun tom onida) bor. Maydon o'rtasida suv havzasi shaharni suv bilan ta'm inlaydi. Radial ko'chalarning aylanma ko'chalar bilan kesishgan joylarda kichikroq maydonlar bor, ulardan sakkiztasi savdo uchun, qolganlari mahalla markazlari va cherkovlar uchun ajratilgan.
Mutafakkir Leonardo da Vinchi hayoti davomida Milandagi Lodoviko Sfortsa saroyida Vitruviy va Filarete asarlarini o'rgandi. Fortiflkatsiya va gidrotexnika muammolari ustida ishladi. Milan va Florensiya shaharlari loyihalarini yaratdi. Florensiya kelajak shahari loyihasi ustida ishladi. Milanning eskiz rejasida suv taqsimotini yaxshilash hamda 5 ming oilani Lombardiyaning boshqa shaharlariga ko‘chirishni taklif qildi.

Download 112.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling